Babajanova Dinara Islamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solinishi», 12.00.03–Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu242.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldasheva Shoira Raxmatovna, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarini har tomonlama ilmiy tahlil qilish, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishga doir takliflar ishlab chiqilgan;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinishi asoslangan;
ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga etmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘rilishi asoslab berilgan;
farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, shuningdek o‘n olti yoshga to‘lgan farzandlikka olingan bola farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni talab etish huquqiga egaligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarining oilaviy-huquqiy tartibga solinishiga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 1611-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 20 oktyabrdagi 06/1-05/1521vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishga doir munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishga ko‘maklashadi;
farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 1611-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 20 oktyabrdagi 06/1-05/1521vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi farzandlikka olishda O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinishi asosida bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga etmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘rilishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 80-moddasining ikkinchi qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 4 yanvardagi 02/1-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarda mas’ul davlat organlarining ishtiroki orqali bolalar huquqlari ta’minlanishiga xizmat qilgan;
farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, shuningdek o‘n olti yoshga to‘lgan farzandlikka olingan bola farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni talab etish huquqiga egaligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 170-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 4 yanvardagi 02/1-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilishni huquqiy ta’minlashga xizmat qilgan.