Madaminov Sardorbek Kadamovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni ekonometrik tadqiq etish”, 08.00.06-“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6015.
Ilmiy rahbar: Raximov To‘xtabek Jumaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmurotov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni ekonometrik baholash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mavjud farqlar va ularning kelib chiqish sabablarini statistik-iqtisodiy usullar asosida iqtisodiy-tahliliy jarayoni algoritmi taklif etilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga omil komponentlarining ta’sir ko‘lami 0 dan 0,3 gacha yuqori daraja, 0,3 dan 0,8 gacha, o‘rta daraja 0,8 dan yuqori past daraja segmentlarga ajratish muvofiqligi asoslangan;
hududiy rivojlanishdagi nomutanosibliklarni tahlil qilishning kognitiv modellashtirish natijalarini baholash, konstantalarni o‘zgartirishda Losman va Pirson modellari asosida dinamik tahlildan foydalanish taklifi asoslangan;
Xorazm viloyatining aholi jon boshiga daromadlari hajmining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni ekonometrik tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mavjud farqlar va ularning kelib chiqish sabablarini statistik-iqtisodiy usullar asosida iqtisodiy-tahliliy jarayoni algoritmi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4086-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha “yetakchi”, “o‘rta” va “orqada qolayotgan” hududlar xaritasini ishlab chiqishga imkon bergan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga omil komponentlarining ta’sir ko‘lami 0 dan 0,3 gacha yuqori daraja, 0,3 dan 0,8 gacha, o‘rta daraja 0,8 dan yuqori past daraja segmentlarga ajratish taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4086-son ma’lumotnomasi). Natijada kiritilayogan investisiyalar butun mamlakat iqtisodiyotiga multiplikativ ta’sir ko‘rsata oladigan eng istiqbolli nuqtalar aniqlanib, mahsulot tannarxidagi davr xarajatlarni kamaytirish orqali periferiyaning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
hududiy rivojlanishdagi nomutanosibliklarni tahlil qilishning kognitiv modellashtirish natijalarini baholash, konstantalarni o‘zgartirishda Losman va Pirson modellari asosida dinamik tahlildan foydalanish taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4086-son ma’lumotnomasi). Natijada, nomutanosiblikni kamaytirish uchun byudjet mablag‘larini hudud va yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirishning samarali ekanligi haqida matematik asoslangan takliflar berishga imkon yaratilgan;
Xorazm viloyatining aholi jon boshiga daromadlari hajmining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4086-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik natijalaridan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2026-2030-yillarga mo‘jallangan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.