Ismatova Mahliyo Asliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddat va me’yorlarining ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari misolida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1543
Ilmiy rahbar: Abduazimov Akbar Muxtorivich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Xoldarova Dilfuza Ergashboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soyaning “Nafis” va “O‘zbek-6” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati va ko‘chat qalinligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soya ekinidan yuqori don hosili va rentabelliikka erishishda maqbul muddat 15-aprel ekanligi aniqlangan;
soya navlarini 15-aprel muddatida gektariga 375 ming dona/ga ekib etishtirish soyaning “O‘zbek-6” va “Nafis” navlaridan yuqori don hosil va rentabellik darajasini ta’minlashi isbotlangan;
soya navlarini 15-aprel muddatida ekish urug‘larning dala unuvchanligini “O‘zbek-6” navida 86,4-95,7 foizgacha, “Nafis” navida 85,3-91,7 foizgacha etishini ta’minlasa, 1-aprel muddatida ekish unib chiqqan ko‘chatlarning amal davri oxirigacha saqlanuvchanligini “O‘zbek-6” navida 83,2-84,6 foizga, “Nafis” navida 82,4-83,5 foizga oshirishga xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
soya navlarini 1.04 muddatida gektariga 325 ming dona/ga ekib etishtirish don tarkibida oqsil miqdorini “O‘zbek-6” navida 42,5 foizga, “Nafis” navida 45,3 foizga etishini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soyadan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddatlari va ko‘chat qalinliklarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun “Qashqadaryo viloyati sharoitida soyaning ekish muddat va me’yorlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 275.08.2025 yildagi №05/04-04-461-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda Klaster va fermer xo‘jaliklarida asosiy ekin sifatida soya navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Soya navlarini turli muddat va me’yorlarda ekib etishtirish Qarshi tumani “Sharopov Yusuf” fermer xo‘jaligida 4,5 gektar, “Zulfuqorov Nuriddin” fermer xo‘jaligida 5,5 gektar, “Sanaqulov Muzaffar” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, Muborak tumani “Oysulton” fermer xo‘jaligida 9,0 gektar, “Xavas” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar, “Bobodehqon” fermer xo‘jaligida 8,0 gektar, Mirishkor tumani “Elbek” fermer xo‘jaligida 5,2 gektar, “Amir oqmachit chorvadori” fermer xo‘jaligida 4,8 gektar, “Eldorado kumush tolasi” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar, jami 51,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 275.08.2025 yildagi №05/04-04-461-son ma’lumotnomasi). Natijada soya navlari 15-aprel muddatida gektariga 375 ming dona/ga ekib etishtirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Soya navlarini 15-aprel muddatida gektariga 375 ming dona/ga ekib etishtirish texnologiyasi Qarshi, Muborak va Mirishkor tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 275.08.2025 yildagi №05/04-04-461-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali don hosildorligi “O‘zbek-6” navida 32,4 s/ga, “Nafis” navida 36,4 s/ga, rentabellik darajasi “O‘zbek-6” navida 92,7 foizga, “Nafis” navida 111,1 foizga ortishiga erishilgan.