Mamatqodirov Jaxongir Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zada birlamchi urug‘chilik jarayonlarini raqamlashtirish asosida qimmatli ashyolar bazasini yaratish”, 06.01.05 – seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1790
Ilmiy rahbar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: Samanov Shermuhammad Abdurasulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kozubaev Shuxrat Sattarjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta tolali g‘o‘zaning birlamchi urug‘chilik jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida tizimlashtirish, mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali yuqori hosildor, tola sifati va chiqimi yuqori bo‘lgan oila va tizmalardan tashkil topgan qimmatli ashyolar bazasini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba, dala daftarlarini raqamlashtirish orqali qimmatli xo‘jalik belgilar bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor ravishda yig‘ish va tahlil qilish ta’minlangan;
yuqori seleksion qiymatga ega bo‘lgan ashyolarda belgilarning shakllanishini tahlil qilish va samarali tanlovlar natijasida o‘rta tolali g‘o‘zaning barqaror genotipli T-580/18, T-445/18, T-230/18, T-484-85/18 tizmalari yaratilgan;
ilk marotaba Quva tumanida g‘o‘za urug‘larning navdorligini saqlash va oshirishda raqamli tizimlar va sun’iy intellekt samarali qo‘llanildi hamda QR kodlash orqali seleksiya va urug‘chilik jarayonlari raqamlashtirilgan;
dala kuzatuv daftarlarini raqamlashtirish orqali qimmatli xo‘jalik belgilarining tezkor yig‘ilishi, to‘planishi va elektron tahlilini ta’minlovchi innovatsion yondashuv joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zada birlamchi urug‘chilik jarayonlarini raqamlashtirish asosida qimmatli ashyolar bazasini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
PSUEAITIning Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasi Dala kuzatuvlari davomida smartfon kamerasi orqali QR kod skanerlanib, onlayn forma va mobil ilovada fenologik ma’lumotlar kiritilgan. Kiritilgan ma’lumotlar birlamchi bazaga yuborilgan (Google Shees va Cloud) (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazining 2025-yil 27-avgustdagi №05/04-04-458-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlar markazlashtirilgan tarzda yig‘ilib, har bir daladan olingan ma’lumotlar avtomatik ravishda bazaga jamlangan. Ushbu ma’lumotlar fenologiya, seleksiya, iqlimga moslik, hosildorlik prognozlarini baholashda ishlatilgan.
Vertisellyoz viltga bardoshli, tezpishar, serhosil, yirik ko‘sakli, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan yangi T-445/18, T-580/18, T-230/18, T-125/18 tizmalari yaratilib, Farg‘ona viloyati Quva tumani “Maxammadsoli Meliboev”, Dehqonobod QFY” fermer xo‘jaligida 2 ga maydonda ekilgan va tajriba dalalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazining 2025-yil 27-avgustdagi №05/04-04-458-son ma’lumotnomasi). Natijada, T-445/18 va T-580/18 tizmalarining hosildorligi 42-44 s/ga, tezpisharligi tezpisharligi 110-112 kun, tola chiqimi 41-42 %ni tashkil etgan. Ushbu tizmalarning hosildorligi andoza ANDIJON-36naviga nisbatan 6-8 s/ga yuqori, tezpishar 8-6 kunga tezpishar, tola chiqimi 5-6 % yuqori bo‘lgan.
Quva tumani “Komiljon Dilafruz Ismigul” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar maydonda ekilib, tajriba dalalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazining 2025-yil 27-avgustdagi №05/04-04-458-son ma’lumotnomasi). Natijada, T-230/18 va T-125/18 tizmalarining hosildorligi 41-42 s/ga, tezpisharligi 106-110 kunni, tola chiqimi 40-41 %ni tashkil etgan. Ushbu tizmalarning hosildorligi andoza Andijon-36naviga nisbatan 5-6 s/ga yuqori, tezpishar 12-8 kunga tezpishar, tola chiqimi 4-5 % yuqori bo‘lgan. G‘o‘zaning yangi yaratilgan T-445/18, T-580/18, T-230/18, T-125/18 tizmalarining birlamchi urug‘chilik ko‘chatzorlari tashkil etilgan. Natijada, Davlat nav sinovini tashkil etish hamda ekin maydonlarini kengaytirish uchun etarli miqdordagi navdorligi yuqori bo‘lgan original urug‘liklari tayyorlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish