Azimova Dilobarxon Berdiali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida fonologik/fonetik sath birliklari paradigmalarini shakllantirishda belgi gradatsiyasining voqelanishi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Fil7321.
Ilmiy rahbar: Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Shodiya Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybulla Xolmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy belgi gradatsiyasining fonologik/fonetik sath birliklari paradigmalarini shakllantirishi jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga aylanishi qonunining tilda qay tarzda aks etishi ochib berilib, gradatsiyaning unga yondosh hodisalardan bir xil til va nutq birliklaridan foydalanishi kabi o‘xshash va intensivlik kuchaytirilgan ma’no ifodalashi, gradatsiya esa belgi namoyon bo‘lishining o‘sib yoki kamayib borishini ifodalashi kabi farqli tomonlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy belgi gradatsiyasining fonemalar paradigmalarini shakllantirishda voqelanishi dalillanib, ingliz va o‘zbek tillarida belgi gradatsiyasining bo‘g‘in paradigmalarini shakllantirishning kuchli-kuchsizlik, cho‘ziq-qisqalik kabi belgiga tayanish holatlari asoslangan;
lisoniy belgi gradatsiyasining supersegment birliklar va ularning paradigmalarini shakllantirish holatlari, qiyoslanayotgan tillarda lisoniy belgi gradatsiyasining intonatsiya va uning komponentlarini shakllantirishning kuchli-kuchsizlik, balandlik-pastlik, cho‘ziqlik-qisqalik darajalari holatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy belgi gradatsiyasining urg‘u paradigmalarini shakllantirishi hamda belgi miqdorining ortishi, kamayishi asosida shakllangan fonemalarning nutqda konnotativ ma’no ifodalashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida belgi gradatsiyasining fonologik, fonetik sath birliklari paradigmalari shakllantirishini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga aylanishi qonunining tilda qay tarzda aks etishi ochib berilib, gradatsiyaning unga yondosh hodisalardan bir xil til va nutq birliklaridan foydalanishi kabi o‘xshash va intensivlik kuchaytirilgan ma’no ifodalashi, gradatsiya esa belgi namoyon bo‘lishining o‘sib yoki kamayib borishini ifodalashi kabi farqli tomonlari aniqlanganligi, ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy belgi gradatsiyasining fonemalar paradigmalarini shakllantirishda voqelanishi dalillanib, ingliz va o‘zbek tillarida belgi gradatsiyasining bo‘g‘in paradigmalarini shakllantirishning kuchli-kuchsizlik, cho‘ziq-qisqalik kabi belgiga tayanish holatlari asoslanganligi kabi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 21-noyabrdagi 764/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada tadqiq qilingan materiallar tilning fonetika/fonologiya yo‘nalishida olib borilgan izlanishlarni boyitishda, xususan, “Stilistika”, “Sotsiolingvistika”, “Lingvokulturologiya”, “Sintaksis” fanlarini o‘qitishda manba sifatida asoslanishiga erishilgan;
lisoniy belgi gradatsiyasining supersegment birliklar va ularning paradigmalarini shakllantirish holatlari, qiyoslanayotgan tillarda lisoniy belgi gradatsiyasining intonatsiya va uning komponentlarini shakllantirishning kuchli-kuchsizlik, balandlik-pastlik, cho‘ziqlik-qisqalik darajalari holatlari dalillanganligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 21-noyabrdagi 765/1-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan belgi gradatsiyasining fonologik, fonetik sath birliklarini shakllantirishi o‘quvchilarining dunyoqarashini takomillashtirish, ularning ijodiy interfaolligini ta’minlash, media tadbirlarni tashkil etish, illyustratsion taqdimot o‘tkazish, mashg‘ulotlarda instrumental-motivatsion, produktiv-faoliyatli kompleks yondashuvlardan foydalanishga hamda intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishni olib borish borasida tavsiyalar loyiha lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari samaradorligini oshirishga, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida lisoniy belgi gradatsiyasining urg‘u paradigmalarini shakllantirishi hamda belgi miqdorining ortishi, kamayishi asosida shakllangan fonemalarning nutqda konnotativ ma’no ifodalashi asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlarining 2025-yil yanvar va noyabr oylaridagi sonlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-noyabrdagi 05-09/1825-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmun-mohiyati mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyigan.