Raximdjanova Nigora Qudratillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston davriy matbuotida islom dini va ma’rifatining dolzarb masalalari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 07.00.08–Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.PhD/Tar157.
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Dono Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Lutfillaev Hamidillo Murodillaevich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkistonda mustamlaka tuzum sharoitida islom dini va ta’limoti, diniy ta’lim va urf-odatlar, islom ma’rifatining holati kabi masalalarni davriy nashrlar materiallari tahlili asosida o‘rganish orqali dinning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustamlaka davrida islom dini cheklangan va diniy ulamolar siyosiy mavqeidan mahrum bo‘lgan bir sharoitda taraqqiyparvar ulamolar tashkil qilgan “Al-isloh” diniy-ma’rifiy jurnali islom ma’rifatini targ‘ib etish, shariatga, xususan, farz amallariga doir savollarga vakolatli javob berish, munozarali masalalarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish va fatvolar berishda muhim vosita bo‘lganligi aniqlangan;
milliy matbuot sahifalarida ma’rifatparvarlar, ulamolar islom dinining sofligini saqlash, turli marosim va urf-odatlarning islom diniga nechog‘li aloqadorligini to‘g‘ri anglab etish, turli bid’atlarga qarshi kurashish masalalarida mahalliy musulmonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga, Qur’oni karim, hadislar asosida, hanafiya mazhabi doirasida tushuntirishlar berishga harakat qilganliklari yoritib berilgan;
mustamlaka tuzum sharoitida qozi va mudarrislarni tayinlashda nomzodlarning mustamlakachilarga xayrixohligi asosiy mezon sifatida qaralgani, oqibatda ta’lim va sud tizimida adolatsizlikning kuchayishiga, madrasalarda bilimsiz mudarrislar ko‘payishiga, ta’lim sifatining tushib ketishiga olib kelganligi aniqlangan;
boshlang‘ich maktab va madrasalarda diniy ta’limni to‘g‘ri tashkil qilish, nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligini ta’minlash, madrasalarda “islom tarixi”, “hadisshunoslik”, “tafsir”ga ajratilgan soatlarni ko‘paytirish va chuqurroq o‘rgatish o‘sha davr matbuotida dolzarb masalalardan biri sifatida ma’rifarparvarlar, ulamolar tomonidan qizg‘in muhokama qilinganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turkiston davriy matbuotida islom dini va ma’rifatining dolzarb masalalari (XIX asr oxiri – XX asr boshi) mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davriy matbuot sahifalarida yoritilgan mustamlaka hukumatining islom diniga oid siyosati va uning diniy muassasalar hamda mahalliy aholining ijtimoiy-diniy hayotiga bo‘lgan ta’siri, qozi, mudarrislar faoliyatiga oid ma’lumotlardan FA-A3-GO40 raqamli “XIX asr oxiri – XX asrda O‘zbekistonda diniy siyosat va diniy konfessiyalar” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 22 avgustdagi 3/1255-2295-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari davriy matbuot orqali Turkiston o‘lkasidagi diniy hayot, imperiyaning islom diniga doir siyosati va uning oqibatlarini o‘rganish uchun xizmat qilgan;
Turkiston davriy matbuotida islom dini bilan bog‘liq maqolalarni monitoring qilish asosida uning sahifalarida chop etilgan tasavvuf vakillari va tariqatlarga oid maqolalar, etnografik tadqiqotlar, diniy ziyoratgohlar, diniy ulamolar faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlardan OTF-1135 raqamli “XIX – XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intelektual madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 22 avgustdagi 3/1255-2295-son ma’lumotnomasi). Turkiston davriy matbuotida sahifalarida chop etilgan tasavvuf vakillari va tariqatlarga oid maqolalar, etnografik tadqiqotlar, diniy ziyoratgohlar, diniy ulamolar faoliyatini oydinlashtirish xizmat qilgan;
islom diniga doir rus va o‘zbek (arab alifbosida) tillardagi davriy matbuot sahifalarida nashr etilgan maqolalar tadqiqiga oid natijalardan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmatlari” fondlarida saqlanayotgan Turkiston matbuotidagi islom dini va ma’rifatiga oid maqolalar bibliografik ko‘rsatkichini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 25 iyuldagi 11-2626-son ma’lumotnomasi). Maqolalar ro‘yxati va ilmiy tavsifi tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, foydalanuvchilar tomonidan maqsadli foydalanishda, noyob gazeta va jurnallar ko‘rgazmalari taqdimotlarida to‘liq axborot taqdim etish imkonini yaratish bilan birga, ilmiy-amaliy xizmat qilgan.