Xoshimov O‘tkirjon Qo‘shmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.4.PhD/Tar210.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Shavkat Muxammadalievich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori professori; Xatamov Toxir Abdumutalovich, tarix fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991–2018 yillarda O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tizimiga davlat, nodavlat va xorijiy investisiyalarning mutanosib taqsimlanmaganligi, sohani rivojlantirishga qaratilgan e’tiborning sustligi natijasida qishloqlarda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, bu borada shahar va qishloq o‘rtasida keskin farqlar yuzaga kelganligi ochib berilgan;
O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi viloyatlarida demografik holat bilan bog‘liq vaziyat to‘liq e’tiborga olinmaganligi, oliy ta’lim muassasalarining aholi soniga nisbatan kamligi, yangi maktablar qurilmaganligi ta’lim sifatining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
o‘rta maxsus ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash jahonning nufuzli (YuNESKO) tashkiloti tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar (MSKO) asosida tashkil qilinmaganligi bitiruvchilarni mehnat bozorida munosib o‘rin topishlariga to‘sqinlik qilganligi ochib berilgan;
mustaqillik yillarida xususiy ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishda huquqiy mexanizmning murakkabligi bois, soha, asosan davlat qaramog‘ida bo‘lib, nodavlat sektori jalb etilmaganligi, 2017 yildan boshlab sohani rivojlantirish strategiyasining ishlab chiqilishi, tadbirkorlarga lisenziya olishdagi engilliklar, soliq imtiyozlari, ishlamay turgan ob’ektlarning nol` qiymatda berilishi nodavlat ta’lim tizimining rivojlanishiga olib kelganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
o‘quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni zamon talablari darajasida ta’lim olishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, shu bilan birga ta’lim muassasalarida sifat samaradorligini oshirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida amalga oshirilgan “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” loyihasida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 26 avgustdagi 02/09-1139-19-son ma’lumotnomasi). Bu, o‘z navbatida, yoshlarning respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi bilimlarining boyishiga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida ta’lim muassasalarining tarixi, yaqin o‘tmishdagi maktab va madrasalarda ta’lim-tarbiya ishlari qanday amalga oshirilganligi, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalariga shahar va qishloq joylarda bolalarning jalb qilinishi kabi tahliliy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo`ylab” telekanali DUKning “O‘tmishga sayohat”, “Ziyorat” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 08-14-442-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi keng jamoatchilik orasida Farg‘ona vodiysi tarixi, jumladan, ta’lim tizimining o‘tmishi va zamonaviy holati to‘g‘risidagi bilimlarining ortishiga xizmat qilgan.