Primqulov Avazbek Ummatqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlariga azotli o‘g‘itlarni turli me’yorda qo‘llashni o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri (Sirdaryo viloyati sharoitida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1797
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Abduvali Akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.04.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozorovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Maxmudov O‘tkir Haydarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatining kam darajada sho‘rlashgan bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyaning mahalliy “Hosildor” va xorijiy “Selekta-302” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk bor Sirdaryo viloyatining kam darajada sho‘rlashgan bo‘z o‘tloqi tuproqlari sharoitida soyaning mahalliy “Hosildor” va xorijiy “Selekta-302” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda N90P90K60 mineral  o‘g‘it bilan oziqlantirish me’yorlari aniqlangan;
Soya navlarini asosiy ekin sifatida etishtirishda P90K60 kg/ga fonda azotli o‘g‘itni N90 kg/ga me’yori bilan o‘suv davrida oziqlantirish barg sathini 57,9 ming m²/ga, FSM 10,8 g.m²/kun, 1 tup o‘simlikdagi umumiy don soni o‘rtacha 77,1 dona va don vazni 12,1 g. bo‘lganligi bilan yuqori samara berishi isbotlangan;
Soyaning o‘suv davrida azotli o‘g‘it bilan oziqlantirish me’yorini N0 P90K60 kg/ga etib belgilash dukkaklash fazasida ildiz tizimida tuganaklarning yuqori darajada shakllanishiga olib kelib, azotli o‘g‘itning N30P90K60; N60P90K60; N90P90K60; N120P90K60; N150P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganda nisbatan tuganaklar soni “Hosildor” navida 9,9-25,8 dona/tup gacha, “Selekta-302” navida 9,9-26,5 dona/tup gacha, tuganaklar vazni “Hosildor” navida 0,59-1,45 g/tup gacha, “Selekta-302” navida 0,58-1,48 g/tup gacha kamayganligi aniqlangan;
Don hosildorlik bo‘yicha eng yuqori natija mineral o‘g‘itlar me’yori N90P90K60 qo‘llanilgan variantda quzatilib, soyaning “Hosildor” navida uch yillik o‘rtacha don hosildorlik ko‘rsatkichi 29,6 s/ga ni tashkil etib, andoza variantga nisbatan 8,1 s/ga, “Selekta-302” navida 27,9 s/ga bo‘lib, andozaga nisbatan 7,9 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasi mos ravishda 72,4 %; 64,1 % ni tashkil etganligi aniqlangan; 
Soya navlarini o‘suv davrida azotli o‘g‘itning N150P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish etishtirilgan don tarkibida oqsil miqdorini “Hosildor” navida 40,9 foizga, “Selekta-302” navida 40,4 foizga, o‘suv davrida azotli o‘g‘itning N0P90K60 kg/ga me’yori bilan oziqlantirish esa etishtirilgan don tarkibida moy miqdorining “Hosildor” navida 22,0 foizga, “Selekta-302” navida 22,7 foizgagacha ortaganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sirdaryo viloyati sharoitida soyaning mahalliy “Hosildor” va xorijiy “Selekta-302” navilaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlariga bo‘lgan talabini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun “Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga agrotexnika elementlarini ta’siri” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 12.12.2025 yildagi №05/05-03-570-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda Klaster va fermer xo‘jaliklarida asosiy ekin sifatida soya navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Soyaning mahalliy “Hosildor” va xorijiy “Selekta-302” navlarini etishtirish texnologiyasi Boyovut tumani “Xasanboy Xusanboy” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, “Eliboev Azizbek” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, DDEITI Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasining ishlab chiqarish maydonlarida 4,2 gektar, jami 24,2 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 12.12.2025 yildagi №05/05-03-570-son ma’lumotnomasi). Natijada soya navlari urug‘larni 60x5-1 tizimda ekib, o‘suv davrida azotli o‘g‘itning N90P90K60 kg/ga me’yori bilan oziqlantirilib etishtirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Soya navlari urug‘larni 60x5-1 tizimda ekib, o‘suv davrida azotli o‘g‘itning N90P90K60 kg/ga me’yori bilan oziqlantirish Boyovut tumanida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 12.12.2025 yildagi №05/05-03-570-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali soya navlari an’anaviy usulda ekib etishtirilgan maydonlarga nisbatan don hosilorligi 3,6 s/ga, rentabellik darajasi 29,0 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish