Murtazov Sherzod Isakbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr ta’minoti tizimlarining ishonchliligini kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash orqali oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6206.
Ilmiy rahbar: Tolipov Jamshid Nurbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.05/2025.28.11.T.02.01
Rasmiy opponentlar: Xamidov Shuxrat Vaxidovich – texnika fanlari doktori, professor.Xaliknazarov Urolboy Abduraxmanovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Elektr ta’minoti tizimlarida kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash orqali ishonchlilikni oshirish bo‘yicha ilmiy echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’molchilarning elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirini kamaytirish va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish orqali elektr ta’minoti ishonchliligini oshiruvchi passiv o‘zgartkichni hisoblash va tanlash usuli 5- va 7-garmonikalar rezonans chastotalarini aniqlash, filtrning induktiv hamda sig‘im parametrlarini moslashtirish va yuklama quvvat koeffisientini oshirish hisobiga takomillashtirilgan;
korxonalar elektr ta’minoti tizimida yuqori tartibli 5- va 7- garmonikalarni bostirish va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish imkonini beruvchi filtr-kompensatsiya qurilmasi konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
korxonalar elektr ta’minoti tizimlari uchun yuqori tartibli 5- va 7- garmonikalarni bostirish jarayonlarini amalga oshirish imkonini beruvchi passiv filtrlashning imitatsion modeli Matlab/Simulink muhitida ishlab chiqilgan;
filtr-kompensatsiya qurilmasi yordamida elektr energiyasi sifatini oshirish, garmonik buzilishlarni kamaytirish va reaktiv quvvatni dinamik boshqarish jarayonlarini tavsiflash imkonini beruvchi matematik model vazn koeffisientlarini kiruvchi parametlar sifatida inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektr ta’minoti tizimlarining ishonchliligini kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash orqali oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, yuqori tartibli garmonik komponentlarni bostirish va reaktiv quvvatni optimal kompensatsiyalashni ta’minlovchi filtr-kompensatsiya qurilmasi “SULTON TEX GROUP” MChJ ga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025-yil 30-oktyabrdagi 01-02-08/1645-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning 0,4 kV taqsimlash tarmog‘ida elektr energiyasi isroflarini 12–15 % gacha kamaytirish, kuchlanishning umumiy garmonik buzilish koeffisientini 5–7 % gacha pasaytirish hamda quvvat koeffisientini 0,99 gacha oshirishga erishilgan.
elektr iste’molchilarning quvvati, yuklama grafigi va tarmoq parametrlari, shuningdek garmonik tarkibini kompleks hisobga olgan holda elektr energiyasi sifatini yaxshilash va reaktiv quvvatni optimal kompensatsiyalashni ta’minlovchi algoritm, imitatsion model va dasturiy mahsulot “SULTON TEX GROUP” MChJ ga joriy qilingan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025-yil 30-oktyabrdagi 01-02-08/1645-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning taqsimlash tarmog‘ida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish va elektr ta’minot tizimlarining ishonchliligini oshirish hisobiga yiliga 125 000 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish