Isaev Zuxriddin Normaxamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kolorektal sohadagi metastaz va o‘sma kasalliklarini aniqlashda profilaktik kolonoskopiyaning ahamiyati», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib2028.
Ilmiy rahbar: Mamarasulova Dilfuzaxon Zakirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Salaxiddinov Adiljon, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tojiboev Akmal Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori xavf guruhiga mansub aholi orasida yo‘g‘on ichak o‘sma oldi kasalliklarini erta aniqlash, endoskopik tashxislash va profilaktik endoskopik yoki xirurgik davo samaradorligini oshirishdan, hamda KRS populyasion skrining bosqichlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Andijon viloyati misolida ilk bor 2016–2019 yillarda kolorektal saratoni bo‘yicha kompleks klinik-epidemiologik tahlil o‘tkazilgan, kasallanish ko‘rsatkichlarining 30,67% ga oshgani va o‘lim darajasining 15,11% ga etgani aniqlangan hamda ushbu yuqori ko‘rsatkichlar kasallikning I bosqichda aniqlanish ulushi (6,04%) pastligi bilan bog‘liq ekani ilmiy jihatdan asoslangan; 
ilk bor profilaktik kolonoskopiyani xromokolonoskopiya, maqsadli biopsiya va fekal immunokimyoviy test (FIT) bilan bosqichma-bosqich qo‘llashga asoslangan diagnostik yondashuv taklif etilgan, bu esa neoplaziyalarni aniqlash samaradorligini 56,81% gacha oshirishi bilan an’anaviy diagnostikadan ustunligi isbotlagan; 
kolorektal saratoni rivojlanish xavfiga ega aholini seleksiya qilish uchun klinik belgilar, anamnez va laborator ko‘rsatkichlarga asoslangan populyasion skrining algoritmi ishlab chiqilgan, bu algoritm orqali diagnostik kolonoskopiya o‘tkazilishi zarur bo‘lgan shaxslar ulushi aniq 15,27% gacha optimallashtirilgan; 
taklif etilgan algoritmni qo‘llash natijasida kolorektal saratonini erta bosqichlarda (I bosqich – 64,71%) aniqlash darajasi sezilarli oshishi va buning hisobiga organ saqlovchi va kam invaziv davolash usullarini qo‘llash imkoniyati kengayishi klinik jihatdan isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kolorektal sohadagi metastaz vao‘sma kasalliklarini aniqlashda profilaktik kolonoskopiyaning ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Andijon viloyati misolida ilk bor 2016–2019 yillarda kolorektal saratoni bo‘yicha kompleks klinik-epidemiologik tahlil o‘tkazilgan, kasallanish ko‘rsatkichlarining 30,67% ga oshgani va o‘lim darajasining 15,11% ga etgani aniqlangan hamda ushbu yuqori ko‘rsatkichlar kasallikning I bosqichda aniqlanish ulushi (6,04%) pastligi bilan bog‘liq ekani ilmiy jihatdan asoslangangi ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Andijon viloyatida xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va ularning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-son ma’lumotnomasi). RIOvaRIATMAVFning 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-sonli buyruq bilan Farg‘ona viloyati filiali 2020 yil 30 oktyabr №174/6 sonli buyruk. Namangan viloyati filiali 2020 yil 12 dekabr`dagi №76 sonli buyruk bilan viloyatlari xududiy filiallari diagnostika bulimlari maliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan KRS xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi KRS yashirin kechuvchi bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda aniqlanishi xisobiga kasallikni erta bosqislarda bartaraf qilish va oqibatda o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi;. KRSniga tashxis ko‘yishning yangi usullarini joriy etish vaqtincha mexnatga layoqatsizlik muddatlari qisqarishining iqtisodiy samarasi xisoblab ko‘rilganda olingan iqtisodiy samara xisoblangan. Xavf olimlariga asoslangan skrining algoritmi natijasida bemorlarning vaqtinchaliq mexnatga layoqatligini yo‘qotish davrini qisqartirish orkali sezilarli miqdorda iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkichi ilmiy yangilik:  ilk bor profilaktik kolonoskopiyani xromokolonoskopiya, maqsadli biopsiya va fekal immunokimyoviy test (FIT) bilan bosqichma-bosqich qo‘llashga asoslangan diagnostik yondashuv taklif etilgan, bu esa neoplaziyalarni aniqlash samaradorligini 56,81% gacha oshirishi bilan an’anaviy diagnostikadan ustunligi isbotlaganligi ilmiy asoslangan natijalari RIOvaRIATM Andijon Namangan Farg‘ona viloyati xududiy filiallari patologik anatomiya bo‘limlaridan olingan biopsiya materiallari solishtirilganda bir xil natija olish mumkinligi aniqlangan va shilliq qavat neoplaziyasini aniqlash maqsadida utkazilgan xromokolonoskopiya natijalarining informativligi patomorfologik tekshiruvlar bilan qiyoslanganda qoniqarli ekani tasdiqlangan. Yo‘g‘on ichak saraton xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijalari asosida ishlab chiqilgan «Andijon viloyatida xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va ularning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-son ma’lumotnomasi). RIOvaRIATMAVFning 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-sonli buyruq bilan Farg‘ona viloyati filiali 2020 yil 30 oktyabr №174/6 sonli buyruk. Namangan viloyati filiali 2020 yil 12 dekabr`dagi №76 sonli buyruk bilan viloyatlari xududiy filiallari diagnostika bulimlari maliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan tashxislash usuli xavf omillariga asoslangan profilaktik skriningda saralab olingan bemorlarning xromokolonoskopiya tekshiruvidan olingan natijalar biopsiya xulosalari bilan qiyoslanganda olingan ma’lumotlar bilar bir xil ekanligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: KRS shubxa kilinganda shilliq qavat neoplaziyasini aniqlash uchun o‘tkazilgan biopsiya o‘rniga xromokolonoskopiya tekshiruvlarini o‘tkazilishi natijasida xar bir bemordan sezilarli iqtissod qilingan. KRS shubxa qilingan bemorlarga xromokolonoskopiya tavsiya qilinishi va o‘tkazilishi byudjet mablag‘laridan xar bir bemor uchun sezilarli iqtisod qilib qolish imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: kolorektal saratoni rivojlanish xavfiga ega aholini seleksiya qilish uchun klinik belgilar, anamnez va laborator ko‘rsatkichlarga asoslangan populyasion skrining algoritmi ishlab chiqilgan, ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etish uchun «Andijon viloyatida xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va ularning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-son ma’lumotnomasi). RIOvaRIATMAVFning 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-sonli buyruq bilan Farg‘ona viloyati filiali 2020 yil 30 oktyabr №174/6 sonli buyruk. Namangan viloyati filiali 2020 yil 12 dekabr`dagi №76 sonli buyruk bilan viloyatlari xududiy filiallari diagnostika bulimlari maliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi xavf omillari aniqlanishi natijasida 1 yillik o‘lim ko‘rsatkichlarinig paayishiga erishildi; xavf omillari namoyon bo‘lishiga qarab avo mlajalariitkazsh bemorlarnig vaqticha mexnatga layoqatlik davrini uzaytirish imkonn berdi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘g‘on ichak saratoni skrining algoritmidan foydalanish saraton kasalligini erta bosqichlarda aniqlanganligi sababli gospitalizatsiya qilish ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirish iqtisodiy samaradorlikka olib keldi. Agar gospitalizatsiya uchun kutilayotgan sarf xarajatlar xar bir bemorga urtacha 6 barobarga kamaytirish imkonini berdi. Xavf omillariga asoslangan skrining algoritmidan foydalanilsa 1- nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan algoritmni qo‘llash natijasida kolorektal saratonini erta bosqichlarda (I bosqich – 64,71%) aniqlash darajasi sezilarli oshishi va buning hisobiga organ saqlovchi va kam invaziv davolash usullarini qo‘llash imkoniyati kengayishi klinik jihatdan isbotlangan va taklif etilgan yashirin qon ketishiga oid fekal sinamani qo‘llash diagnostik kolonoskopiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslarning 15,27%ini aniqlash imkonini berishi ilmiy jihatdan isbotlangan buyicha «Andijon viloyatida xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va ularning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-son ma’lumotnomasi). RIOvaRIATMAVFning 2020-yil 30-noyabrdagi 8n–d/228-sonli buyruq bilan Farg‘ona viloyati filiali 2020 yil 30 oktyabr №174/6 sonli buyruk. Namangan viloyati filiali 2020 yil 12 dekabr`dagi №76 sonli buyruk bilan viloyatlari xududiy filiallari diagnostika bulimlari maliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi : tashxislash va davolashga nisbatan yangi algoritmini qo‘llash orqali kasallikning asoratlarini oldini olishni taminlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilinayotgan skrining natijasidagi iqtisodiy samaradorlik bemorlarning kasallik tufayli nogironlik darajasini kamaytirishi bilan izoxlanadi ya’ni nogironlik tufayli jismoniy mexnatga layoqatsiz bemorlar soni mazkur tadqiqot doirasida deyarli 2 barobarga kamaygan. Xavf omillariga asoslangan skrining algoritmidan foydalanilsa 1- nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish