Aliev Arslon Salom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt/578
Ilmiy rahbar: Xusanov Otabek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.I.42.02
Rasmiy opponentlar: Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Tursunov Jaxongir Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Xalqaro Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlariga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat notijorat tashkilotlari moliyaviy barqarorligini yagona integral indeks (NNT-MBI) usuli orqali NNT-MBI ko‘rsatkichini amaliy boshqaruv instrumentiga aylantirish maqsadida raqamli moliyaviy barqarorlik axborot tizimi taklif etilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik tamoyillariga asoslangan moliyaviy resurslarni taqsimlash modeli ishlab chiqilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida jamoat nazoratining ta’sirini kuchaytirish maqsadida shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv taklif etilgan;
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini nazorat qilish maqsadida raqamli texnologiyalar asosida integratsiyalashgan platforma orqali moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish va moliyaviy ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat notijorat  tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nodavlat notijorat tashkilotlari moliyaviy barqarorligini yagona integral indeks (NNT-MBI) orqali baholash usuli asosida NNT-MBI ko‘rsatkichini amaliy boshqaruv instrumentiga aylantirish maqsadida ishlab chiqilgan raqamli moliyaviy barqarorlik axborot tizimi taklifi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, ularning moliyaviy barqarorligini baholash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va monitoring qilish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 1-755/25-sonli hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2025-yil 12-dekabrdagi IF 41/25 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida moliyaviy barqarorlikni baholash vaqti 3-4 haftadan 1-2 haftagacha qisqardi, subektiv baholash ulushi 40-50 foizga kamaydi, 1 yil ichida nodavlat notijorat tashkilotlarining 35-45 foizi ijobiy natijaga ega bo‘lgan.
nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan davlat-xususiy sheriklik tamoyillariga asoslangan moliyaviy resurslarni taqsimlash modeli taklifi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, ularning moliyaviy barqarorligini baholash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va monitoring qilish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 1-755/25-sonli hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2025-yil 12-dekabrdagi IF 41/25 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga joriy etish natijasida davlat va xususiy sektor o‘rtasida resurslarni taqsimlash samaradorligi 30 foizga, moliyalashtirish jarayonlarining umumiy samaradorligi esa 20 foizga oshgan. Shu bilan birga, ijtimoiy buyurtma loyihalarni saralash va tanlab olishga sarflanadigan vaqt 45% ga qisqardi, moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi shaffoflik darajasi sezilarli ravishda yaxshilandi hamda ijtimoiy buyurtma mablag‘lari bilan qo‘llab-qo‘vvatlangan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 10% ga ko‘paygan;
nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida jamoat nazoratining ta’sirini kuchaytirish maqsadida shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan kompleks yondashuvi taklifi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, ularning moliyaviy barqarorligini baholash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va monitoring qilish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 1-755/25-sonli hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2025-yil 12-dekabrdagi IF 41/25 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuvni amaliyotga tatbiq etish natijasida jamoatchilik nazoratining samaradorligi 30 foizga oshdi, hisobot berish jarayonlariga sarflanadigan vaqt 20 foizga qisqardi hamda jamoatchilik ishtiroki asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar soni 15 foizga ko‘paydi. Shu bilan birga, mazkur mexanizmlar orqali jamoatchilik orasida shaffoflik va hisobdorlikka bo‘lgan ishonch darajasi 25% ga ortgan. Tashkil etilgan monitoring komissiyalari faoliyati natijasida aniqlangan kamchiliklar soni 30 foizga qisqarib, nazorat jarayonlarining umumiy samaradorligi sezilarli darajada yaxshilangan.
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini nazorat qilish maqsadida raqamli texnologiyalar asosida integratsiyalashgan platforma orqali moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish va moliyaviy ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish taklifi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini moliyaviy tahlil qilish, ularning moliyaviy barqarorligini baholash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va monitoring qilish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 1-755/25-sonli hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2025-yil 12-dekabrdagi IF 41/25 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida monitoring jarayonlarining tezkorligi 35 foizga oshdi, xatolar soni 40 foizga qisqardi hamda moliyalashtirish jarayonlarining shaffofligi yaxshilanib, jamoatchilikning ishonchi ortdi. Shuningdek, jamoatchilik fikrini yig‘ish imkoniyati yaratildi, jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi va qaror qabul qilish samaradorligi oshdi, foydalanuvchi tashkilotlar soni 30 foizga ko‘paydi va umumiy xarajatlar 10 foizga kamaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish