Sirojiddinov Komiljon Bobojonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geront aholi populyasiyasida komorbid kasalliklarni epidemiologiyasi va profilaktikasini O‘zbekistonning turli mintaqalarida xususiyatlari» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib1367.
Ilmiy maslahatchi: Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abdukaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salaxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Badritdinova Matlyuba Najmitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: komorbid kasalliklarni va ularning xatar omillarining tarqalishini O‘zbekistonning turli mintaqalarida istiqomat qiluvchi geront aholi populyasiyasida o‘rganish, samarali tashxisot va profilaktika usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekistonning turli mintaqalarida yashovchi geront aholida komorbid kasalliklar va ularning xavf omillarining tarqalish chastotalari aniqlangan hamda epidemiologik xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan; 
ilk bor geront aholida komorbid kasalliklarning genderli jihatlari, geront hamda supergeront populyasiyalarida komorbidlikka aloqador yetakchi xatar omillari O‘zbekistonning turli mintaqalari kesimida ajratilgan va ularning komorbidlik bilan bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonning turli mintaqalarining geront va supergeront hamda qishloq va shahar aholisida komorbid kasalliklar va ularning xatar omillarining epidemiologik tavsiflari aniqlangan;
ilk bor geront aholi populyasiyasida yoshga bog‘liq holda komorbid kasalliklarning rivojlanishi va klinik kechishining mintaqaviy xos tavsiflari aniqlangan;
geront aholida komorbid kasalliklarni erta aniqlashning epidemiologik tizimi, gerontokomorbidlikning bashoratli jadvallari va profilaktika modeli O‘zbekiston sharoitini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geront aholi populyasiyasida komorbid kasalliklarni epidemiologiyasi va profilaktikasini O‘zbekistonning turli mintaqalarida xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonning turli mintaqalarida yashovchi geront aholida komorbid kasalliklar va ularning xavf omillarining tarqalish chastotalari aniqlangan hamda epidemiologik xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 27.08.2024 yildagi 6i-53/u hamda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Komorbid kasalliklarni O‘zbekistonning turli mintaqalarida epidemiologiyasini umumiy geront xususiyatlari» va «Xatar omillarini turlicha qo‘shiluvida komorbid kasalliklarni tarqalishi va shakllanishlarini geront axolida qiyosiy epidemiologik tavsiflari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot Ilmiy markazi Namangan, Farg‘ona, Andijon filiallarining tegishli bo‘limlarida (14.11.2024 y. 70-son buyruq, 19.11.2024 y. 94-son buyruq, 01.11.2024 y. 72-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.11.2025 y. 29/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: geront aholida komorbid kasalliklar va ularning xavf omillarining tarqalish chastotalari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: geront aholida komorbid kasalliklar va ularning xavf omillari aniqlash asosida odatda umumiy o‘rtacha 15-17 kun uchun 7544500 so‘m. Iqtisod qilingan. Xulosa: O‘zbekistonning ≥90-106 yoshli aholisida komorbid kasalliklar 98,4% tarqalish chastotasi bilan aniqlanadi, ularning 60,8%ida komorbidlik ≥5 ta surunkali kasalliklar qo‘shilib kelishi bilan ifodalanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor geront aholida komorbid kasalliklarning genderli jihatlari, geront hamda supergeront populyasiyalarida komorbidlikka aloqador yetakchi xatar omillari O‘zbekistonning turli mintaqalari kesimida ajratilgan va ularning komorbidlik bilan bog‘liqlik darajasi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 27.08.2024 yildagi 6i-53/u hamda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Komorbid kasalliklarni O‘zbekistonning turli mintaqalarida epidemiologiyasini umumiy geront xususiyatlari» va «Xatar omillarini turlicha qo‘shiluvida komorbid kasalliklarni tarqalishi va shakllanishlarini geront axolida qiyosiy epidemiologik tavsiflari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot Ilmiy markazi Namangan, Farg‘ona, Andijon filiallarining tegishli bo‘limlarida (14.11.2024 y. 70-son buyruq, 19.11.2024 y. 94-son buyruq, 01.11.2024 y. 72-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.11.2025 y. 29/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi kompleks, innovatsion ilmiy dastur ishlab chiqilgan va dunyoda birinchilardan bo‘lib geront va supergeront aholida qo‘llanilgan. Iqtisodiy samaradorligi: geront va supergeront aholi uchun yangi kompleks, innovatsion ilmiy dastur ostida ijobiy natijalar 1,5 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 22568740 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: komorbid kasalliklar yoshga bog‘liq holda tafovutlanib 90-99yoshda -79,7%, 100-105da – 16,1% va ≥106 yoshli populyasiyada – 4,3% aniqlanish chastotalarida qayd qilinadi.. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonning turli mintaqalarining geront va supergeront hamda qishloq va shahar aholisida komorbid kasalliklar va ularning xatar omillarining epidemiologik tavsiflari aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 27.08.2024 yildagi 6i-53/u hamda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Komorbid kasalliklarni O‘zbekistonning turli mintaqalarida epidemiologiyasini umumiy geront xususiyatlari» va «Xatar omillarini turlicha qo‘shiluvida komorbid kasalliklarni tarqalishi va shakllanishlarini geront axolida qiyosiy epidemiologik tavsiflari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot Ilmiy markazi Namangan, Farg‘ona, Andijon filiallarining tegishli bo‘limlarida (14.11.2024 y. 70-son buyruq, 19.11.2024 y. 94-son buyruq, 01.11.2024 y. 72-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.11.2025 y. 29/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu dastur O‘zbekistonning uzoq umr ko‘ruvchi aholisining komorbid kasalliklari, kasallik oldi holati va ularga bog‘liq bo‘lgan xos xavf omillari haqida umumiy tasavvur hosil qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: ijtimoiy xavf omillariga bog‘liq holda (ko‘p bolalilik, mehnat turi) va oilaviy muhit ta’sirida geront hamda supergeront populyasiyada komorbid kasalliklar bilan kasallanish xavfi mos ravishda 31,6 va 6 baravargacha ortadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor geront aholi populyasiyasida yoshga bog‘liq holda komorbid kasalliklarning rivojlanishi va klinik kechishining mintaqaviy xos tavsiflari aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 27.08.2024 yildagi 6i-53/u hamda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Komorbid kasalliklarni O‘zbekistonning turli mintaqalarida epidemiologiyasini umumiy geront xususiyatlari» va «Xatar omillarini turlicha qo‘shiluvida komorbid kasalliklarni tarqalishi va shakllanishlarini geront axolida qiyosiy epidemiologik tavsiflari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot Ilmiy markazi Namangan, Farg‘ona, Andijon filiallarining tegishli bo‘limlarida (14.11.2024 y. 70-son buyruq, 19.11.2024 y. 94-son buyruq, 01.11.2024 y. 72-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.11.2025 y. 29/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: hozirgi davr uchun xos bo‘lgan ushbu natijalar asosida geront aholida komorbid kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi bo‘yicha harakatni amalga oshirish dasturlari va algoritmlari ishlab chiqilgan, yaqin kelajak uchun bashoratlash faoliyatini beruvchi jadvallar yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: komorbid kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi bo‘yicha harakatni amalga oshirish dasturi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 22564500 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: geront va supergeront yosh surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklar kombinatsiyalanishi holatini keskin oshiradi. Ularda 1 ta kasallikning qayd qilinishi kuzatilmaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: geront aholida komorbid kasalliklarni erta aniqlashning epidemiologik tizimi, gerontokomorbidlikning bashoratli jadvallari va profilaktika modeli O‘zbekiston sharoitini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bo‘yicha tavsiyalar Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 27.08.2024 yildagi 6i-53/u hamda 6i-54/u-son bilan tasdiqlangan «Komorbid kasalliklarni O‘zbekistonning turli mintaqalarida epidemiologiyasini umumiy geront xususiyatlari» va «Xatar omillarini turlicha qo‘shiluvida komorbid kasalliklarni tarqalishi va shakllanishlarini geront axolida qiyosiy epidemiologik tavsiflari» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot Ilmiy markazi Namangan, Farg‘ona, Andijon filiallarining tegishli bo‘limlarida (14.11.2024 y. 70-son buyruq, 19.11.2024 y. 94-son buyruq, 01.11.2024 y. 72-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.11.2025 y. 29/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘xshash ilmiy loyihalar dunyoda yo‘q, uning amaliyotga kiritilishi O‘zbekistonning hududlari darajasida demografik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi, millat va davlat hamda O‘zbekiston fanini xalqaro nufuzini/shuxratini oshiradi. Dasturni ilk natijalari o‘zini ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: yillik iqtisodiy ko‘rsatkich o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: komorbid kasalliklarning geront aholida shakllanishi va tarqalishi chastotasida xavf omillari hududiy xoslikni ifodalab rol o‘ynaydi va asosan, lipidlar almashinuvining buzilishining ularga aloqadorligi (28,5%gacha) ishonchli va sezilarli tasdiqlanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish