Abdullaev Shohruh Zafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishi ta’sirida Orol dengizining qurigan tubidagi ekologik xolat va tuproqlarning biogeokimyoviy xossalari”, 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 03.00.13-Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/V1587.
Ilmiy rahbar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Juliev Muhiddin Komilovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Qalandarov Nozimxon Nazirovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqlim o‘zgarishi ta’sirida Orol dengizi qurigan tubi sharqiy qismining ekologik holati va tuproq-gruntlarning biogeokimyoviy xossalarini aniqlash asosida o‘simliklar ekishni guruhlash orqali tuproq-gruntlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol dengizi tubi sharqiy qismida tarqalgan avtomorf, yarim gidromorf va gidromorf sharoitda botqoqli, qumli, tuzli, qoldiqli qatlamlar ustida iqlim omillari (harorat, shamol va atmosfera yog‘inlari) ta’sirida sho‘rxoklashgan, sust qatqaloqli, qumli, qumlashgan, qumli-qumoqli qatqaloqlashgan o‘ziga xos genetik qatlamli tuproq-gruntlar shakllanayotganligi, qisqa evolyusiya – “Ustiga shakllanuvchi-evolyusiya” jarayoni yuzaga kelganligi isbotlangan;
tuproq-gruntlarning kimyoviy va biologik xossa-xususiyatlarining kompleks tahlili asosida ularning ekologik va melorativ holati bilan o‘simliklar rivojlanishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan.
Orol dengizi qurigan tubining sharqiy qismida atrof-muhitning ekologik-melorativ holati baholangan va hududdan barqaror foydalanish imkoniyatlari asoslangan;
Orol dengizining qurigan tubi tuproq-gruntlarida kimyoviy elementlarning Klark konsentratsiyasi (Kk) va Klark taqsimoti (Kt) aniqlangan hamda As, Cd, Sb, Ag, Cu va Pt elementlarining lokal geokimyoviy anomaliyalari va Mg, Ta, Mn elementlarining yuqori migratsion faolligi asoslanib, ekologik xavf omillar sifatida baholangan;
Orol dengizining qurigan tubi sharqiy qismida fitomeliorativ o‘simliklardan Haloxylon ammodendron (C.A.Mey.) Bunge ex Fenzl, Halostachys caspica (M.Bieb.) C.A.Mey, Halocnemum strobilaceum (Pall.) M.Bieb, Haloxylon persicum Bunge, Caroxylon nitrarium (Pall.) Akhani & Roalson, Halocnemum strobilaceum kabilarni individual koordinatalar bo‘yicha turli tuproq-gruntlarda ekish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishi ta’sirida Orol dengizining qurigan tubidagi ekologik holat va tuproqlarning biogeokimyoviy xossalari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Orol dengizining sharqiy qismida iqlimning keskin o‘zgarishi tuproq hosil bo‘lishi va o‘simliklarning tarqalishiga bevosita ta’sir qilishi ilmiy asoslanib, o‘rganilgan hudud o‘simliklarini tarqalishi bo‘yicha 1:100 000 masshtabli ekologik-fitogeografik xarita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘linmasiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 03-sentyabr 02/010-3260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizining qurigan tubida sharqiy qismida tarqalgan tuproq-gruntlarida o‘simliklar ekish mumkin bo‘lgan hududlarni belgilashga imkon bergan;
Orol dengizining qurigan tubi sharqiy qismi uchun tuproq-gruntlar tarkibidagi elementlar (P, K, Na, Mg, Ca, As) Klark konsentratsiyasi va Klark taqsimoti bo‘yicha 1:100 000 masshtabli “geokimyoviy” xaritalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘linmasiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 03-sentyabr 02/010-3260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sho‘rlanishni kamaytirish, zarur elementlar bilan boyitish, meliorativ va ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar belgilash imkonini bergan;
hududda tarqalgan tuproq-gruntlarining xossa-xususiyati va meliorativ-ekologik holatini kompleks o‘rganish asosida o‘simliklar o‘stirish sharoitlarini minimal ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘linmasiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 03-sentyabr 02/010-3260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Orol dengizining qurigan tubidagi tadqiqot hududi tuproq-gruntlarini o‘simliklar ekish nuqtai nazaridan guruhlashga imkon bergan.