Turdiev Mashrab Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribada taloq va timusning me’yoriy va alimentar mikroelementozdagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Tib1163.
Ilmiy maslahatchi: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: oq zotsiz kalamushlar talog‘i va timusining me’yoriy va mikroelementozning turli ko‘rinishlaridagi morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor alimentar mikroelementozda nazorat va tajriba guruhlaridagi oq kalamushlar taloq va timusi struktur tuzilmalarining morfometrik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinib, timus bo‘lakchalari, po‘stloq va mag‘iz qavati nisbiy maydoni, taloq morfofunksional xususiyatlarini ifodalovchi follikulyar va limfoid koeffisient, germinativ-follikulyar indeks, qizil va oq pul`pa nisbiy maydoni, oq pul`pa tarkibiy qismlari kengligini kamayishi isbotlangan;
alimentar mikroelementozda taloq va timus gistologik tuzilmalaridagi biriktiruvchi to‘qima elementlarining morfologik xususiyatlari solishtirma baholangan bo‘lib, a’zolar turli qismlaridagi kapsula qalinligi va trabekula diametrini oshishi, involyutiv jarayonlar va ularning immunogenezdagi roli asoslangan;
ilk bor alimentar mikroelementozda taloq markaziy arteriyasi o‘tkazuvchanligi darajasini ifodalovchi Kernogan indeksi, pul`par, limfoid follikula, timus trabekulyar, po‘stloq, mag‘iz qavatlari arteriolasi va kapilyar devor qalinligini oshishi, qon tomirlardagi morfometrik o‘zgarishlarni a’zolar funksional holatiga ta’sir mexanizmlari aniqlangan; 
tajribada mikroelementlarni alohida va kombinirlangan etishmovchiligida taloq va timusning funksional sohalaridagi hujayralar miqdori taqqoslama o‘rganilib, taloq qizil, oq pul`pasi va uning tarkibiy tuzilmalardagi hujayralar, timus subkapsulyar, kortikal va mag‘iz qavatidagi kichik, o‘rta va katta timotsitlar sonini kamayishi, hujayralarni miqdoriy o‘zgarishlarini immun jarayonlardagi ahamiyati asoslangan;
ilk bor CD20, CD3, Ki-67 hamda  Bcl-2 markyorlarining ekspressiyalanish darajasini pasayishi, immun hujayralarni miqdoriy, proliferativ va apoptozga chidamlilik xususiyatlari, immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni a’zolar funksional faoliyati va immunogenezdagi o‘rni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, me’yoriy va alimentar mikroelementozda oq zotsiz kalamushlar talog‘i va timusining morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor alimentar mikroelementozda nazorat va tajriba guruhlaridagi oq kalamushlar taloq va timusi struktur tuzilmalarining morfometrik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinib, timus bo‘lakchalari, po‘stloq va mag‘iz qavati nisbiy maydoni, taloq morfofunksional xususiyatlarini ifodalovchi follikulyar va limfoid koeffisient, germinativ-follikulyar indeks, qizil va oq pul`pa nisbiy maydoni, oq pul`pa tarkibiy qismlari kengligini kamayishi isbotlangan va tadqiqot natijalari Buxoro viloyati patologik anatomiya buyurosi (buyruq 12.11.2025 y. №61), Xorazm viloyati patologik anatomiya buyurosida (buyruq 12.11.2025 y. №57) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: alimentar mikroelementozda yuzaga keladigan taloq va timusdagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasida rivojlanadigan patologik jarayon inobatga olinib, davolash usullarini takomillashtirishga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirishga hamda klinik-amaliyotda tashxis qo‘yish sifatini oshirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mikroelementlar etishmovchiligida taloq va timus struktur tuzilmalarini morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, immun tizim zararlanishi bilan bog‘liq yuzaga keluvchi patologik holatlarni erta aniqlash, davolash imkoniyatlarini kengaytirish va shifoxonada hamda ambulator davo muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: mikroelementlar tanqisligida taloq va timusning morfologik va morfometrik tahlili natijalari davolash samaradorligini yaxshilashga ko‘maklashib, morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun sarflangan mablag‘ni 192000 so‘mga tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: alimentar mikroelementozda taloq va timus gistologik tuzilmalaridagi biriktiruvchi to‘qima elementlarining morfologik xususiyatlari solishtirma baholangan bo‘lib, a’zolar turli qismlaridagi kapsula qalinligi va trabekula diametrini oshishi, involyutiv jarayonlar va ularning immunogenezdagi roli asoslangan va tadqiqot natijalari Buxoro viloyati patologik anatomiya buyurosi (buyruq 12.11.2025 y. №61), Xorazm viloyati patologik anatomiya buyurosida (buyruq 12.11.2025 y. №57) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: immun tizim a’zolari zararlanishining yaqqol klinik belgilari kuzatilmaganda mikroelementlar etishmovchiligini taloq va timusning morfofunksional ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash natijasida patologik holatlarni erta tashxislash, asoratlarini bashorat qilish, davolash natijalarini yaxshilash hamda organizm uchun xavfli holatlarni oldindan baholashga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: alimentar mikroelementozda taloq va timus limfoid tuzilmalarini morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, immun tizim faolligining pasayishi bilan bog‘liq rivojlanuvchi patologik holatlarni erta aniqlash, davolash usullarini takomillashtirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: tadqiqotda mikroelementlar etishmovchiligining taloq va timus struktur tuzilmalari hamda organizmni adaptiv imkoniyatlariga ta’siri tahlili natijalari davolash samaradorligini yaxshilashga ko‘maklashib, morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun sarflangan mablag‘ni 192000 so‘m tejash imkonini bergan.    
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor alimentar mikroelementozda taloq markaziy arteriyasi o‘tkazuvchanligi darajasini ifodalovchi Kernogan indeksi, pul`par, limfoid follikula, timus trabekulyar, po‘stloq, mag‘iz qavatlari arteriolasi va kapilyar devor qalinligini oshishi, qon tomirlardagi morfometrik o‘zgarishlarni a’zolar funksional holatiga ta’sir mexanizmlari aniqlangan va tadqiqot natijalari Buxoro viloyati patologik anatomiya buyurosi (buyruq 12.11.2025 y. №61), Xorazm viloyati patologik anatomiya buyurosida (buyruq 12.11.2025 y. №57) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: alimentar mikroelementozda immun tizim va a’zolaridagi morfofunksional o‘zgaririshlarni o‘rganish, aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik chora – tadbirlarni amalga oshirish orqali rivojlanishi mumkin bo‘lgan patologik jarayon va asoratlari xavfini kamaytirish va immun tizim faoliyatini pasayishi bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olishda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Iqtisodiy samaradorligi: taloq va timus qon tomirlar devori o‘zgarishlari va ularni o‘tkazuvchanlik darajasini aniqlash, erta va aniq tashxis qo‘yish, davolash xarajatlarini kamaytirish hamda tibbiy resurslardan tejamkor foydalanish, sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Xulosa: mikroelementlar tanqisligida taloq va timus qon tomirlari morfometrik ko‘rsatkichlari tahlili natijalari davolash samaradorligini yaxshilashga ko‘maklashib, morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun sarflangan mablag‘ni 192000 so‘m tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribada mikroelementlarni alohida va kombinirlangan etishmovchiligida taloq va timusning funksional sohalaridagi hujayralar miqdori taqqoslama o‘rganilib, taloq qizil, oq pul`pasi va uning tarkibiy tuzilmalardagi hujayralar, timus subkapsulyar, kortikal va mag‘iz qavatidagi kichik, o‘rta va katta timotsitlar sonini kamayishi, hujayralarni miqdoriy o‘zgarishlarini immun jarayonlardagi ahamiyati asoslangan va tadqiqot natijalari Buxoro viloyati patologik anatomiya buyurosi (buyruq 12.11.2025 y. №61), Xorazm viloyati patologik anatomiya buyurosida (buyruq 12.11.2025 y. №57) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: alimentar mikroelementozda taloq va timusdagi limfotsitlar miqdorini o‘zgarishi bilan bog‘liq organizmni hujayraviy va gumoral immun reaksiyalarining pasayishi natijasida yuzaga keladigan yuqumli va surunkali patologik jarayonlar inobatga olinib, davolash natijalarini yaxshilash hamda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirishda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: mikroelementlar etishmovchiligida taloq va timus struktur tuzilmalari hujayraviy takibi o‘zgarishlarini o‘rganish, immun tizim zararlanishi bilan bog‘liq yuzaga keluvchi patologik holatlarni erta aniqlash, davolash imkoniyatlarini kengaytirish va shifoxonada hamda ambulator davo muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: mikroelementlar tanqisligida taloq va timus limfoid tuzimalaridagi limfotsitlar miqdori ko‘rsatkichlari tahlili natijalari davolash samaradorligini yaxshilashga ko‘maklashib, morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun sarflangan mablag‘ni 192000 so‘m tejash imkonini bergan. 
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor CD20, CD3, Ki-67 hamda  Bcl-2 markyorlarining ekspressiyalanish darajasini pasayishi, immun hujayralarni miqdoriy, proliferativ va apoptozga chidamlilik xususiyatlari, immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni a’zolar funksional faoliyati va immunogenezdagi o‘rni aniqlangan va tadqiqot natijalari Buxoro viloyati patologik anatomiya buyurosi (buyruq 12.11.2025 y. №61), Xorazm viloyati patologik anatomiya buyurosida (buyruq 12.11.2025 y. №57) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: alimentar mikroelementozda taloq va timusda kuzatiladigan immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish, immun tizim faoliyatining buzilishi natijasida rivojlanadigan yuqumli va surunkali kasalliklar hamda ularni asoratlari va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: mikroelement tanqisligida taloq va timus struktur tuzilmalarini immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida immun tizim faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq rivojlanuvchi kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarini kamaytirish orqali davolash xarajatlarini optimallashtirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: mikroelementlar etishmovchiligida taloq va timus limfoid tuzimalari immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari tahlili natijalari davolash samaradorligini yaxshilashga ko‘maklashib, morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir bemor uchun sarflangan mablag‘ni 192000 so‘m tejash imkonini bergan. 
Olingan natijalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashdan 2026 yil 5 martda 04/17 - son bilan yagona xulosasi olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish