Kobilov Akmal O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshiq boldir bo‘g‘imi surunkali nostabilliklarini jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4658.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan mujassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06.2025.27.12.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi  oshiq-boldir bo‘g‘imi medial boylam apparati jarohatlarini davolashda katta boldir orqa mushagi payining modifikatsiyalangan  autotransplantati yordamida anatomik rekonstruksiya usulini qo‘llash samarali strategiyasini asoslashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta boldir orqa mushagi payining 1/3 diametrini (3,5-4 mm) bo‘ylama kesish, autotransplantatni medial to‘piqda hosil qilingan "/\" shaklidagi kanal orqali o‘tkazish va ularning uchlarini oshiq suyagi bo‘yni va tovon suyagi tanasining Sustentaculum tali o‘sig‘i sohasiga biriktirish orqali to‘piq bo‘g‘imining deltasimon boylamining eskirgan yirtilishini autoplastika qilish usuli ishlab chiqilgan;
katta boldir suyagining medial to‘pig‘ida suyak kanallarini shakllantirish uchun asboblar to‘plami takomillashtirilgan bo‘lib, u parma + bo‘ylama o‘qi 450ga teng bo‘lgan va ikki tomonlama teshikli egilgan plastinani o‘z ichiga oladi, bu esa qurilmalarni suyakka aniq moslashtirish, kam invaziv yo‘l bilan suyak kanallarini xavfsiz perforatsiya qilish, jarrohlik aralashuvining jarohatlanishini kamaytirish, autotransplantatni ishonchli mahkamlash va boldir-oshiq bo‘g‘imini barqarorlashtirishi isbotlangan;
deltasimon boylamning eskirgan to‘liq uzilishi va sportchilarda qisman 50%dan ortiq uzilishini tiklash uchun, AOFAS shkalasi bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori natijalarga erishilganligi sababli, orqa katta boldir mushagi pay-autotransplantatini qo‘llagan holda anatomik rekonstruksiyaga ustunlik berish kerakligi isbotlangan;
klinik stress-testlar, stress-rentgenografiya, ul`tratovush tekshiruvi va MRTni o‘z ichiga olgan oshiq bo‘g‘imi medial boylam apparatining eskirgan shikastlanishlarini aniqlash uchun qo‘llanilgan klinik-diagnostik taktika vizualizatsiya usullari va nostabillikning klinik belgilari o‘rtasidagi natijalarning yuqori muvofiqligini aniqlash hamda tashxis qo‘yishga ishonchli yondashuvni standartlashtirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 28 martdagi №05/19-son xulosasiga muvofiq (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2026 yil 26 fevraldagi №1354-son xati asosida):
birinchi ilmiy yangilik: katta boldir orqa mushagi payining 1/3 diametrini (3,5-4 mm) bo‘ylama kesish, autotransplantatni medial to‘piqda hosil qilingan "/\" shaklidagi kanal orqali o‘tkazish va ularning uchlarini oshiq suyagi bo‘yni va tovon suyagi tanasining Sustentaculum tali o‘sig‘i sohasiga biriktirish orqali to‘piq bo‘g‘imining deltasimon boylamining eskirgan yirtilishini autoplastika qilish usuli ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya va ortopediya bo‘limi (14.01.2025 yildagi 12-son buyruq) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya va ortopediya bo‘limi (18.01.2025 yildagi 6-buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: usul deltasimon boylamning chuqur va yuza tolalarini anatomik tiklaydi, fiziologik biomexanikani qaytaradi, bunda a’lo natijalar ulushi (AOFAS ≥ 90 ball) 53%dan 85% gacha oshdi, residiv xavfi 68% ga kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiyaning o‘rtacha muddati 12 haftadan 8 haftagacha qisqartirildi, bu esa har bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 4000000 so‘mga tejashni ta’minlaydi va bemorlarga mehnat faoliyatiga bir oy oldin qaytish imkonini berdi. Xulosa: usul bo‘g‘imni ishonchli barqarorlashtirishni ta’minlaydi va amaliy sog‘liqni saqlash uchun iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: katta boldir suyagining medial to‘pig‘ida suyak kanallarini shakllantirish uchun asboblar to‘plami takomillashtirilgan bo‘lib, u parma + bo‘ylama o‘qi 450ga teng bo‘lgan va ikki tomonlama teshikli egilgan plastinani o‘z ichiga oladi, bu esa qurilmalarni suyakka aniq moslashtirish, kam invaziv yo‘l bilan suyak kanallarini xavfsiz perforatsiya qilish, jarrohlik aralashuvining jarohatlanishini kamaytirish, autotransplantatni ishonchli mahkamlash va boldir-oshiq bo‘g‘imini barqarorlashtirishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (14.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (18.01.2025 yildagi 6-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: asboblar to‘plami kanallarni aniq va xavfsiz perforatsiya qilish imkonini beradi, shu bilan birga autotransplantatni yoysimon fiksatsiya qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya davrining 12 haftadan 8 haftagacha qisqarishi hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar bir bemor hisobiga 4000000 so‘mga kamayadi, mehnat qobiliyatini tiklash esa bir oy oldinroq sodir bo‘ladi. Xulosa: Taklif etilgan usul nafaqat bo‘g‘imni ishonchli tarzda barqarorlashtiradi, balki amaliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini ham tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: deltasimon boylamning eskirgan to‘liq uzilishi va sportchilarda qisman 50%dan ortiq uzilishini tiklash uchun, AOFAS shkalasi bo‘yicha statistik jihatdan sezilarli darajada yuqori natijalarga erishilganligi sababli, orqa katta boldir mushagi pay-autotransplantatini qo‘llagan holda anatomik rekonstruksiyaga ustunlik berish kerakligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (14.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (18.01.2025 yildagi 6-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: eskirgan jarohatlar bilan kasallangan bemorlarning 55 foizida qoniqarsiz natijalarning oldi olingan, bu esa mehnatga layoqatli aholining nogironligini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya davrining 12 haftadan 8 haftagacha qisqarishi hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar bir bemor hisobiga 4000000 so‘mga kamayadi, mehnat qobiliyatini tiklash esa bir oy oldinroq sodir bo‘ladi.  Xulosa: eskirgan jarohatlari bo‘lgan bemorlarda isbotlangan klinik samaradorlik modifikatsiyalangan rekonstruksiyani qo‘llashning ustuvorligini asoslaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik stress-testlar, stress-rentgenografiya, ul`tratovush tekshiruvi va MRTni o‘z ichiga olgan oshiq bo‘g‘imi medial boylam apparatining eskirgan shikastlanishlarini aniqlash uchun qo‘llanilgan klinik-diagnostik taktika vizualizatsiya usullari va nostabillikning klinik belgilari o‘rtasidagi natijalarning yuqori muvofiqligini aniqlash hamda tashxis qo‘yishga ishonchli yondashuvni standartlashtirish imkonini berishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (14.01.2025 yildagi 12-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (18.01.2025 yildagi 6-sonli buyruq) joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: algoritmni qo‘llash eskirgan jarohatlar bilan og‘rigan bemorlarda qoniqarsiz natijalar chastotasini 50%ga kamaytirishi, tiklanish muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishi va bemorlarning to‘liq mehnat va maishiy faoliyatga ertaroq qaytishini ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: algoritmga aniq rioya qilish orqali nooqilona jarrohlik aralashuvlarini istisno qilish bir bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni o‘rtacha 20%ga kamaytirish imkonini beradi. Reabilitatsiyaning o‘rtacha muddati 12 haftadan 8 haftagacha qisqardi, bu esa har bir bemor uchun 4000000 so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni tejashni ta’minlaydi va bemorlarga bir oy oldin mehnat faoliyatiga qaytish imkonini beradi. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm jarrohlik taktikasini tanlash aniqligini sezilarli darajada oshiradi, tibbiy resurslardan oqilona foydalanishga ko‘maklashadi hamda amaliy sog‘liqni saqlash tizimida barqaror uzoq muddatli klinik va iqtisodiy samarni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish