Babajanova Nigora Zaripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdon saratoni bilan kasallangan bemorlarda klinik-morfologik, immunogistokimyoviy omillar asosida yashash ko‘rsatkichini bashoratlash», 14.00.14 –Onkologiya, 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3573.
Ilmiy rahbarlar: Mamadalieva Yashnar Mamasalievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarasulova Dilfuza Zakirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdon sarotoni bilan kasallangan bemorlarda yashash ko‘rsatkichini bashorat qilish uchun klinik-morfologik va immunogistokimyoviy tekshiruv usullarini qo‘llash orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor epitelial va noepitelial shakllardagi tuxumdon saratoni bilan kasallangan bemorlarning o‘sma to‘qimalarida apoptoz, hujayra proliferatsiyasi va angiogenezni ta’riflovchi molekulyar-biologik markerlar (p53, Ki67, VEGF, CD-34) ifodalanishining klinik ahamiyati ilmiy jihatdan aniqlangan;
kasallikning klinik kechishi, qaytalanishi va davolashning uzoq muddatli natijalari o‘sma bosqichi, gistologik tuzilishi, davolash usullari va molekulyar markerlarning ifodalanishi xususiyatlariga qarab aniqlangan;
tuxumdon saratoni bilan bemorlarda davolash va kasallikning mumkin bo‘lgan natijasini tanlashda muhim bo‘lgan bashoratlovchi parametrlar (morfologik va immunogistokimeviy) aniqlangan;
olingan ma’lumotlar asosida tuxumdon saratoni bilan kasallangan bemorlarda tashxis qo‘yish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan va tashxis algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotda tuxumdon saratonini davolash usullarini tanlashda immunogistokimyoviy omillarning ahamiyati bo‘yicha olingan ijobiy natijalarni klinik amaliyotga joriy etish maqsadida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor epitelial va noepitelial shakllardagi tuxumdon saratoni bilan kasallangan bemorlarning o‘sma to‘qimalarida apoptoz, hujayra proliferatsiyasi va angiogenezni ta’riflovchi molekulyar-biologik markerlar (p53, Ki67, VEGF, CD-34) ifodalanishining klinik ahamiyati ilmiy jihatdan aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik-morfologik ko‘rsatkichlarni immunogistokimyoviy markerlar (p53, Ki-67, VEGF, CD34) bilan birgalikda baholash orqali bemorlarni xavf guruhlariga ajratish, individual davolash taktikasini tanlash va davolash natijalarini yaxshilash ta’minlanadi. Bu esa tuxumdon saratoni bilan og‘rigan bemorlarda residiv va asoratlar sonini kamaytirish, uzoq muddatli yashash ko‘rsatkichlarini oshirish hamda aholining sog‘lom umr davomiyligini uzaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: erta va aniq prognoz qo‘yish hisobiga ortiqcha diagnostik va davolash chora-tadbirlarini kamaytirish; samarasiz kimyoterapiya kurslari sonini qisqartirish orqali dori-darmon xarajatlarini tejash; davolash taktikasi individuallashtirilishi natijasida statsionar davolanish muddatini qisqartirish; residivlarni kamaytirish hisobiga qayta gospitalizatsiya va qo‘shimcha muolajalar uchun sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni pasaytirish. Xulosa: Klinik-morfologik va immunogistokimyoviy markerlarni kompleks tahlil qilish tuxumdon saratonida kasallik prognozi va davolash samaradorligini oshirishga imkon beruvchi ilmiy asoslangan yondashuv bo‘lib, uning joriy etilishi aholi salomatligini yaxshilash va sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kasallikning klinik kechishi, qaytalanishi va davolashning uzoq muddatli natijalari o‘sma bosqichi, gistologik tuzilishi, davolash usullari va molekulyar markerlarning ifodalanishi xususiyatlariga qarab aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy markerlar (Ki-67, p53, VEGF, CD34) ifodalanish darajasini inobatga olgan holda davolash strategiyasini belgilash orqali har bir bemor uchun eng maqbul terapevtik yondashuv ishlab chiqiladi. Bu esa davolash samaradorligini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, asoratlar va toksik ta’sirlarni kamaytirishga xizmat qiladi hamda onkologik yordamning sifatini yangi bosqichga olib chiqadi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy markerlar asosida samarasiz davolash usullarini oldindan rad etish imkoniyati; individual davolash taktikasi tufayli kimyoterapiya va qo‘shimcha davolash xarajatlarini optimallashtirish; toksik asoratlar kamayishi hisobiga qo‘shimcha dori vositalari va reabilitatsiya xarajatlarini qisqartirish; uzoq muddatli nazorat va kuzatuv jarayonlarida iqtisodiy samaradorlikka erishish. Xulosa: Immunogistokimyoviy markerlarga asoslangan individual davolash yondashuvi tuxumdon saratonida terapiya samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi va ilmiy-amaliy jihatdan yuqori ahamiyatga ega.
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdon saratoni bilan bemorlarda davolash va kasallikning mumkin bo‘lgan natijasini tanlashda muhim bo‘lgan bashoratlovchi parametrlar (morfologik va immunogistokimeviy) aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy markerlar (p53, Ki-67, VEGF, CD34) asosida bemorlarni yuqori va past xavf guruhlariga ajratish orqali dispanser kuzatuvini maqsadli tashkil etish, erta residivlarni o‘z vaqtida aniqlash va qo‘shimcha davolash choralarini samarali rejalashtirish imkoniyati ta’minlanadi. Bu yondashuv bemorlarning uzoq muddatli yashash ko‘rsatkichlarini oshirish va onkologik yordam sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavf guruhidagi bemorlarni aniqlash orqali resurslarni maqsadli yo‘naltirish; past xavfli bemorlarda ortiqcha tekshiruvlar va davolash choralarini qisqartirish; erta residivlarni aniqlash hisobiga kech asoratlar va qimmat davolash usullarining oldini olish; dispanser kuzatuv va nazorat tizimini optimallashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish. Xulosa: Immunogistokimyoviy markerlar asosida kasallik progressiyasi va yashash ko‘rsatkichlarini bashorat qilish tuxumdon saratonida klinik qaror qabul qilishni ilmiy jihatdan asoslash imkonini beradi hamda sog‘liqni saqlash tizimida davolash va nazorat jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ma’lumotlar asosida tuxumdon saratoni bilan kasallangan bemorlarda tashxis qo‘yish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan va tashxis algoritmi takomillashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik, morfologik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni birlashtirgan algoritmning joriy etilishi kasallikni erta aniqlash, tashxis qo‘yishda xatoliklarni kamaytirish va davolashning uzviyligini ta’minlaydi. Bu yondashuv shifokorlar tomonidan klinik qarorlarni asosli qabul qilishga yordam beradi, tibbiy yordam sifatini oshiradi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: kechki bosqichdagi har bir YuTS bilan kasallangan bemorga o‘tkaziladigan kimyoterapiya davo muolajasi uchun 4560000 so‘m va o‘rtacha 6 kurs olinsa, 27360000 so‘m davlat byudjetidan tejaladi. Qo‘shimcha target terapiya qo‘llanilganda 1kurs target terapiya uchun 8300000 so‘m va kimyoterapiya bilan birgalikda jami 35660000 so‘m mablag‘ kechki bosqichga o‘tishi oldini olingan har bir bemor uchun iqtisod qilinadi. Xulosa: yangi usulni joriy etish, bemorlarning samarasiz yoki keraksiz (ortiqcha) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha muolajalar va davolash usullarini aniqroq bashorat qilish hamda kamaytirish orqali davolash xarajatlarini 16,4 foizga kamaytirish imkonini beradi.