Abdieva Gulara Babaniyazovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida zararli ishlab chiqarish omillarini kamaytirishning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish”, 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligida (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T127. 
Ilmiy rahbar: Rahima Rahmonovna Nurmamatova, texnika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi huzuridagi ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash PhD.34/2025.27.12.T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzo Ulugՙbek nomidagi Oՙzbekiston milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Madjidov Inom Urishevich; O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti professori, texnika fanlari doktori Yakubov Sabir Xalmuradovich; Toshkent davlat transport universiteti kafedra professori, texnika fanlari doktori, dotsent  Abdazimov Shavkat Xakimovich.
Yetakchi tashkilot. Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarida zararli ishlab chiqarish omillaridan titrash xavfini kamaytirish, titrashlarning insonga zararli ta’sirining nazariy va eksperimental asoslarining samaradorligini xisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor titrashning zararli ta’siri inson organizmining fiziologik va funksional holatida o’zgarishlarni keltirishi, vestibulyar reaksiyalarining buzilishi, harakatlar koordinatsiyasida charchash darajasining oshishi, harakat va ko’rish reaksiyasining sekinlashishi va mehnat unumdorligi pasayishining konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan;
vibrodempfing tebranish tizimlarida faol yo’qotishlarning oshishi, ularga eng keng tarqalgan vibrodempfer qoplamalarga mastikalar, VPM, Antivibrit–M) va pardoz materiallari (penoplast, jun, vinipor, folgoizol)ni qo’llash, konstruktiv parametrlarining o’zgarishini aniqlash orqali titrashlarning inson organizimiga salbiy ta’sirini 14-20% gacha kamaytirishning optimal variantlari asoslangan;
tadqiqotda tik turgan holatda, inson tanasiga ta’sir etayotgan titrashlarni 5–12 va 17–25 Gs da ikkita rezonans chastota, o’tirgan holatda esa, 4–6 Gs, bosh uchun rezonans chastota 20–30 Gs oralig‘ida, kichik chastotali titrashlarda kasb kasalliklari 8–10 yilda, yuqori chastotalarda 5 yilda paydo bo’lishi aniqlangan prujinalar kombinatsiyasining nisbati kattaligi bo’yicha aniqlash asoslangan;
titrashlardan himoyalashning asosiy usullari, titrashlarni hosil bo’lishdan oldin manbada kamaytirish, vibroizolyasiya qilish, qo’shimcha vibroizolyatorlar o’rnatish, sexda ishlayotgan uskunalarni ratsional joylashtirish, mahalliy titrashlardan himoyalovchi vibroizolyasiyali qo’lqoplarning yangi samarali namunalari ishlab chiqilgan;
tebranishning insonga ta’sir qilish usuli bo’yicha paydo bo’lish manbaiga ko’ra,  tebranish chastotasi bo’yicha, past chastotali (22,6 Gs dan kam), o’rta chastotali (22,6–90 Gs) va yuqori chastotali (90 Gs dan ortiq), spektr xususiyatiga ko’ra, tor va kengpolosali, ta’sir qilish vaqtiga ko’ra, doimiy va o’zgaruvchan bo’lib, o’zgaruvchan vaqt davomida uzlyuksiz va impuls ko’rsatkichlarini ifodalovchi matematik algoritm ishlab chiqilgan;
inson tanasini qovushqoq–elastiklik xususiyatiga ega bo’lgan mexanik tizim sifatida Bolsman–Volter integral modeli, yadro sifatida Rjanisin–Koltunovning uch parametrli yadrosi qabul qilinib, inson tanasining kvazistatik real holatlari aks ettirilishi, Mathcad kompleks matematik dasturi asosida amplituda–chastotali xususiyatlarni aniqlash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida zararli ishlab chiqarish omillarini kamaytirishning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Titrashning zararli    ta’siri inson    organizmining fiziologik va funksional holatida o‘zgarishlarni keltirishi bo‘yicha aniqlangan natijalar  Buxoro shahrining “ARK EKO    TEXTILE”MchJda joriy qilingan (O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT uyushmasi 2018-yil 2-apreldagi FJ-14-1936-son ma’lumotnomasi). Natijada, vestibulyar reaksiyalarning buzilishi, harakatlar koordinatsiyasida charchash darajasining oshishi, harakat va ko‘rish reaksiyasining sekinlashishi, mehnat unumdorligi pasayishiga olib kelishini aniqlash imkonini bergan;
tadqiqotda tik turgan holatda inson tanasiga ta’sir etayotgan titrashlarni 5-12 va 17-25 Gs da ikkita rezonans chastota, o‘tirgan holatda esa, 4-6 Gs, bosh uchun rezonans chastota 20-30 Gs oralig‘ida mavjud bo‘lishi Buxoro shahrining DELUXE FABRIC MChJda joriy qilingan (O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT uyushmasi 2018-yil 2-apreldagi FJ-14-1936-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshning tebranish amplitudasi elkaga qaraganda, 3 barobar ko‘p bo‘lishi, kichik chastotali titrashlarda kasb kasalliklari 8-10 yilda, yuqori chastotalarda besh yilda paydo bo‘lishni taxlil qilish imkonini bergan;
tebranish insonga ta’sir qilish usuli, paydo bo‘lish manbai bo‘yicha transport–texnologik va texnologik, tebranish chastotasi, spektr xususiyati, ta’sir qilish vaqti Buxoro muhandislik–texnologiyalar instituti huzuridagi “Kamalak Shabnam Teks” MChJda, Buxoro shahrining “MERGAN  TEKS” hamda Buxoro shahrining “Al–Hakim Plyus” MChJda joriy qilingan (O‘RVMH Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi 2024-yil 14-dekabr 04/1157–son ma’lumotnomasi). Natijada, titrashlarni hosil bo‘lishidan oldin manbada kamaytirish, vibroizolyasiya qilish, qo‘shimcha vibroizolyatorlar o‘rnatish, sexda ishlayotgan uskunalarni ratsional joylashtirish, mahalliy titrashlardan himoyalovchi vibroizolyasiyali qo‘lqoplarning yangi namunalarini ishlab chiqishni maxalliylashtirish va amaliyotga keng tadbiq etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish