Nigmatova Komila Xoliq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Selektiv katalizatorlar ishtirokida etilen oksidi ishlab chiqarish texnologiyasi”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3593.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev Gaffor, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Dusnmbetovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alyuminiy oksidi saqlagan ishlatilgan adsorbentlarni samarali tozalash va etilen oksidi olish uchun selektiv katalizatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ShGKM texnologik sharoitlarida ishlatiladigan alyuminiy oksidning xususiyatlari aniqlanib, ximosorbsiyalangan organik moddalar, yuqori qaynash haroratlariga ega, gidrofob xususiyatli moddalarning qoldiqlari hamda reaksion sharoitdagi siklogeksan, vodorod, etilen va uning turli molekulyar massadagi polimerlanish mahsulotlari bilan zaharlanishi asoslangan;
ishlatilgan adsorbentni havo kislorodi bilan yuqori haroratlarda 450-500 S da yoqib 97 % gacha, nitrat kislotada eritib kimyoviy va ionalmashinish bilan 99 % gacha tozalash tizimi isbotlangan;
etilenni etilenoksidga oksidlash uchun katalizatorni tayyorlashda qo‘llaniladigan o‘zak-tashuvchining maqbul g‘ovakli tuzilishi va halqasimon shakli ilmiy asoslangan;
alyuminiy oksidi saqlagan ishlatilgan adsorbentni samarali tozalash, uning asosida etilen oksidi olish uchun selektiv katalizatorlar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alyuminiy oksidi saqlagan ishlatilgan katalizatorni samarali tozalash, uning asosida etilen oksidi olish uchun selektiv katalizatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan alyuminiy oksidi adsorbentni ajratish va samarali tozalash texnologiyasi «Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJ ning 2023 yil 22 yanvaridagi 09/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, etilen oksidi olish uchun samarali katalizator ishlab chiqarish imkonini beradi;
tozalangan alyuminiy oksidi o‘zakli promotorlangan kumush katalizatorida etilen oksidi ishlab chiqarish texnologiyasi «Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Shurtangaz kimyo majmuasi» MChJ ning 2023 yil 22 yanvaridagi 09/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, etilen oksidi olish texnologiyasini takomillashtirish imkonini beradi.