Rashidov Nuralibek Xayriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kombinatsiyalashgan chulg‘amlarni qo‘llash orqali asinxron mashinalarning energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T325.
Ilmiy rahbar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Safin Alfred Robertovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Helmut Schmidt universiteti (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalashgan stator chulg‘amlarini ishlab chiqish va ularni asinxron motorlarda qo‘llash orqali energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron motorlar uchun diskret berilgan fazoviy funksiyalar usulidan foydalangan holda “uchburchakdagi yulduz” bazaviy sxema asosida kombinatsiyalashgan stator chulg‘ami ishlab chiqilgan;
transformatorning sovutish tizimi va boshqa turbomexanizmlarda qo‘llaniladigan asinxron motorlarning magnit o‘zagi va chulg‘am parametrlaridan foydalangan holda kombinatsiyalashgan chulg‘amlarni loyihalash usuli ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan chulg‘amli asinxron motorlarda energiya isroflarini minimallashtirishni ta’minlovchi magnit o‘zak o‘lchamlarini aniqlash usuli motorlarning konstruktiv o‘lchamlarini ruxsat etilgan oraliqda o‘zgartirish asosida ishlab chiqilgan;
Park-Gorev tenglamalari va kompleks vektorli yondoshuv transformatsiyasidan foydalangan holda kombinatsiyalashgan chulg‘amli asinxron motorning xarakteristikalarini tadqiq qilish imkonini beruvchi dinamik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformatorlarning sovutish sistemasi va boshqa keng sohada ishlatiladigan turbomexanizm elektr yuritmalaridagi asinxron motorlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asinxron elektr motorlar uchun kombinatsiyalashgan chulg‘amga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 2834, 07.10.2025). Natijada, stator pazlar soni 36 ga teng bo‘lgan magnit o‘zak asosida elektromagnit ko‘rsatkichlari yaxshilangan kombinatsiyalashgan chulg‘amli bir tezlikda ishlovchi motor yaratish imkonini bergan;
kombinatsiyalashgan chulg‘amlarni loyihalash usuli “ENERGY MOTOTRS” XK da hamda “O‘zbekiston MET” AJ “Xorazm MET” filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2025 yil 14 yanvardagi 04-13-6286-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kombinatsiyalashgan chulg‘amni qo‘llash orqali asinxron motorlardagi umumiy isroflarni 12,93% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan va ikkala korxona uchun bir yilda jami 422 mln 867 ming 488 so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.