Ortiqov Avazbek Bahromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3960.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Murtazoev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxodir Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamizda mavjud kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish va ularni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuv asosida “kichik sanoat zonasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ularning hududiy rivojlanish jarayonidagi institutsional va amaliy rolini aniqlashtirishga ko‘ra, investisiyalarni jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini imtiyozli iqtisodiy rejim orqali qo‘llab-quvvatlash hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash funksiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan kompleks iqtisodiy hudud nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik sanoat zonalarining hudud jihatdan rivojlanishini atributiv belgilar asosida statistik guruhlash asosida baholashga ko‘ra hududiy rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha “past daraja”, “nisbatan yuqori daraja” hamda “yuqori daraja” interval chegaralari aniqlanib, shakllangan guruhlar kesimida moliyaviy, infratuzilmaviy va mehnat resurslari omillarini kompleks optimallashtirish orqali hududiy rivojlanishni barqarorlashtirish taklifi ilmiy asoslangan;
kichik sanoat zonalarida turdosh mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ulushi (S₁ ≥ 20%), kichik korxona maqomidan yirik korxona maqomiga o‘tgan korxonalar ulushi (S₂ ≥ 30%) hamda yalpi mahsulot hajmida eksport ulushi (S₃ ≥ 30%) kabi atribut ko‘rsatkichlarning chegaraviy qiymatlarini tahliliy-statistik usullar asosida aniqlash orqali mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan strategik qarorlarning amaliy natijadorligini baholash taklifi ilmiy asoslangan;
kichik sanoat zonalari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi, kichik sanoat zonalarida bandlar soni, kichik sanoat zonalari tarkibida faoliyat ko‘rsatgan korxonalar soni hamda kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuv asosida “kichik sanoat zonasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ularning hududiy rivojlanish jarayonidagi institutsional va amaliy rolini aniqlashtirishga ko‘ra, investisiyalarni jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini imtiyozli iqtisodiy rejim orqali qo‘llab-quvvatlash hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash funksiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan kompleks iqtisodiy hudud nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xorijiy investisiyalar va erkin iqtisodiy hududlar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kichik sanoat zonalarining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish hamda amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
kichik sanoat zonalarining hudud jihatdan rivojlanishini atributiv belgilar asosida statistik guruhlash asosida baholashga ko‘ra hududiy rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha “past daraja”, “nisbatan yuqori daraja” hamda “yuqori daraja” interval chegaralari aniqlanib, shakllangan guruhlar kesimida moliyaviy, infratuzilmaviy va mehnat resurslari omillarini kompleks optimallashtirish orqali hududiy rivojlanishni barqarorlashtirish taklifi ilmiy asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 02-20-01462-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda kichik sanoat zonalari faoliyatini 3 ta guruhga Sterjess metodikasi asosidagi guruhlash orqali strategik baholash natijalari aniqligi ortgan;
kichik sanoat zonalarida turdosh mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ulushi (S₁ ≥ 20%), kichik korxona maqomidan yirik korxona maqomiga o‘tgan korxonalar ulushi (S₂ ≥ 30%) hamda yalpi mahsulot hajmida eksport ulushi (S₃ ≥ 30%) kabi atribut ko‘rsatkichlarning chegaraviy qiymatlarini tahliliy-statistik usullar asosida aniqlash orqali mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan strategik qarorlarning amaliy natijadorligini baholash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 02-20-01462-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida alohida kichik sanoat zonalarining istiqboldagi transformatsiyasi shakllarini baholash natijalari aniqligi ortgan;
kichik sanoat zonalari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi, kichik sanoat zonalarida bandlar soni, kichik sanoat zonalari tarkibida faoliyat ko‘rsatgan korxonalar soni hamda kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 02-20-01462-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida kichik sanoat zonalarining makro darajadagi rivojlanishini baholovchi chiziqsiz model asosida korxonalar foydasining (soliqdan oldingi) 2028-yilgacha bo‘lgan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan bo‘lib, prognoz aniqligi 3,5 foizlik tafovut oralig‘ida ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish