Adxamova Laziza Abror qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Markaziy seroz xorioretinopatiyani kompleks davolashda mikroimpuls lazer ta’sirining samaradorligini klinik va funksional asoslash, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4523.
Ilmiy rahbar: Tuychibaeva Dilobar Miratalievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Aminjon Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imsheneskaya Tat`yana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Butunrossiya ko‘z va plastik xirurgiya markazi, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Boshqird davlat universiteti» Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy seroz xorioretinopatiyaning o‘tkir va surunkali shakllarini kompleks davolashda bo‘sag‘a osti mikroimpuls lazer ta’siri hamda PRP-terapiya (trombotsitlar bilan boyitilgan autolazma)ning samaradorligini klinik va funksional jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
markaziy seroz xorioretinopatiyada xorioretinal kompleksning struktur-funksional o‘zgarishlariga xos asosiy differensial-diagnostik biomarkerlar (o‘tkir shakl uchun neyroepiteliyning gumbazsimon ko‘chishi hamda toza subretinal bo‘shliqlar xos bo‘lsa, surunkali shaklda depozitlar, Galler qatlami tomirlarining kengayishi va to‘r parda pigment epiteliysining yassi ko‘chishi ustunlik kilgan) aniqlangan; 
markaziy seroz xorioretinopatiyaning o‘tkir shaklida ko‘zning xorioretinal kompleksini yaxshilash va subretinal suyuqlikning to‘liq rezorbsiyasiga asoslangan holda taklif etilgan bo‘sag‘a osti mikroimpulsli lazer ta’siri usuli samaradorligi isbotlangan;
markaziy seroz xorioretinopatiyaning surunkali shaklida ishlab chiqilgan bo‘sag‘a osti mikroimpulsli lazer ta’siri va PRP-terapiya asosidagi kompleks davolash usulidan foydalanish xorioretinal kompleks holatini yaxshilashi va 12 oy davomida shish qalinligining barqaror pasayishga olib kelishi aniqlangan;
kasallikning shakli va xorioretinal kompleks holatini hisobga olgan holda markaziy seroz xorioretinopatiyali bemorlarni neyroepiteliyning tezroq yopishishi, ko‘rish qobiliyatini tiklanishi, davolash va reabilitatsiya muddatini qisqartirishga imkon bergan differensial olib borish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 16 fevraldagi №03/18 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: markaziy seroz xorioretinopatiyada xorioretinal kompleksning struktur-funksional o‘zgarishlariga xos asosiy differensial-diagnostik biomarkerlar (o‘tkir shakl uchun neyroepiteliyning gumbazsimon ko‘chishi hamda toza subretinal bo‘shliqlar xos bo‘lsa, surunkali shaklda depozitlar, Galler qatlami tomirlarining kengayishi va to‘r parda pigment epiteliysining yassi ko‘chishi ustunlik kilgan) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan biomarkerlar MSXning o‘tkir va surunkali shakllarini yanada aniqroq differensiatsiya qilish, kasallikni erta tashxislashni hamda davolashning optimal taktikasini tanlashni ilmiy jihatdan asoslash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (RIKMIATM) Samarqand filialining 2025 yil 28 noyabrdagi № 158-U sonli buyrug‘i va RIKMIATM Qarshi filiali 2025 yil 14 noyabrdagi № 123-T sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan differensial-diagnostik biomarkerlar MSXning o‘tkir va surunkali shakllarini mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarda o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlab, kasallikning surunkalashishining oldini olish, ko‘rish funksiyalarini saqlab qolish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan biomarkerlar asosida MSXning o‘tkir va surunkali shakllarini aniq farqlash davolash usulini optimal tanlashga, qayta gospitalizatsiyalar soni va mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik davomiyligini qisqartirishga, konservativ davolash bilan bog‘liq asossiz xarajatlarini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan. Xulosa: MSXning differensial-diagnostik biomarkerlari tashxisiy noaniqlikni minimallashtirib, kasallikning o‘tkir va surunkali shakllarini stratifikatsiya qilish aniqligini oshirgan hamda davolash taktikasini optimal tanlash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: MSXda bo‘sag‘a osti mikroimpuls lazer ta’siri (BOMILT) usuli amaliyotga joriy etildi va ushbu usul subretinal suyuqlikning to‘liq rezorbsiyasini ta’minlab, kasallikning surunkali shaklga o‘tib ketishining oldini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: MSXning o‘tkir shaklida BOMILTning samaradorligi subretinal suyuqlikning tezkor rezorbsiyasini ta’minlaydi, xorioretinal kompleksning tiklanishini tezlashtiradi hamda kasallikning surunkali shaklga o‘tishining oldini oladi. Bu esa mazkur usulning an’anaviy davolash yondashuvlariga nisbatan klinik ustunliklarini ilk bor namoyon etdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, RIKMIATM Samarqand filialining 2025 yil 28 noyabrdagi № 158-U sonli buyrug‘i va RIKMIATM Qarshi filiali 2025 yil 14 noyabrdagi № 123-T sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkir MSX shaklida BOMILT amaliyotini o‘z vaqtida qo‘llash patologik jarayonning surunkalashuvini oldini olish va mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslarda ko‘rish funksiyalarini saqlab qolishga xizmat qilgan, bu esa bemorlarning kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini tezlashtirish hisobiga usulning yuqori ijtimoiy samaradorligini ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir shakldagi MSXda BOMILT qo‘llanilishi davolash muddatlarini 1,3 martaga qisqartirgan, qayta gospitalizatsiyalar sonini 36,67% ga kamaytirgan hamda kasallikning surunkali shaklga o‘tishi oldi olingani va konservativ davolash hajmi minimallashtirilgani hisobiga umumiy terapiya xarajatlarini o‘rtacha 3,6 martaga pasaytirgan. Xulosa: o‘tkir MSXda BOMILT subretinal suyuqlikning to‘liq rezorbsiyasini va xorioretinal kompleksning tiklanishini ta’minlab, kasallikning surunkali shaklga o‘tishini oldini olish hamda klinik natijalarni optimallashtirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: xorioideal neovaskulyarizatsiyasiz (XNVsiz) surunkali markaziy seroz xorioretinopatiyada  bo‘sag‘a osti mikroimpulsli lazer ta’siri va PRP-terapiya asosidagi kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan, bu esa 12 oy davomida residivlar sonini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: XNVsiz surunkali markaziy seroz xorioretinopatiyani davolashda ishlab chiqilgan kompleks usul (BOMILT + PRP-terapiya) birinchi marta residivlar uchrashining barqaror pasayishini namoyon etib, uzoq muddatli klinik remissiyani ta’minlagan hamda xorioretinal kompleksning tiklanishiga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, RIKMIATM Samarqand filialining 2025 yil 28 noyabrdagi № 158-U sonli buyrug‘i va RIKMIATM Qarshi filiali 2025 yil 14 noyabrdagi № 123-T sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MSX surunkali shaklini 
kompleks davolash (BOMILT + PRP-terapiya) barqaror remissiyani ta’minlab, mehnatga layoqatli bemorlarda ko‘rish funksiyalarini barqarorlashtirgan. Bu esa residivlar va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlarini kamaytirish hisobiga sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ijtimoiy-iqtisodiy yukni pasaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali MSXda kompleks davolash (BOMILT + PRP-terapiya) residivlar uchrashini 73,3% ga kamaytirgan, gospitalizatsiyalar sonini 1,3 martaga qisqartirgan va takroriy davolash kurslari hamda kuzatuv davomiyligini kamaytirish hisobiga umumiy davolash xarajatlarini o‘rtacha 36,7% ga pasayishiga olib kelgan. Xulosa: ishlab chiqilgan kompleks davolash usuli (BOMILT + PRP-terapiya) surunkali MSXda residivlar uchrashining barqaror kamayishini va xorioretinal kompleksning stabilizatsiyasini ta’minlab, uzoq muddatli klinik remissiyaga erishish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kasallikning shakli va xorioretinal kompleks holatini hisobga olgan holda markaziy seroz xorioretinopatiyali bemorlarni neyroepiteliyning tezroq yopishishi, ko‘rish qobiliyatini tiklanishi, davolash va reabilitatsiya muddatini qisqartirishga imkon bergan differensial olib borish tartibi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: MSX bilan kasallangan bemorlarni kasallik shakli va xorioretinal kompleks holatini hisobga olgan holda olib borishning ishlab chiqilgan differensial taktikasi birinchi marta davolashga tizimli yondashuvni ta’minlab, ko‘rish qobiliyatining tiklanishini tezlashtirgan hamda oftalmologik amaliyotdagi dolzarb tibbiy va ijtimoiy muammolarni hal etishga hissa qo‘shgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, RIKMIATM Samarqand filialining 2025 yil 28 noyabrdagi № 158-U sonli buyrug‘i va RIKMIATM Qarshi filiali 2025 yil 14 noyabrdagi № 123-T sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: MSX bilan kasallangan bemorlarni olib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan differensial taktika mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslarda ko‘rish funksiyalarining tezkor tiklanishini ta’minlab, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlarini qisqartirgan hamda makulyar sohada barqaror morfofunksional buzilishlar rivojlanish xavfini minimallashtirgan, bu esa bemorlarning to‘liq kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasiga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: MSX bemorlarini olib borishning mazkur differensial taktikasi bemorning vaqt va moliyaviy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini bergan. Natijada o‘tkir MSXda har bir bemor hisobiga 4 252 000 so‘m, surunkali MSXda esa 3 285 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan. Xulosa: MSX bilan kasallangan bemorlarni kasallik shakli va xorioretinal kompleks xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borishning ishlab chiqilgan differensial taktikasi davolashga tizimli yondashuvni ta’minlagan, ko‘rish funksiyalarining tiklanishini tezlashtirgan hamda klinik natijalarni optimallashtirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish