Ergashev Akramjon Mavlonboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qizil sebargani turli muddatlarda haydash va g‘o‘zada ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining tuproq unumdorligi hamda paxta hosiliga ta’siri”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1171
Ilmiy rahbar: Bozorov Xolmurod Mahmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xolto‘raev Sharofiddin Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qizil sebargani turli muddatlarda haydash va g‘o‘zada ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining tuproq unumdorligi hamda paxta hosiliga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Namangan viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligi hamda g‘o‘za hosildorligini oshirishda qisqa navbatlab ekish tizimida qizil sebarga ekinini kuzgi bug‘doy orasida parvarishlab maqbul haydash muddatlari va undan so‘ng g‘o‘za parvarishlashda ma’dan o‘g‘it me’yorlari aniqlangan;
qizil sebargani kuzgi bug‘doy bilan parvarishlab, kuzda 15-20 sm qoldirib haydalgan va undan so‘ng g‘o‘za parvarishlanganda mikroorganizmlar faolligi 1-yil yuqori, 2-yil pasayadi. Undan so‘ng g‘o‘zada ma’dan o‘g‘itlarning 20-21%ga kamaytirilgan N160P110K80 kg/ga me’yori qo‘llanilganda nazorat, o‘g‘isizga nisbatan ammonifikatorlar 1-yil 0,3 KHBga, 2-yili 1 tartibga, oligonitrofillar tegishlicha 4,7; 6,8 KHBga, aktinomisitlar esa 1-yil 1,2 KHBga, 2-yil bir tartibga yuqori bo‘lib, azotfiksatorlar esa 2-yil keskin kamaygan;
g‘alla-g‘o‘za qisqa navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doy 3,478 t/ga, qizil sebarga kuzda 15-20 sm qoldirib haydalganda 12,36 t/ga, qishlovga qoldirib so‘ng erta bahorda haydalganda esa 12,751 t/ga organik qoldiqlari qoldirishi, shuningdek, qizil sebargani yozgi haydovda organik qoldiqlari 150 kun davomida 51,36 %, 200 kunda 61,98 %, 250 kunda 81,4 % chirindiga aylanishi, kuzgi haydovda 50 kun davomida 12,87 %, 150 kunda 74,79 %, 200 kunda esa 86,9 %, bahorda haydalganda 150 kunda 62,65 %, 200 kunda esa 85,98% chirindiga aylanganligi aniqlangan;
g‘alla-g‘o‘za qisqa navbatlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan qoplama ekin sifatida foydalanib orasida qizil sebarga parvarishlash kuzgi bug‘doy hosildorligiga salbiy ta’siri kuzatilmadi. Natijada kuzgi bug‘doydan 58,7 s/ga don hosili, 7 mln 487 ming 770 so‘m sof daromad va 64,7% rentabellikka, qizil sebargadan esa kuzgi bug‘doy hosili o‘rib olingandan so‘ng 2 marta o‘rib olish hisobiga 231,3 s/ga ko‘k massa hosili, 3 mln 179 ming 600 so‘m sof daromad hamda 56,7% rentabellikka erishilgan. Kuzda qizil sebargani 15-20 sm qoldirib haydab, undan so‘ng g‘o‘za parvarishida ma’dan o‘g‘itlar N160P110K80 me’yorda qo‘llanilganda ma’dan o‘g‘itlarni N200P140K100 kg/ga me’yorda qo‘llanilganga nisbatan rentabellik 8,0%ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qizil sebargani turli muddatlarda haydash va g‘o‘zada ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining tuproq unumdorligi hamda paxta hosiliga tasirini aniqlashda ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Kuzgi bug‘doy orasida sebarga etishtirish va undan so‘ng g‘o‘za parvarishlash bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29-yanvardagi 05/04-04-137-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma viloyat va tuman qishloq xo‘jaligi soxasi xodimlari, fermer va dexqon xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
kuzgi bug‘doy orasiga ekilgan qizil sebargani 15-20 sm qoldirib o‘rib olish va kuzda shudgorlash, undan so‘ng g‘o‘za parvarishlab ma’dan o‘g‘itlarni N160P110K80 kg/ga me’yorida qo‘llash Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Mustaqillikning 10 yilligi” fermer xo‘jaligida 7 gektar, “Asqarali Parpievich” fermer xo‘jaligida 6 gektar, “G‘ayrat G‘olibjonovich” fermer xo‘jaligida 8 gektar, jami tuman bo‘yicha 21 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29-yanvardagi 05/04-04-137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq unumdorligi yaxshilanib, g‘o‘za hosildorligi 41,5-41,1 st/ga ni tashkil etgan;
PSUEAITI Namangan ilmiy tajriba stansiyasi och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qizil sebargani 15-20 sm qoldirib o‘rib olib kuzda shudgorlash va undan so‘ng g‘o‘za parvarishlashda ma’dan o‘g‘itlarni N160P110K80 kg/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi 10 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29-yanvardagi 05/04-04-137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan o‘g‘itlar 20-21 % tejalgan, hamda g‘o‘zaga tavsiya qilingan N200P140K100 kg/ga me’yorida ma’dan o‘g‘itlar qo‘llanilganga nisbatan rentabellik darajasi 8,0-7,7 %ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.