Janabaev Orazimbet Ongarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslari asosida pol uchun past haroratda pishadigan keramik koshin olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6117.
Ilmiy rahbarlar: Eminov Ashrap Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor;  Kadirova Zulayho Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo intituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.19.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor; Adinaev Xidir Abdullaevich, kimyo fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslari asosida pol uchun past haroratda pishadigan keramik koshin tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston hududidagi Keklitov diabazi va Uchkuduk kaolin xomashyolarining keramik massa ishlab chiqarishda qo‘llash imkoniyatlari ilk bor kompleks tarzda asoslangan;
yangi ishlab chiqilgan keramik kompozisiyalarda yuqori haroratda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar va fazaviy o‘zgarishlar mexanizmlari hamda ularga ta’sir etuvchi asosiy texnologik parametrlar aniqlangan;
tajribaviy namunalarni pishirish vaqtida albit, anortit, mullit va kvars kabi alyumosilikat minerallarining yangi kristall fazalari shakllanish qonuniyatlari ochib berilib, bu fazalar tayyor mahsulotning zarur texnologik xususiyatlarini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi isbotlangan;
diabaz xomashyosini past haroratli erituvchi komponenti sifatida qo‘shish orqali keramik koshinlarning pishish harorati 20–50 °C ga kamaytirilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish. Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslaridan foydalanib pol uchun past haroratda pishadigan keramik koshin tarkibini va olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keramik massa tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan patent bilan himoyalangan (O‘zR Patenti № IAP 7662). Natijada, mahalliy komponentlar asosida keramik koshinlar uchun maqbul massa tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston mineral xomashyolari asosida yaratilgan keramik koshinlar tarkibi hamda ularni olish texnologiyalari "ART GLOSS GALLERY" qo‘shma korxonasining 2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 13 yanvardagi 03-07/01-101 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tarkib va texnologiyalar asosida energiya va resurstejamkor, past haroratda pishadigan, standart talablariga javob beradigan keramik materiallar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish