Xudoyqulova Dlafruz Kabildjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili farmatsevtika terminlari tezaurusining lingvistik ta’minoti” 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi. (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fil909
Ilmiy maslahatchi: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akbarova Zuhro Akmaljonovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gulyamova Shahnoza Kaxramonovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi farmatsevtika terminlarini, tarixiy-etimologik xususiyatlarini ochib berish, semantik maydondagi o‘rni va o‘zaro mazmuniy munosabatlarini aniqlash, taraqqiyot tamoyillarini belgilash, o‘zbek tilidagi farmatsevtika terminlari tezaurusi modeli va lingvistik ta’minotini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
farmatsevtika terminlari tezauruslarning platformasi zamonaviy axborot tizimlari arxitekturasi talablariga javob beradigan, ilmiy-terminologik ma’lumotlarni strukturaviy, semantik va funksional jihatdan chuqur integratsiyalashgan holda boshqarishga mo‘ljallangan innovatsion echimi an’anaviy lug‘atlardan farqlovchi nafaqat terminlarni saqlash va izlash vositasi, balki ko‘p tilli ilmiy bilimlar bazasini shakllantirishga xizmat qiluvchi raqamli lingvistik infratuzilma sifatida ham ahamiyat kasb etishi aniqlangan;
farmatsevtika terminlarini tabiiy tilni qayta ishlash dasturlariga samarali integratsiya qilishda tezaurus modelining manba sifatidagi qiymati, har bir lug‘aviy birlikka barcha atributlarni aniqlik bilan belgilash imkonini beruvchi noyob identifikatsiya raqami biriktirilganligi identifikatsiya mexanizmi ma’lumotlarni indeksatsiyalash, ularni tezkor qayta ishlash hamda tizim ichida mantiqiy bog‘lanishlarni barqaror saqlashni ta’minlash imkoniyatlari ochib berilgan;
har bir lug‘aviy birlikka barcha atributlarni aniqlik bilan belgilash imkonini beruvchi noyob identifikatsiya raqami biriktirilishi har bir termin uchun identifikatsiya mexanizmi ma’lumotlarni indeksatsiyalash, ularni tezkor qayta ishlash hamda tizim ichida mantiqiy bog‘lanishlarni barqaror saqlashni ta’minlash kabi standartlashtirilgan parametrlar majmui shakllantirilgan;
o‘zbek tili farmatsevtika terminlari tezaurusi foydalanuvchi qidiruv so‘rovlariga mos ma’lumotlarni real vaqt rejimida tezkor, aniq va tizimli tarzda taqdim etishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimning funksional modullarini qatlamlarga ajratish orqali ma’lumotlar oqimini optimallashtirish, ishlash barqarorligini oshirish hamda kelgusida kengaytirish imkoniyatlarini beruvchi ko‘p darajali (multi-layer) arxitektura tamoyillari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tili farmatsevtika terminlari tezaurusining ekstralingvistik, intralingvistik ma’lumotlar bazasi, terminlararo semantik munosabatlar tuzilmasi asosida tezaurus modeli yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillari farmatsevtika terminlari tezaurusining nazariy asoslari va lingvistik ta’minoti tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
farmatsevtika terminlari tezauruslarning platformasi zamonaviy axborot tizimlari arxitekturasi talablariga javob beradigan, ilmiy-terminologik ma’lumotlarni strukturaviy, semantik va funksional jihatdan chuqur integratsiyalashgan holda boshqarishga mo‘ljallangan innovatsion echimi an’anaviy lug‘atlardan farqlovchi nafaqat terminlarni saqlash va izlash vositasi, balki ko‘p tilli ilmiy bilimlar bazasini shakllantirishga xizmat qiluvchi raqamli lingvistik infratuzilmaga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023 – 2024 -yillarda bajarilgan AL- 662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi g‘azallar asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-iyuldagi 01/4-3240 - son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma o‘zbek va ingliz tillariga mansub farmatsevtika terminlari o‘rtasidagi semantik munosabatlarga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
farmatsevtika terminlarini tabiiy tilni qayta ishlash dasturlariga samarali integratsiya qilishda tezaurus modelining manba sifatidagi qiymati, har bir lug‘aviy birlikka barcha atributlarni aniqlik bilan belgilash imkonini beruvchi noyob identifikatsiya raqami biriktirilganligi identifikatsiya mexanizmi ma’lumotlarni indeksatsiyalash, ularni tezkor qayta ishlash hamda tizim ichida mantiqiy bog‘lanishlarni barqaror saqlashni ta’minlash imkoniyatlari haqidagi xulosalardan Toshkent farmatsevtika institutida 2024 – 2025 -yillarda bajarilgan IL-7823051646 raqamli “Spazmolitik ta’sirga ega kombinirlangan “Simverin” tabletka texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent farmatsevtika institutining 2025-yil 25-sentyabrdagi 01/2593-son ma’lumotnomasi). Natijada dori vositalari ishlab chiqish texnologiyasi xususiyatlarini yoritish va ulardan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalarni to‘g‘ri etkazish imkoniyati yaratilgan;
har bir lug‘aviy birlikka barcha atributlarni aniqlik bilan belgilash imkonini beruvchi noyob identifikatsiya raqami biriktirilishi har bir termin uchun identifikatsiya mexanizmi ma’lumotlarni indeksatsiyalash, ularni tezkor qayta ishlash hamda tizim ichida mantiqiy bog‘lanishlarni barqaror saqlashni ta’minlash kabi standartlashtirilgan parametrlar majmui shakllantirilishiga oid xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 26-sentyabrdagi 01/4-4525-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy manbalari boyitilib, ta’lim korpusi ma’lumotlar bazasining takomillashuviga erishilgan;
o‘zbek tili farmatsevtika terminlari tezaurusi foydalanuvchi qidiruv so‘rovlariga mos ma’lumotlarni real vaqt rejimida tezkor, aniq va tizimli tarzda taqdim etishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimning funksional modullarini qatlamlarga ajratish orqali ma’lumotlar oqimini optimallashtirish, ishlash barqarorligini oshirish hamda kelgusida kengaytirish imkoniyatlarini beruvchi ko‘p darajali (multi-layer) arxitektura tamoyillariga oid xulosa va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019 – 2022 -yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 23-iyuldagi 01/4-3239-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpusning ma’lumotlar bazasi farmatsevtika terminlarining zamonaviy ko‘rishlari bilan boyitilgan;
o‘zbek tili farmatsevtika terminlari tezaurusining axborot-qidiruv tizimiga muvofiqlashtirilgan ekstralingvistik, intralingvistik ma’lumotlar bazasi (https://uzpharmtermtezaurus.uz) terminlararo semantik munosabatlar tuzilmasi sifatidagi qiymatini asoslashga qaratilgan tahlillardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasining 2025-yil 10-iyundagi 26-36-10-34-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar yurtdoshlarimiz, soha mutaxassislari xususan yosh avlodning farmatsevtika terminlari tezaurusi xususiyatlari haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.