Qiyomxo‘jaeva Madina Rustambek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishining psixosotsial prediktorlari» 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1415.
Ilmiy rahbar: Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.2712.P.03.02.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muhiddin Muhammadovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Jabbarov Anvar Ahrarovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishining psixosotsial prediktorlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarida «androgenlik», Mudofaa harbiy xizmatchilarida «maskulinlik» psixologik jins xususiyatlariga ko‘ra, xizmat faoliyati ijtimoiy-demografiyasida ayol katta ofiserlarda «ijtimoiy altruizm», «faol affiliatsiya», erkak katta ofiserlarda «hayot lokus nazorati», «ijtimoiy ambivalentlik» kabi psixosotsial determinantlar shakllanishi dalillangan;
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishining «modellashtirish», «rejalashtirish», «natijani baholash» uslubi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarida «regressiya», «giperkompensatsiya» va Mudofaa harbiy xizmatchilarida «ratsionalizatsiya», «irodaviy qat’iyat» kabi psixoindikativ prediktorlarni shakllantirishi aniqlangan;
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishida «adekvat o‘zini baholash», «jamoaviy motivatsiya», «harbiy birdamlik» kabi psixosotsial atributlar «masofalash», «muammodan qochish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash» singari koping-strategiyalarni shakllanishiga ta’siri dalillangan;
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishida «harbiy tayyorgarlik», «harbiy optimizatsiya», «harbiy gipertimiya» singari bioritmik omillar ta’sirida «o‘z-o‘ziga ishonch», «faoliyatdagi xotirjamlik», «ijtimoiy-psixologik amortizatsiya» kabi yetakchi prediktorlar shakllanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy xizmatchilar o‘zini-o‘zi boshqarishining psixosotsial prediktorlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarida «androgenlik», Mudofaa harbiy xizmatchilarida «maskulinlik» psixologik jins xususiyatlariga ko‘ra, xizmat faoliyati ijtimoiy-demografiyasida ayol katta ofiserlarda «ijtimoiy altruizm», «faol affiliatsiya», erkak katta ofiserlarda «hayot lokus nazorati», «ijtimoiy ambivalentlik» kabi psixosotsial determinantlar shakllanishi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining harbiy qism va muassasalari hamda Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari Milliy gvardiyasi boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi «Ilmiy-tadqiqot» ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2026-yil 2-apreldagi 228/4/26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishining psixologik atributlari asosida psixosotsial prediktorlar aniqlashtirilgan;
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishining «modellashtirish», «rejalashtirish», «natijani baholash» uslubi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarida «regressiya», «giperkompensatsiya» va Mudofaa harbiy xizmatchilarida «ratsionalizatsiya», «irodaviy qat’iyat» kabi psixoindikativ prediktorlarni shakllantirishi aniqlanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi RM-186-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy psixologiya» va «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» modullariga kiritilgan. (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi RM-186-sonli ma’lumotnoma). Natijada, harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarıshida «Men konsepsiyasi» indikatorlari shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik jins xususiyatlarining ijtimoiy-psixologik deterministik vositalari dalillangan;
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishida «adekvat o‘zini baholash», «jamoaviy motivatsiya», «harbiy birdamlik» kabi psixosotsial atributlar «masofalash», «muammodan qochish», «ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash» singari koping-strategiyalarni shakllanishiga ta’siri dalillanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi RM-186-sonli buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy psixologiya» va «Kasb psixologiyasi» modullariga kiritilgan. (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 9-dekabrdagi RM-186-sonli ma’lumotnoma). Natijada, harbiy xizmatchilarda o‘zini o‘zi boshqarishni komponentlarining integratsiyasiga ko‘ra, vaziyatni baholashga ta’sir etuvchi omillar tizimlshtirilgan;
harbiy xizmatchilar o‘zini o‘zi boshqarishida «harbiy tayyorgarlik», «harbiy optimizatsiya», «harbiy gipertimiya» singari bioritmik omillar ta’sirida «o‘z-o‘ziga ishonch», «faoliyatdagi xotirjamlik», «ijtimoiy-psixologik amortizatsiya» kabi yetakchi prediktorlar shakllanishi asoslanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarining harbiy qism va muassasalari hamda Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari Milliy gvardiyasi boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrug huzuridagi «Ilmiy-tadqiqot» ilmiy-amaliy va uslubiy markazining 2026-yil 2-apreldagi 228/4/26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xizmatchilarda o‘zini o‘zi boshqarishini sabab-oqibat kategoriyalariga ko‘ra, regulyativ funksiyalari aniqlangan.