Shermatov Javoxir Sherzotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):      “O‘smirlarda zo‘ravonlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik omillari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1234/
Ilmiy rahbar: Juraev Baxrom, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda zo‘ravonlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik omillarini tahlil etish hamda uning o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda zo‘ravonlikka moyillikning kuchayishi tajovuzkorlik darajasining ortib borishi, shaxslararo ijtimoiy munosabatlarda yuzaga keladigan disfunksional holatlar, o‘zini-o‘zi nazorat qilish (self-control) ko‘nikmalarining etarli darajada shakllanmaganligi hamda ijtimoiy tarmoqlardan destruktiv foydalanish bilan determinatsiyalangan holda zo‘ravonlik xulq-atvorining shakllanishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘smirlarda zo‘ravonlik hissining shakllanishi jarayonida asabiylashuv, tajovuzkorlik, impulsivlik (jizzakilik), ijtimoiy tortinchoqlik, spontan agressiv reaksiyalar, psixologik zo‘riqish, ochiqlik darajasi hamda emotsional labillik kabi shaxsiy-psixologik xususiyatlar dinamikasining faollashuvi eksperimental jihatdan isbotlangan;
zo‘ravonlik hissining shakllanishi natijasida o‘smir shaxsida jismoniy, verbal va bilvosita tajovuz, negativizm, irritabellik (tajanglik), shubhalanuvchanlik, xafagarchilik, aybdorlik hissi hamda impulsivlik ko‘rsatkichlarining kompleks tarzda bilvosita ta’sir etuvchi determinant sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘smirlarda zo‘ravonlik hissining namoyon bo‘lishi ichki va tashqi agressiya ko‘rsatkichlarining ortishi, jismoniy va verbal tajovuzning kuchayishi, emotsional beqarorlikning yuzaga kelishi hamda frustratsiyaning ekstrapunitiv, intrapunitiv va impunitiv shakllarining intensivlashuvi bilan kechishi empirik jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘smirlarda zo‘ravonlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda zo‘ravonlikka moyillikning kuchayishi tajovuzkorlik darajasining ortib borishi, shaxslararo ijtimoiy munosabatlarda yuzaga keladigan disfunksional holatlar, o‘zini-o‘zi nazorat qilish (self-control) ko‘nikmalarining etarli darajada shakllanmaganligi hamda ijtimoiy tarmoqlardan destruktiv foydalanish bilan determinatsiyalangan holda zo‘ravonlik xulq-atvorining shakllanishiga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga     kiritilgan: (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, o‘smir o‘quvchilarni zo‘ravonlik ta’siridan himoyalashga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga erishilgan; 
o‘smirlarda zo‘ravonlik hissining shakllanishi jarayonida asabiylashuv, tajovuzkorlik, impulsivlik (jizzakilik), ijtimoiy tortinchoqlik, spontan agressiv reaksiyalar, psixologik zo‘riqish, ochiqlik darajasi hamda emotsional labillik kabi shaxsiy-psixologik xususiyatlar dinamikasining faollashuvi eksperimental jihatdan isbotlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga     kiritilgan: (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30- sentyabrdagi PM-136-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, o‘smirlarda zo‘ravonlikni o‘lchashga xizmat qiluvchi psixodiagnostik metodikalarni boyitishga erishilgan;
zo‘ravonlik hissining shakllanishi natijasida o‘smir shaxsida jismoniy, verbal va bilvosita tajovuz, negativizm, irritabellik (tajanglik), shubhalanuvchanlik, xafagarchilik, aybdorlik hissi hamda impulsivlik ko‘rsatkichlarining kompleks tarzda bilvosita ta’sir etuvchi determinant sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga     kiritilgan: (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik taʼminotini yanada boyishi taʼminlanishiga xizmat qilgan;
o‘smirlarda zo‘ravonlik hissining namoyon bo‘lishi ichki va tashqi agressiya ko‘rsatkichlarining ortishi, jismoniy va verbal tajovuzning kuchayishi, emotsional beqarorlikning yuzaga kelishi hamda frustratsiyaning ekstrapunitiv, intrapunitiv va impunitiv shakllarining intensivlashuvi bilan kechishi empirik jihatdan dalillanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi a’zolarining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan: (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 30 sentyabrdagi PM-136-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, o‘smirlar o‘quv faoliyatida zo‘ravonlikga xos xususiyatlar bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarni boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish