Jankorazov Abror Mamrajaab o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4131.
Ilmiy rahbar: Sattarov Karim Karshievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Meliboev Mirazam Foziljon o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent; Ravshanov Suvanqul Saparovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida non mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, sifat, xavfsizlik va saqlanish barqarorligini ilmiy asoslash hamda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
non mahsulotlari ishlab chiqarishda emulgatorlar (E471, E322, E481) va konservantlar (E202, natriy propionat) 1,5% miqdorda qo‘llanilganda mahsulot sifati hamda saqlanish muddatining oshishi ilmiy isbotlangan;
birinchi navli bug‘doy unini mahalliy zig‘ir-kunjut kunjarasi, no‘xot-arpa donlari, oshqovoq urug‘i va zafaron barglaridan olingan unlar bilan biologik faol moddalar (ω-3, ω-6, vitaminlar va minerallar) asosida boyitish ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyasi aniqlangan;
boyitish jarayonida I-nav bug‘doy unini o‘simlik manbali qo‘shimchalar bilan almashtirishning maqbul nisbatlari (98,5:1,5; 96:4,0; 99:1,0) aniqlangan;
boyitilgan un tarkibidagi vitamin va minerallar ta’sirida bijg‘ish jarayoni jadallashib, xamirning etilish vaqti 150±5 daqiqadan 135±5 daqiqagacha kamayishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
tayyor mahsulotning organoleptik va iste’mol xususiyatlari saqlangan holda I-nav bug‘doy unini funksional qo‘shimchalar bilan qisman almashtirish imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat qo‘shimchalari, shu jumladan zig‘ir-kunjut urug‘laridan moy olinganidan keyin hosil bo‘lgan shrotlari, no‘xot-arpa donlaridan olingan un aralashmalari bilan tayyorlanadigan non mahsulotlari saqlash muddatini, sifatini yaxshilashda oziqaviy va biologik qiymatini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, non assortimentini ko‘paytirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
emulgatorlar, lesitin, natriy stearoil-2-laktilat va konservantlar asosida va mahalliy zig‘ir-kunjut kunjarasi, no‘xot-arpa donlari va oshqovoq urug‘i-zafaron chiqindisidan un ishlab chiqish texnologiyasi “Bexruzjon Omad Fayz” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan va “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2025-yil 7-noyabrdagi №07-108/11-2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, emulgatorlar, lesitin, natriy stearoil-2-laktilat va konservantlar 1,5 % kombinatsiyanlangan aralashma qolipli nonga qo‘shilganda, tayyor mahsulotlarni sifati yaxshilandi va saqlash muddati 7 kungacha uzaytirish imkonini bergan;
zig‘ir-kunjut kunjarasi, no‘xot-arpa donlari va oshqovoq urug‘i-zafaron chiqindisidan olingan unidan foydalangan “Bexruzjon Omad Fayz” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan va “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2025-yil 7-noyabrdagi №07-108/11-2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada reseptdagi I-nav un miqdori aralashma bilan to‘liq almashtirildi va uni miqdori 6,5% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish