Nurmetova Dilfuza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyatida maktab yoshidagi o‘smirlarda karies kasalligining morfologik xarakteristikasi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4210.
Ilmiy rahbar: Quryazov Akbar Kuramboevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati maktab yoshidagi o‘smirlarda karies kasalligining morfologik va morfometrik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘smirlarda tish qattiq to‘qimalarining sog‘lom va kariesga uchragan tishlarning turli bosqichlarida morfologik xususiyatlari zamonaviy morfometrik usullar yordamida aniqlangan, tish emalining etilish jarayoni xamda kariesga chidamliligi (rezistentligi) pasayishining morfologik jixatlari, qattiq to‘qimalardagi strukturaviy o‘zgarishlari asoslangan;
Xorazm viloyatining o‘ziga xos noqulay ekologik va gidrokimyoviy sharoitida birinchi marta o‘smirlarda kariesning kechishi va morfologik tuzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik tizimli ravishda aniqlangan;
o‘smirlarda bite-wing turdagi rentgenografiya orqali kontakt yuzalarda joylashgan karies o‘choqlari erta tashxislash va patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlashga  qaratilgan yondashuv takomillashtirilgan;
ilk bor Xorazm viloyati o‘smirlarning tish to‘qimasini Grin Vermil`on va PMA indeksining  kal`siy miqdori indeksi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik xamda tishda kechayotgan karies jarayonidagi morfologik va morfometrik parametrlarning o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xorazm viloyatida maktab yoshidagi o‘smirlarda karies kasalligining morfologik xarakteristikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘smirlarda tish qattiq to‘qimalarining sog‘lom va kariesga uchragan tishlarning turli bosqichlarida morfologik xususiyatlari zamonaviy morfometrik usullar yordamida aniqlangan, tish emalining etilish jarayoni xamda kariesga chidamliligi (rezistentligi) pasayishining morfologik jixatlari, qattiq to‘qimalardagi strukturaviy o‘zgarishlari asoslanganligi Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar maktab  yoshdagi o‘smirlarda  og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni o‘rganish, taxlil qilish va baxolash, stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va taxlil qilish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.  Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 650000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: maktab yoshdagi o‘smirlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: Xorazm viloyatining o‘ziga xos noqulay ekologik va gidrokimyoviy sharoitida birinchi marta o‘smirlarda kariesning kechishi va morfologik tuzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik tizimli ravishda aniqlanganligi Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish qattiq to‘qimasi kasalliklari tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tavsiya etilgan profilaktik tadbirlar stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 148000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: maktab yoshdagi o‘smirlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 148000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smirlarda bite-wing turdagi rentgenografiya orqali kontakt yuzalarda joylashgan karies o‘choqlari erta tashxislash va patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlashga  qaratilgan yondashuv takomillashtirilganligi Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘smirlarda bite-wing turdagi rentgenografiya orqali kontakt yuzalarda joylashgan karies o‘choqlari erta tashxislash va patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan yangi ilmiy yondashuv shakllantirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 650000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: maktab yoshdagi o‘smirlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  ilk bor Xorazm viloyati o‘smirlarning tish to‘qimasini Grin Vermil`on va PMA indeksining  kal`siy miqdori indeksi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik xamda tishda kechayotgan karies jarayonidagi morfologik va morfometrik parametrlarning o‘zgarishi aniqlanganligi Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №79 I. 22.10.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-41. 23.10.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish qattiq to‘qimalari kasalligi karies tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tavsiya etilgan profilaktik tadbirlar stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.  Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 148000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: maktab yoshdagi o‘smirlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 148000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 02.12 dagi № 30 -son xulosasiga ko‘ra qayd etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish