Maxmudova Feruzaxon Ulug‘bek qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Quymakorlik sanoati chiqindilaridan foydalanib modifikatsiyalangan portlandsement tarkibini ishlab chiqish”, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5574.
Ilmiy rahbar: Turdialiev Umid Muxtaralievich texnika fanlari doktori, professor; Orazimbetova Gulistan Jaksilikovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.19.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich. texnika fanlari doktori, professor; Adinaev Xidir Abdullaevich. Kimyo fanlari falsafa doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: quymakorlik sanoati chiqindilaridan foydalanilgan modifikatsiyalangan portlandsementning optimal tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quymakorlik sanoati chiqindilaridan foydalanilgan modifikatsiyalangan portlandsement tarkibi ishlab chiqilib, ularning samarali mineral qo‘shimcha sifatida qo‘llanish imkoniyatlari nazariy va eksperimental jihatdan ilmiy asoslangan;
quymakorlik chiqindilarining mineralogik-kimyoviy xossalari va ularning sement tizimi gidratatsiyasi jarayoniga ta’sir mexanizmlari aniqlangan;
yangi kompozisiyalarda sement toshi shakllanishining fizik-kimyoviy va fazaviy qonuniyatlari hamda ularga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
modifikatsiyalangan portlandsement tarkibida C–S–H fazalari, gidroalyuminatlar va boshqa gidratatsiya mahsulotlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari aniqlangan; 
quymakorlik sanoati chiqindilarini PS-D20 tarkibiga optimal miqdorda kiritish siqilishdagi mustahkamligi 40,3 MPa va egilishdagi mustahkamligi 8,4 MPa bo‘lgan sement toshi hosil qilishni ta’minlagan, shuningdek, portlandsement klinkeri sarfini 20 % ga qisqartirish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quymakorlik sanoati chiqindilaridan foydalanilgan modifikatsiyalangan portlandsementning optimal tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
quymakorlik sanoati chiqindilaridan foydalangan holda modifikatsiyalangan portlandsementning optimal tarkibi ishlab chiqilib “RECO SEMENT SIFAT” MChJ va “Quvasoysement” AJ da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 14-iyuldagi 02/15-2395-son ma’lumotnomasi). Natijada, portlandsement tarkibiga 20 % quymakorlik sanoati chiqindilarini mineral qo‘shimcha sifatida kiritish hisobiga sementning siqilishga mustahkamligi 10–12 % ga oshirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan portlandsement tarkibida klinkerning 20 % qismini quymakorlik sanoati chiqindilari bilan almashtirish asosida olingan sement tarkibi “Quvasoysement” AJ ishlab chiqarish faoliyatiga tavsiya etilgan (“Quvasoysement” AJning 2025-yil 19-iyundagi 271-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tarkib asosida energiya va resurstejamkor, 32,5 sinf (M400 markali) standart talablariga javob beradigan modifikatsiyalangan portlandsement tarkibini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish