Rustam Hasan Jiyanqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “No‘xat (Cicer arietinum L.) ning qurg‘oqchilikka bardoshli, oqsil miqdori yuqori va yuqori maxsuldor dastlabki manbalarni yaratish”, 06.01.05 – seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1385
Ilmiy rahbar: Musirmanov Dilshod Esirgapovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Mamatqul Abduraxmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim; Urozov Bahriddin Omonovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Lalmikor maydonlarda no‘xatning jahon kolleksiyasi namunalaridan foydalanish asosida qurg‘oqchilikka chidamli, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega oqsil miqdori hamda mahsuldorligi yuqori boshlang‘ich manbalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
no‘xatning Milliy genofondda mavjud jahon kolleksiyasi va ICARDA halqaro ilmiy markazidan keltirilgan 56 ta nav namunalarini mahalliy iqlim sharoitda mahsuldorligi va hosildorligi yuqori ashyolar tanlab olingan;
o‘rganilalayotgan nav namunalarini oqsil miqdori hamda qurg‘oqchilikka chidamliligini laboratoriya sharoitida tahlil qilingan;
no‘xat nav va tizmalarida bargdagi xlorofil va fotosintez faollik miqdori baholangan;
no‘xat nav va tizmalarini belgi-xususiyatlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqliklari aniqlangan;
qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha no‘xatning nav va tizmalarida klaster tahlillari o‘tkazilgan;
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra no‘xat nav va namunalarida qurg‘oqchilikka chidamli, qimmatli xo‘jalik belgi - xususiyatlariga ega bo‘lgan FLIP13-84C, FLIP13-125C, FLIP13-126C, FLIP13-165C, FLIP13-264C, FLIP13-293C, FLIP13-344C, FLIP13-363C, FLIP13-370C, FLIP88-85C tizmalari boshlang‘ich manbalar sifatida tanlab olingan va seleksiya jarayonlariga tadbiq etish uchun ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. No‘xat (Cicer arietinum L.) ning qurg‘oqchilikka bardoshli, oqsil miqdori va maxsuldorligi yuqori dastlabki manbalarni yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
No‘xatning lalmikor maydonlarda ekish uchun qurg‘oqchilikka chidamli, oqsilga boy, hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi FLIP88-85C, FLIP13-125C, FLIP13-293C, FLIP13 -344C, FLIP13-126C, FLIP13-264C, FLIP13-165C, FLIP13-370C, FLIP93-93C, FLIP13-84C, FLIP13-363C tizmalar yaratilgan bo‘lib, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutidagi Milliy genbank (noyob ilmiy ob’ekt) ga, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga, Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutlariga no‘xat genetik resurslari geneofondini boyitish, hozirgi va kelajak avlod uchun kafolatli saqlash maqsadida taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025- yil 19- may 05/05-03-196- son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu no‘xat tizmalari seleksiya jarayonida donorlar sifatida istiqbolli yangi navlarni yaratishda foydalaniladi;
No‘xatning FLIP88-85C, FLIP13-125C, FLIP13-293C, FLIP13-344C, FLIP13-126C, FLIP13-264C, FLIP13-165C, FLIP13-370C, FLIP93-93C, FLIP13-84C, FLIP13-363C tizmalari Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida 2,2 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025- yil 19- may 05/05-03-196- son ma’lumotnomasi). Natijada xosildorlik ko‘rsatkichi 5,7 s/ga gacha, andoza navga nisbatan 2-4,7 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 64,8 foizni tashkil etgan;
No‘xat seleksiyasida tadqiqotlar davomida tanlab olingan FLIP13-84C, FLIP13 -125C, FLIP13-126C, FLIP13-165C tizmalar Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Oyqar g‘allasi” fermer xo‘jaligiga 2,4 gektarga, ushbu hududdagi “Abror Asqar” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida esa FLIP13-344C, FLIP13-363C, FLIP13-370C, FLIP88-85C tizmalari 1,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025- yil 19- may 05/05-03-196- son ma’lumotnomasi). Natijada G‘allaorol tumanidagi “Oyqar g‘allasi” fermer xo‘jaligida hosildorlik ko‘rsatkichi 5,8 s/ga gacha, andoza navga nisbatan 2-4,7 s/ga qo‘shimcha hosil olinib rentabellik darajasi 67,7 foizni tashkil etgan, “Abror Asqar” fermer xo‘jaligida hosildorlik ko‘rsatkichi 5,9 s/ga gacha, andoza navga nisbatan 1,1-3,4 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 70,6 foizni tashkil etgan. Don tarkibidagi oqsil miqdor ko‘rsatkichi 25,8-26,6 foizni tashkil etib, andoza navga nisbatan 1,0-2,5 foizgacha yuqori natija bergan.