Sodikov Ulug‘bek Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Matematikani o‘qitishda masalaviy yondashuv orqali o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped804.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumaniyozov Qudrat Sapaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matematikani  o‘qitishda masalaviy yondashuv orqali o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari masalalarning didaktik funksiyalarini (o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va nazorat qiluvchi) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi amaliy-tatbiqiy mazmundagi muammoli vaziyatlarni matematik modellashtirish (miqdoriy ifodalash, tavsiflash, bog‘liqlikni o‘rganish)ga masalaviy yondashuvning tamoyillarini (maqsadga yo‘nalganlik, to‘lalik, tizimlilik, ketma-ketlik) qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasi o‘quv-ijodiy faoliyatga masalaviy yondashuvning algoritmik bosqichlarini (masalaning turlari, echish bosqichlari, talablari) integratsiyalash (maqsadga yo‘naltirish, tizimlash, refleksivlash) asosida ishlab chiqilgan;
matematikani o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti (dars ishlanmalari, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar) o‘quv materiallari mazmuniga nostandart masalalarni echish usullari (tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish, abstraksiyalash, o‘xshatish, variatsiyalash)ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Matematikani o‘qitishda masalaviy yondashuv orqali o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari, masalalarning didaktik funksiyalari, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv-ijodiy faoliyatga masalaviy yondashuvning bosqichlariga doir takliflaridan  ITD-1-14 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda uzviylikni ta’minlash modeli va uning didaktik ta’minoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1530-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida  muammoli, nostandart matematik masalalarni echish usullaridan foydalanish, amaliy-tatbiqiy mazmundagi  masalalarni echishni matematik modellashtirish orqali takomillashtirish asosida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ma’lum   samaradorlikka erishish imkonini bergan;
matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasi, amaliy-tatbiqiy mazmundagi muammoli vaziyatlarni matematik modellashtirishga yo‘naltirilgan talablarga oid xulosalar va tavsiyalardan “Pedagogika” ta’lim sohasi 5110100 – Matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini (O’zDSt 2016, 36.2016) takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1530-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim standarti matematika fanidan o‘quv mazmunini ishlab chiqish, ta’lim tizimida uzviylik va fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan;
matematikani o‘qitish o‘quv-metodik ta’minoti, o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan standart va nostandart masalalarga oid takliflar “Matematika darslarida masalalar echish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma va “Matematikadan nostandart masalalar echish metodikasi” (2012 y.) nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1530-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari matematikani o‘qitishda o‘quvchilarda fanga qiziqishni uyg‘otish,  ijodiy va intellektual  qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish va ta’lim samaradorligini   oshirishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish