Artikova Gulnoza Abduxalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matematikadan amaliy mashg‘ulotlar metodik tizimini maxsus texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped718.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mashrabjon Shaxabutdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;  Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, profeccor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida matematikani o‘qitishning aniq maqsadlariga mos maxsus tanlab olingan umumpedagogik, xususiy-metodik texnologiyalar integratsiyasi asosida amaliy mashg‘ulotlar metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyatli, kompetensiyaviy, innovatsion, integrativ  yondashuvlar ustuvor g‘oyalarini matematikadan amaliy mashg‘ulot va uning bosqichlari aniq maqsadlariga singdirish negizida maxsus tanlab olingan ta’lim texnologiyalari) asosida matematikadan amaliy mashg‘ulotlar metodik tizimi takomillashtirilgan;  
amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning matematik tushunchalarni to‘liq o‘zlashtirish jarayoni freym (“Tushunchalar tahlili”, “Ikki qismli kundalik”, “Venn diagrammasi”, “Blum kubi”, “Chalkashtirilgan mantiqiy zanjir”) va aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich (dastlabki mo‘ljal, amaliy harakat, baland nutq, ichki nutq, aqliy harakat) shakllantirish texnologiyalari integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
o‘quv harakatlari (o‘quv muammosini tushunish, o‘quv harakatlarini amalga oshirish, o‘zini-o‘zi nazorat qilish va baholash)ni  algoritmlashtirish, mahsuldor masalalar, samarali mashg‘ulotlar tizimi, “flipped learning” texnologiyalarining “blended learning” imkoniyatlari bilan interferensiyasi asosida talabalar matematik amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodik tizimining modeli ishlab chiqilgan;
talabalarning reproduktiv (o‘rganish, hamkorlik) va produktiv (mustaqil, ijodiy) faoliyati nazarda tutilgan matematikadan amaliy mashg‘ulotlar interfaol ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minoti (amaliy mashg‘ulotlar texnologiyalari, mustaqil ishlar to‘plami, ma’ruzalar matni) maxsus texnologiyalar (freym, “flipped learning”) hamda elektron axborot-ta’lim  resursi (elektron o‘quv qo‘llanma, tabaqalashtirilgan topshiriqlar, nostandart testlar)ning didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida matematikadan amaliy mashg‘ulotlar metodik tizimini maxsus texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
maxsus texnologiyalar asosida matematikadan amaliy mashg‘ulotlar metodik tizimi, freym va aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish texnologiyalari integratsiyasi asosida talabalarning matematik bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirishga oid takliflar “Algebra va sonlar nazariyasidan modul texnologiyasi asosida tayyorlangan mustaqil ishlar to‘plami” (2012 yil)  nomli o‘quv- uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3946-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning amaliy mashg‘ulotlardagi interaktiv mustaqil o‘quv-bilish faolligi oshgan;
o‘quv harakatlarini algoritmlashtirish, mahsuldor masalalar, samarali mashg‘ulotlar tizimi, “flipped learning” texnologiyalarining “blended learning” imkoniyatlari bilan interferensiyasi asosida talabalarning matematik amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasiga oid takliflardan YoA-1-20 raqamli “Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida kasbiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirishning integrativ metodik vositalarini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3946-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining matematika darslari o‘quv axboroti, metod va vositalarini tanlash va loyihalashtirishga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning pedagogik faoliyatga metodik tayyorgarligini  takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning reproduktiv va produktiv faoliyatiga asoslangan interfaol ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minoti, matematikadan amaliy mashg‘ulotlarning maxsus texnologiyalari hamda elektron o‘quv majmualarning didaktik imkoniyatlariga oid metodik ko‘rsatma va tavsiyalari oliy ta’lim muassasalarida “Algebra va sonlar nazariyasi”, «Oliy matematika», “Matematika” fanlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3946-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish