Sulaymanov Javlon Juraboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qarnab kaolinidan foydalanib, sanitar-texnik keramikaning import o‘rnini bosuvchi tarkiblarini ishlab chiqish”, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5573.
Ilmiy rahbar: Eminov Aziz Ashrapovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy noorganik kimyo instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.19.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Sobirov Baxtiyor To‘xtaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Qarnab kaolinidan foydalanib, sanitar-texnik keramikaning import o‘rnini bosuvchi tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
Qarnab kaolin va kvars qumi, Qo‘ytosh dala shpati va vollastoniti, Angren qora gili xomashyolarining kimyoviy-mineralogik tarkibida kvars, kaolinit, muskovit, diopsid, vollastonit, anortit, mikroklin gidroslyuda va montmorillonit minerallari sanitar-texnik keramika massalarida kristall va suyuq faza hosil bo‘lish jarayonlarining jadallashishiga ta’siri, hamda pishirish haroratni pasayishiga olib kelishi asoslangan; 
«Qarnab kaolini va kvars qumi, Qo‘ytosh dala shpati va vollastoniti, Angren qora gili» sistemasining turli konsentratsion tarkiblardagi namunalarning yuqori haroratdagi qattiq fazali sintezi jarayonida kvars, mullit, anortit, vollastonit, silimanit, larnit, tridimit minerallari ko‘rinishdagi yangi kristall faza va suyuq faza yuzaga kelishi ilmiy asoslangan;
«Qarnab kaolini va kvarsi, Qo‘ytosh dala shpati va vollastoniti, Angren qora gili» sistemasi keramik namunalarida kuydirish haroratiga mos ravishda “tarkib-struktura-xossa” funksional bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
Yangi maqbul tarkibdagi massadan olingan namunalar etalon massaga nisbatan past haroratda, ya’ni 1150°C da kuydirilganda zich strukturali kristall faza hosil qilishi natijasida yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish. “Qarnab kaolini va kvars qumi, Qo‘ytosh dala shpati va vollastoniti, Angren qora gili” sistemasi asosida sanitar-texnik keramika namunalarining qattiq fazali sintezi, xossalari va pishish jarayonlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qarnab kaolini va kvars qumi, Qo‘ytosh dala shpati va vollastoniti, Angren qora gili» kompozisiyasi asosida ishlab chiqilgan sanitar-texnik keramika massa tarkiblari «CERAMICS PLUS» MChJ korxonasining “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi 02/15-3919-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratda pishadigan sanitar-texnik keramikaning talab darajasidagi tarkib va muqobil texnologiyasini olish imkonini beradi;
«Qarnab kaolini va kvars qumi, Qo‘ytosh dala shpati va vollastoniti, Angren qora gili» kompozisiyasi asosida sanitar-texnik keramika massa ishlab chiqish texnologiyasi «CERAMICS PLUS» MChJ korxonasining “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi 02/15-3919-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tarkib va texnologiyalar asosida Respublikada mavjud mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanib, nisbatan past haroratli, energiya tejamkor texnologiya bo‘yicha talab darajasidagi sanitar-texnik keramika materiallar ishlab chiqarishda iqtisodiy muammolarni echgan holda xomashyo bazasining kengaytirish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish