Shomurotova Shirin Xajievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida “Kompleks birikmalar kimyosi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1212.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Babaev Tuyg‘un Miraxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shoymardonov Toymurod, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion yondashuvlar asosida talabalarning kompleks birikmalar kimyosi faniga doir nazariy, laboratoriya, seminar va mustaqil ta’lim materiallarni o‘zlashtirish faolligi va ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo ta’limini axborotlashtirish sharoitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish orqali talabalar tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy mezonlar (tashkiliy-ta’limiy-boshqaruv sharoitlari) takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarga kompleks birikmalar kimyosi fani bo‘yicha ta’lim berish sifati motivatsion, mustaqil fikrlash, kreativlik, modellashtirish mezonlari bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
kimyo ta’limida talabalarning innovatsion-pedagogik vositalardan samarali foydalanish mexanizmi kasbiy faoliyatga oid parametrlarni aniqlashtirish, faol axborot almashinish o‘quv materiallarini tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Kompleks birikmalar kimyosi” fanidan talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilovchi indikatorlar (o‘qitish sifati, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati, AKT qo‘llash va boshqa ko‘rsatkichlar) ta’lim jarayonida faollikning oshishini refleksiv dalillash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida “Kompleks birikmalar kimyosi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo ta’limini axborotlashtirish sharoitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish orqali talabalar tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy mezonlariga oid takliflaridan “Kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘i, 434-179 raqamli guvohnoma). Natijada, mazkur kompetensiyalar acocida talabalarning o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olishini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarga kompleks birikmalar kimyosi fani bo‘yicha ta’lim berishning motivatsion, mustaqil fikrlash, kreativlik, modellashtirish mezonlari bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalari asosida “Kompleks birikmalar kimyosi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i,  654-187 raqamli guvohnoma). Natijada, “Kompleks birikmalar kimyosi” fanini o‘qitish camaradorligini oshirish, talabalarning “Kompleks birikmalar kimyosi” faniga bo‘lgan qiziqishi, ijobiy munocabati va o‘quv faolligini oshirish, o‘quv mashg‘ulotlarini innovasion ko‘rinishda tashkil qilishga imkon yaratilgan;
kimyo ta’limida talabalarning innovatsion-pedagogik vositalardan samarali foydalanish mexanizmi kasbiy faoliyatga oid parametrlarni aniqlashtirish, faol axborot almashinish o‘quv materiallarini tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda  oliy ta’lim muassasalarida kompleks birikmalar kimyosi fanidan talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilovchi indikatorlar ta’lim jarayonida faollikning oshishini refleksiv dalillashga oid taklif va tavsiyalar asosida “Ekologik kimyo” nomli darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-son buyrug‘i, 394-274 raqamli guvohnoma). Tadqiqot natijalari bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish