Sabirova Gulnoza Xidirbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm shoirlari asarlari tilida intertekstuallik” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. PhD/Fil6706
Ilmiy rahbar: Atajonova Anorgul Jumaniyazovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli
Rasmiy opponentlar: DSc., professor Hakimova Muhayyoxon Karimovna, DSc., professor. Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: intertekstuallik hodisasining Xorazm she’riy matnlardagi rolini belgilash, Xorazm she’riy matnlarining mazmuniy idrokida intertekstuallikni yuzaga keltiruvchi til birliklarining o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo va o‘zbek tilshunosligida intertekstuallik tushunchasiga oid mavjud nazariy qarashlar tizimli tarzda Xorazm shoirlari she’rlari misolida baholanib, intertekst va intertekstuallikning o‘ziga xos lingvopoetik, lingvokulturologik jihatlari xorazmlik shoirlar she’rlari misolida antroponim, toponim, biblionim; maqol, ibora, aforistik mazmunli intertekstlar yordamida ochib berilgan;
Xorazmlik shoirlar she’rlarida uchraydigan intertekstual birliklar ularning manbalariga asoslanib sistematik tarzda tasniflangan, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikda matn mazmuniy idroki haqidagi nazariy qarashlar orqali badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik va bazaviy bilimlarining o‘ziga xos xususiyatlari badiiy matnlardan olingan empirik misollar asosida aniqlangan;
badiiy matnda intertekstual elementlar, xususan, onomastik birliklarning semantik va lingvopoetik roli baholanib, ularning matn mazmunini shakllantirish hamda o‘quvchi tomonidan idrok etilish jarayoniga ta’siri asoslab berilgan;
Xorazmlik shoirlar she’rlarida uchraydigan maqol, ibora, aforistik mazmunli va shu birliklarga ishora qilishga asoslangan intertekstual birliklarning lingvopoetik, lingvokulturologik, semantik va uslubiy badiiy imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Badiiy matn anglamidagi intertekstuallarning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dunyo va o‘zbek tilshunosligida intertekstuallik tushunchasiga oid mavjud nazariy qarashlar tizimli tarzda Xorazm shoirlari she’rlari misolida baholanib, intertekst va intertekstuallikning o‘ziga xos lingvopoetik, lingvokulturologik jihatlari xorazmlik shoirlar she’rlari misolida antroponim, toponim, biblionim; maqol, ibora, aforistik mazmunli intertekstlarga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 2-martdagi 01-135-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti va tilining, xususan, o‘zbek she’riyatining yuksalishida Xorazm shoirlari ijodining ta’siri, Xorazm shoirlarining intertekstuallikdan foydalanib badiiy obraz yaratish mahorati ko‘rsatilgan;
Xorazmlik shoirlar she’rlarida uchraydigan intertekstual birliklar ularning manbalariga asoslanib sistematik tarzda tasniflangan, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikda matn mazmuniy idroki haqidagi nazariy qarashlar orqali badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik va bazaviy bilimlarining o‘ziga xos xususiyatlari badiiy matnlardan olingan empirik misollar asosida aniqlashga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 2-martdagi 01-135-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida foydalanilgan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ma’naviy-ma’rifiy qiymati takomillashgan.
badiiy matnda intertekstual elementlar, xususan, onomastik birliklarning semantik va lingvopoetik roli baholanib, ularning matn mazmunini shakllantirish hamda o‘quvchi tomonidan idrok etilish jarayoniga ta’sirini asoslab berish hamda Xorazmlik shoirlar she’rlarida uchraydigan maqol, ibora, aforistik mazmunli va shu birliklarga ishora qilishga asoslangan intertekstual birliklarning lingvopoetik, lingvokulturologik, semantik va uslubiy badiiy imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasi”ning “Assalom Xorazm!” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasi”ining 2025-yil 2-dekabrdagi 976-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ma’naviy-ma’rifiy qiymati takomillashgan.