Saidnazarova Gulshan Bolta qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlaridan pedagogik jarayonda foydalanish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6180.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04. 
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat pedagogika institute.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlarini o‘rganish, ularning tarbiyaviy va pedagogik ahamiyatini ochib berish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Imom Ismoil al-Buxoriy yashagan davrning ijtimoiy-ma’naviy muhiti va ta’lim-tarbiya jarayonlari, u tomonidan yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik hamda ilmiy-pedagogik asarlar ilmiy tahlil qilinib, pedagogik tamoyillar asosida tizimlashtirilgan va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; 
Imom Buxoriy asarlarida ifodalangan ta’lim usullari (eslab qolish, yodlash, savol-javob, muhokama, hadis rivoyat qilish, tafsir va ma’ruza) hamda ma’naviy-axloqiy qarashlar (insonparvarlik, bag‘rikenglik, iymon-e’tiqod, go‘zal odob-axloq, mustahkam iroda)ning mazmun-mohiyati ilmiy-pedagogik jihatdan takomillashtirilgan; 
Imom Buxoriy tomonidan ilgari surilgan ma’naviy hamda tarbiyaviy g‘oyalarni shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, refleksiv yondashuvlarning didaktik, tarbiyaviy mohiyatini integratsiyalash asosida, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashning shakl (interfaol mashg‘ulotlar, muloqotli seminarlar, axloqiy treninglar), metod (muammoli o‘qitish, bahs-munozara, “hadisdan hayotga” texnologiyasi) va vositalari (axloqiy mazmundagi elektron resurslar, hadis asosidagi ta’lim modullari, ma’naviy-refleksiv topshiriqlar) takomillashtirilgan; 
Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlaridan pedagogik jarayonda foydalanish samaradorligi uning asarlarida ifodalangan axloqiy g‘oyalar va tarbiyaviy tamoyillarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali metodik qo‘llanmalar, tarbiyaviy dars ishlanmalari hamda intensiv texnologiyalarni qo‘llashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imom Ismoil al-Buxoriy yashagan davrdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda u tomonidan yaratilgan diniy-ma’naviy, axloqiy-estetik va ilmiy-pedagogik asarlar tahliliga oid ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan xulosalar, taklif va tavsiyalar asosida: 
Imom Ismoil al-Buxoriy yashagan davrning ijtimoiy-ma’naviy muhiti va ta’lim-tarbiya jarayonlari, u tomonidan yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik hamda ilmiy-pedagogik asarlar ilmiy tahlil qilinib, pedagogik tamoyillar asosida tizimlashtirililgan va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga doir ilmiy xulosalar “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 2-iyuldagi 452-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 452-63 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda Imom Buxoriy merosi asosida ma’naviy tafakkur va axloqiy ongni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar samaradorligi oshirilgan;
Imom Buxoriy asarlarida ifodalangan ta’lim usullari (eslab qolish, yodlash, savol-javob, muhokama, hadis rivoyat qilish, tafsir va ma’ruza) hamda ma’naviy-axloqiy qarashlar (insonparvarlik, bag‘rikenglik, iymon-e’tiqod, go‘zal odob-axloq, mustahkam iroda)ning mazmun-mohiyati ilmiy-pedagogik jihatdan takomillashtirishga oid taklif va xulosalar “Umumiy pedagogika va psixologiya” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 17-iyundagi 02/01-01-227-sonli ma’lumotnoma). Natijada, pedagogik ta’lim yo‘nalishidagi talabalar kasbiy-pedagogik tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan;
Imom Buxoriy tomonidan ilgari surilgan ma’naviy hamda tarbiyaviy g‘oyalarni shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, refleksiv yondashuvlarning didaktik, tarbiyaviy mohiyatini integratsiyalash asosida, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashning shakl (interfaol mashg‘ulotlar, muloqotli seminarlar, axloqiy treninglar), metod (muammoli o‘qitish, bahs-munozara, “hadisdan hayotga” texnologiyasi) va vositalari (axloqiy mazmundagi elektron resurslar, hadis asosidagi ta’lim modullari, ma’naviy-refleksiv topshiriqlar)ni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy echimlardan “PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi” fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 3 -iyuldagi 01-11-05/4241-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, Imom Buxoriy hadislaridan samarali foydalanish, yosh avlodni axloqiy barkamollikka yo‘naltirish, shuningdek, o‘qituvchilarning tarbiyaviy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ta’minlangan;
Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlaridan pedagogik jarayonda foydalanish samaradorligi uning asarlarida ifodalangan axloqiy g‘oyalar va tarbiyaviy tamoyillarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali metodik qo‘llanmalar, tarbiyaviy dars ishlanmalari hamda intensiv texnologiyalarni qo‘llashga oid ilmiy-amaliy natijalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash hamda markaz tomonidan (buyurtma asosida) tayyorlangan “Imom Buxoriy ta’rifi” kitobining mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 7-iyuldagi 02/32-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash hamda pedagoglarning tarbiyaviy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish