Zulfiqorov Murod Xurramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi yaratilgan makkajo‘xorining O‘zbekiston-2018 navi hosildorligiga ko‘chat qalinligi ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1790
Ilmiy rahbar: Allashov Baxram Davletbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
Rasmiy opponentlar: Nematov Tulqin Ergashovich, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Azizov Kabuljan Kaxramanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekiston–2018” makkajo‘xori navini yashil massa va don hosili uchun etishtirishning maqbul ko‘chat qalinliklarni aniqlash hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida makkajo‘xorining yangi “O‘zbekiston-2018” navini asosiy ekinda don uchun aprel oyining ikkinchi dekadasida 70 ming tup/ga, takroriy (ang‘izli) ekinda yashil massa uchun iyun oyining uchinchi dekadasida 90 ming. tup/ga ko‘chat qalinlikda ekish maqbul ekanligi aniqlangan hamda mazkur me’yorlarida o‘simlikning faol o‘sish-rivojlanishiga ta’siri ilmiy asoslangan;
Makkajo‘xorining “O‘zbekiston-2018” navi asosiy ekinda 70 ming. tup/ga me’yorda ekilganda ekinzordagi nihollarni unib chiqishi 98,1-99,0%, o‘simlikning o‘suv davri davomiyligi 90-120 kun, fotosintetik faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bu nav bo‘yicha maqbul (211,0-235,7sm2/ga) barg yuzasi shakllangani holda, fotosintez jarayoni jadal kechib, 11,2-31,9 gm2 ga kamayishi natijasida bir gektar maydonda eng yuqori (178,2-200,8 s/ga) quruq massa 45,9-72,8 g to‘planib, qolgan ekish me’yorlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda bo‘lgani aniqlangan;
Makkajo‘xori navini asosiy ekinda turli ko‘chat qalinligida ekilganda, ko‘chat qalinligi oshib borishi bilan bir tup o‘simlikdagi so‘ta soni 2,0-1,9-1,8-1,7 donagacha, so‘ta vazni 373,1-405,5 g.gacha, urug‘ vazni 270,5 -304,9 g, 1000 dona urug‘ vazni 280,3-313,0 g.gacha kamayib borganligiga qaramay, 70 ming tup/ga me’yorda ekilgan variantda maqbul tup soni va ularda o‘rtacha hosil elementlari shakllanishi evaziga don hosildorligining 6,4-13,8 s/ga.gacha yuqori bo‘lganligi ilmiy asoslangan;
Barcha ekish muddatlarida ekish me’yorlari oshib borishi bilan makkajo‘xori navi hosildorligi va o‘suv davri o‘rtasida (r=0,99), birinchi so‘ta joylashish balandligi o‘rtasida (r=0,98), egri chiziqli kuchli ijobiy bog‘liqlik mavjudligi va qaytish (sinish) nuqtasi 70-75 ming. tup/ga ekish meyorida yuzaga kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati sharoitida makkajo‘xorining “O‘zbekiston-2018” navidan yuqori va sifatli don hamda silos hosili etishtirishda urug‘larni maqbul me’yorda ekish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Makkajo‘xorining “O‘zbekiston-2018” navini maqbul ko‘chat qalinligida ekib etishtirish texnologiyasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Shayxi Bo‘ribekov” fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonda joriy etilgan. Surxondaryo viloyati, Denov tumani “Vali” fermer xo‘jaligini 20 gektar maydonida, “Sharofiddin” fermer xo‘jaligida 30 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazini 2025-yil 21-oktyabrdagi № 05/03-04-700-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston-2018” navini gektariga 70 ming tup ko‘chat qalinligida (70x20x1 sxemasida) ekib etishtirilganda yuqori don hosildorligi samaradorligiga erishilgan, gektariga 90 ming tup ko‘chat qalinligida (70x16x1 sxemasida) ekib etishtirilganda yuqori yashil massa hosildorligi samaradorligiga erishilgan.