Isabaeva Mashxura Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish tizimi (5–9-sinflar misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped248.
Ilmiy rahbar: Tolipova Jamila Olimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirishning konseptual asoslari biologiya o‘qitish metodikasining qonuniyatlari va tamoyillari (ilmiylik, ko‘rgazmalilik, ta’lim-tarbiya uzviyligi, onglilik, o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish, insonparvarlashtirish) asosida aniqlashtirilgan;
biologiyadan dars, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qitishning faol metodlari (tahliliy, qiyosiy, mantiqiy, mustaqil ishlash, muammoli izlanish) va vositalari (didaktik tarqatmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, mul`timediali resurs vositasi) asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini egallaganlik darajasi nostandart test topshiriqlari (reproduktiv, produktiv, adaptiv va kreativ)dan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirishning didaktik funksiyalari (bilimlarni tiklash, bilimlarni yangilash, bilimlarni korreksiyalash, bilimlarga amal qilish, bashorat qilish) vitagen, refleksiv, salomatlikni saqlash va sanogen tafakkurni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirishning konseptual asoslari o‘qitish metodikasining qonuniyatlari va tamoyillari hamda biologiyadan dars, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qitishning faol metodlari va vositalariga oid taklif va tavsiyalari Vazirlar Mahkamasining 2017 yi 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim Davlat standarti mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 16 dekabrdagi 01/11-01/6-2628-son ma’lumotnomasi ). Natijada sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirish tizimi o‘quvchilarda tahliliy, qiyosiy, mantiqiy fikrlashni hamda ularning vitagen va sanogen tafakkurini rivojlantirish imkonini bergan;
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini egallaganlik darajasi nostandart test topshiriqlariga doir takliflaridan “Biologiyani o‘qitishda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” (2012 y.) uslubiy qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-198-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik ta’minot biologiya o‘qituvchilari o‘quv mashg‘ulotlarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirishning maqsadga muvofiq tashkil etish uchun amaliy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini tarkib toptirishning didaktik funksiyalari  vitagen, refleksiv, salomatlikni saqlash va sanogen tafakkurni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalariga oid takliflaridan FZ-2016-0910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-198-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini egallash jarayonining samaradorligini oshirish hamda biologiya o‘qituvchilari tomonidan muammoga taalluqli mashg‘ulotlarni maqsadga muvofiq tashkil etish uchun amaliy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish