Yuldasheva Ziyoda Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ixtioz kasalligida ko‘z asoratlarini erta tashxislash va davolashni optimallashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib333.
Ilmiy rahbar: Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.12.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Nodira Maxmudjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Shefer Kristina Konstantinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtioz bilan og‘rigan bolalarda ko‘zning zararlanishlarini erta diagnostika qilish va davolash samaradorligini kliniko-funksional hamda immunogenetik omillarni kompleks baholash takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtioz bilan og‘rigan bolalarda kompleks klinik-oftal`mologik va funksional tekshiruvlar asosida ko‘zning oldingi segmenti shikastlanishining tizimli tavsifi taqdim etildi hamda quruq ko‘z sindromi og‘irligi OSDI indeksi va ko‘z yoshi pardasining ob’ektiv ko‘rsatkichlari yordamida miqdoriy aniqlangan;
ixtioz bilan og‘rigan bolalarda FLG genining R501X polimorfizmi oftal`mologik asoratlarning rivojlanishi va ko‘z yuzasi shikastlanishining og‘ir kechishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
 ixtioz bilan og‘rigan bolalarda ko‘zga oid asoratlar rivojlanishida FLG, TNF-α va IL1B genlari o‘zaro ta’sirining modifikatsiyalovchi roli hamda TNF-α (G-308A) va IL1B (T-31C) genlarining yallig‘lanishni kuchaytiruvchi variantlari ahamiyati isbotlangan;
klinik-funksional va immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida ixtioz bilan og‘rigan bolalarda ko‘zga oid asoratlarni erta diagnostika qilish va patogenetik yo‘naltirilgan davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda ixtioz kasalligida kuzatiladigan ko‘z asoratlarini erta tashxislash va davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi №20/29 xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ixtioz bilan og‘rigan bolalarda kompleks klinik-oftal`mologik va funksional tekshiruvlar asosida ko‘zning oldingi segmenti shikastlanishining tizimli tavsifi taqdim etildi hamda quruq ko‘z sindromi og‘irligi OSDI indeksi va ko‘z yoshi pardasining ob’ektiv ko‘rsatkichlari yordamida miqdoriy aniqlangan. Jizzax viloyati dermatologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filialida (2024 yil 02-aprel` №30-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi Buxoro filialida (2024 yil 14-mart №22/1-son buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: oftal`mologik asoratlarni erta aniqlash og‘ir keratokon’yunktival zararlanishlarning oldini olish va bolalarda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxis va davolash asoratlar, qayta murojaatlar va gospitalizatsiyalar sonini kamaytirib, qimmat xirurgik davolashga ehtiyojni qisqartiradi. Jami iqtisodiy tejamkorlik (n=82) —2470000 so‘m. Xulosa: ko‘z yoshi plyonkasini kliniko-funksional baholashni standart tekshiruvga kiritish ko‘z yuzasi zararlanishini o‘z vaqtida aniqlash va klinik natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ixtioz bilan og‘rigan bolalarda FLG genining R501X polimorfizmi oftal`mologik asoratlarning rivojlanishi va ko‘z yuzasi shikastlanishining og‘ir kechishi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Jizzax viloyati dermatologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filialida (2024 yil 02-aprel` №30-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi Buxoro filialida (2024 yil 14-mart №22/1-son buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: genetik xavfni stratifikatsiya qilish bemorlarni o‘z vaqtida chuqurlashtirilgan oftal`mologik tekshiruvga va profilaktik davolashga yo‘naltirish imkonini beradi, bu esa og‘ir asoratlar ehtimolini kamaytiradi va bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavf guruhini ajratish profilaktik choralarni manzilli ravishda amalga oshirishga, oftal`mologik asoratlarning og‘ir va kechki bosqichlarini davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga hamda statsionar davolanish muddatini qisqartirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorlik 1656600 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: FLG genetik markerlaridan foydalanish ixtiozda ko‘z asoratlari xavfini baholashning prognostik aniqligini oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ixtioz bilan og‘rigan bolalarda ko‘zga oid asoratlar rivojlanishida FLG, TNF-α va IL1B genlari o‘zaro ta’sirining modifikatsiyalovchi roli hamda TNF-α (G-308A) va IL1B (T-31C) genlarining yallig‘lanishni kuchaytiruvchi variantlari ahamiyati isbotlangan. Jizzax viloyati dermatologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filialida (2024 yil 02-aprel` №30-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi Buxoro filialida (2024 yil 14-mart №22/1-son buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kuzatuv va davolashni personallashtirish ko‘z yuzasi surunkali yallig‘lanishi chastotasini kamaytiradi hamda og‘ir shox parda asoratlari xavfini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: patogenetik asoslangan terapiya davolash davomiyligini qisqartiradi, kombinatsiyalangan davolash sxemalari va xirurgik aralashuvlarga ehtiyojni kamaytiradi. Davolash xarajatlarining iqtisodiy samaradorligi bir bemorga 1130000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: immunogenetik omillarni hisobga olish davolash taktikasining klinik asoslanganligini oshiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-funksional va immunogenetik ko‘rsatkichlar asosida ixtioz bilan og‘rigan bolalarda ko‘zga oid asoratlarni diagnostika qilish va patogenetik yo‘naltirilgan davolash algoritmi ishlab chiqilib, uning samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Jizzax viloyati dermatologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filialida (2024 yil 02-aprel` №30-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi Buxoro filialida (2024 yil 14-mart №22/1-son buyruq) amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: algoritm qo‘llanilishi og‘ir rogovisa zararlanishlari va ko‘rishning pasayishini kamaytiradi hamda bolalarda uzoq muddatli funksional natijalarni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritm ortiqcha tekshiruvlar va asoratlar sonini kamaytirish orqali umumiy davolash xarajatlarini kamaytiradi. Umuman olganda, ushbu algoritmni qo‘llash har bir bemor uchun 1220000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: algoritmni ixtioz bilan kasallangan bolalarni tekshirish klinik standartlariga kiritish ko‘z namoyon bo‘lishlarini tashxislash va davolash samaradorligini oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish