Bobojonova Nargiza Jumaniyozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasi verballashuvining lingvokognitiv xususiyatlari”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4410.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaeva Nafisa Izatullaevna, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Oybek Saporbaevich, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar institute.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasi verballashuvining lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murojaat kategoriyasining verballashuvi insonning bilish jarayoni, ong faoliyati va ichki kechinmalari kesishuvi hosilasiga ko‘ra tilda metaforik va assotsiativ birliklar vositasida ikki bosqichli: ichki murojaat (so‘zlovchining o‘z ongiga), tashqi murojaat (tinglovchiga qaratilgan) tarzida kechishida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘rganilayotgan tillarda murojaat kategoriyasi kognitiv predikativlik nuqtayi nazaridan semantik va pragmatik jihatdan murakkab, ko‘p qirrali til birligi sifatida  faqat sintaktik birliklar emas, balki inson idroki, tajribasi, ijtimoiy munosabatlari va nutqiy vaziyatlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadigan “mental xaritalar” asosida verballashuvi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi murojaat shakllari tilning grammatik sathi va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning muhim komponenti sifatida kognitiv predikatlik munosabatlari doirasida murojaatlar mazmunining shakllanishi sababli semantik markazlashuv, konseptualizatsiya va funksional uyg‘unlik tamoyillari orqali voqelanishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida murojaatlarning predikativlik darajasi farqli bo‘lib, ingliz tilida murojaatlar, odatda, “past predikativlikka” egaligi, “pragmatik va ijtimoiy rol” bajarishi, gap markazida emas, balki qo‘shimcha kommunikativ birlik sifatida ishlatilishi, o‘zbek tilida esa murojaatlar “subektiv munosabat”, “hissiy ifoda” va “ijtimoiy konnotatsiyalarni” o‘z ichiga olishi, ba’zan yuqori darajadagi predikativlikka ega bo‘lgan vokativ gaplar holatiga ko‘tarilishi va  “tilga xos predikativ model” shakllanishida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasi verballashuvining lingvokognitiv xususiyatlarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
murojaat kategoriyasining verballashuvi insonning bilish jarayoni, ong faoliyati va ichki kechinmalari kesishuvi hosilasiga ko‘ra tilda metaforik va assotsiativ birliklar vositasida ikki bosqichli: ichki murojaat (so‘zlovchining o‘z ongiga), tashqi murojaat (tinglovchiga qaratilgan) tarzida kechishida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan F-7-13 “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2025-yil 5-fevraldagi 01/10-11-2251-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasining verballashuvidagi mushtaraklik, o‘ziga xosliklarning aniqlanishi chet tilini o‘rgatishda va ona tili o‘qitish jarayonida muhim faktik material bo‘lib xizmat qilgan;
o‘rganilayotgan tillarda murojaat kategoriyasi kognitiv predikativlik nuqtayi nazaridan semantik va pragmatik jihatdan murakkab, ko‘p qirrali til birligi sifatida  faqat sintaktik birliklar emas, balki inson idroki, tajribasi, ijtimoiy munosabatlari va nutqiy vaziyatlar bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadigan “mental xaritalar” asosida verballashuviga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida Germaniyaning akademik almashinuv xizmati - DAAD tomonidan moliyalashtirilgan ID-57663348 “European Perspectives in Dialogue: Central Asia and Western Research – Muloqotda Evropa istiqbollari: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 28-fevraldagi 06/1360-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala tildagi murojaat kategoriyalarining lingvokognitiv tahlili, ikkala tillardagi murojaat birliklarining madaniy va lingvistik farqlari va mazkur tillar foydalanuvchilari uchun kommunikativ ahamiyati tahlili ochib berilgan, mavzu doirasida qiyosiy tahlil qilish hamda ularning nutq madaniyati rivojiga ahamiyatini ko‘rsatib berishga imkon yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi murojaat shakllari tilning grammatik sathi va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning muhim komponenti sifatida kognitiv predikatlik munosabatlari doirasida murojaatlar mazmunining shakllanishi sababli semantik markazlashuv, konseptualizatsiya va funksional uyg‘unlik tamoyillari orqali voqelanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Ayol va jamiyat”, “Assalom, Buxoro”, “Yaxshi kayfiyat”, “Psixolog huzurida”, “Mening huquqim” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 12-fevraldagi 01-09-62-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida murojaat kategoriyasi verballashuvining lingvokognitiv xususiyatlariga doir mulohazalar teletomoshabinlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga, teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materialning mazmuni mukammallashishiga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish