Norinbaev Oybek Kabiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bozor munosabatlari sharoitida bank personali boshqaruvini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt547.
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdusattorxodja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy menejment usullarini qo‘llash orqali bank personali boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarda personal boshqaruvi faoliyati samaradorligini aniqlash usuli personal boshqaruvi bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi va personal xizmatini baholashning sifat ko‘rsatkichlari hamda kirim ma’lumotlarini nazorat qilish tizimi asosida takomillashtirilgan;
bank personali boshqaruvidagi risklarni oldini olish mexanizmi bank mahsulotlari va xizmatlarining yangi turlarini yaratish, ularni diversifikatsiyalash, «kontrakt banklar» nizomi, «sifatni boshqarish tamoyili» modifikatsiyasi hamda «Earnings and Liquidity» usuli orqali takomillashtirilgan;
bank personal boshqaruvida balansdan tashqari faoliyatdan keluvchi daromadni oshirish mexanizmining logorifmik-chiziqli iqtisodiy-matematik modeli banklarning kapitallashuv va likvidlik darajasi, menejment sifati hamda boshqaruv xarajatlarini nazorat qilish tizimi asosida takomillashtirilgan;
tijorat banklari menejmenti sifatini reytinglash va bank xizmatlari bozorining muvozonatini ta’minlovchi optimal qarorlar qabul qilish usuli marjinal daromad va marjinal xarajatlarni hisoblash tizimi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bozor munosabatlari sharaitida bank personali boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklarda personal boshqaruvi faoliyati samaradorligini aniqlash usulini personal boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar tarkibi va personal xizmatini baholashning sifat ko‘rsatkichlari hamda kirim ma’lumotlarini nazorat qilish tizimi asosida takomillashtirish bo‘yicha   berilgan  takliflar «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 18 yanvardagi 34P-son ma’lumotnomasi). Ushbu boshqaruv faoliyati samaradorligini aniqlash usulini qo‘llash «Asaka» aksiodorlik tijorat bankida bank personali mehnat unumdorligini 2,6 foizga, bank daromadini 1,2 foizga, bankning sof foydasini 1,15 foizga oshirish  imkonini bergan;
bank personali boshqaruvidagi risklarni oldini olish mexanizmini bank mahsulotlari va xizmatlarining yangi turlarini yaratish, ularni diversifikatsiyalash, «kontrakt banklar» nizomi, «sifatni boshqarish tamoyili» modifikatsiyasi hamda Earnings and Liquidity» usuli assosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 18 yanvardagi 34P-son ma’lumotnomasi). Risklarni oldini olish mexanizmini qo‘llash natijasida bank aktivlarini 3044,0 mlrd. so‘mga,  xususiy kapitalni 108,0 mln. so‘mga va bank depozitlarini 1347,0 mlrd. so‘mga oshirish ta’minlangan;
bank personali boshqaruvida balansdan tashqari faoliyatdan keluvchi daromadni oshirish mexanizmining logorifmik-chiziqli iqtisodiy-matematik modelini banklarning kapitallashuv va likvidlik darajasi, menejment sifati hamda boshqaruv harajatlarini nazorat qilish tizimi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 18 yanvardagi 34P-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni bankning boshqaruv amaliyotiga joriy etilishi natijasida boshqaruv xarajatlarini 22818,6 mln. so‘mga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
tijorat banklari menejmenti sifatini reytinglash va bank xizmatlari bozorining muvozonatini ta’minlovchi optimal qarorlar qabul qilish usulini marjinal daromad va marjinal xarajatlarni hisoblash  asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 18 yanvardagi 34P-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni bankning boshqaruv faoliyatiga joriy etilishi natijasida boshqaruv samaradorligini 14-16 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish