Ergashev Abror Shodmon o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab duragaylash uslubi orqali suv tanqis va sho‘rlangan hududlarda etishtirishga mos g‘o‘za navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Qx1966.
Ilmiy rahbar: Mamarahimov Bunyod Ikromovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (seleksiya yutug‘i) ixtiroga patenti: g‘o‘zaning “S-7320” navi (NAP 540).
II. Tadqiqotning maqsadi turli murakkab duragaylash uslublari orqali yaratilgan yuqori avlod duragaylarida asosiy xo‘jalik belgilarning shakllanishi va barqarorlashuvini qiyosiy o‘rganish asosida Qoraqolpog‘iston respublikasining suv tanqis va sho‘rlangan xududlarida etishtirishga mos g‘o‘za navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli murakkab duragaylash uslublari asosida avvalgi yillarda yaratilgan g‘o‘za duragaylarining yuqori avlodlarida asosiy xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning shakllanish va barqarorlashuv jarayoni qiyosiy tahlil qilingan;
turlararo murakkab duragaylash usullarining xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasini o‘zida mujassam qilgan, stress omillarga bardoshli va yuqori mahsuldor seleksion ashyolarni yaratishda samarasi yuqori ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
murakkab duragaylash usuli orqali tezpisharlik, hosildorlik, yuqori tola sifati va chiqimi, sho‘rlanish, suv tanqisligiga bardoshlilik va boshqa xo‘jalik qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega yangi S-7320 g‘o‘za navi yaratilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekilayotgan S-4727 g‘o‘za naviga nisbatan tola chiqimi 4-5% ga, hosildorligi 5-7 s/ga ga, tola mikroneyri 0,2-0,3 birlikga mayinligi va tola uzunligi 1-2 mm ga uzunligi aniqlangan hamda C-7320 navining seleksion va xo‘jalik qiymati ilmiy jihatdan baholangan;
murakkab duragaylash uslubi orqali yangi yaratilgan S-7320 navining patent sinovi natijalariga asosan xo‘jalik uchun qimmatli belgilari bo‘yicha yangilikka egaligi tasdiqlangan va №NAP 540 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turlararo introgressiv duragaylash asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekstremal tuproq iqlim sharoitiga mos, abiotik va biotik omillarga bardoshli, tezpishar, tola sifati yuqori, xosildor g‘o‘za navini yaratish va uning birlamchi urug‘chiligini tashkil etishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘rganish asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasing ekstremal tuproq-iqlim sharoitida yangi xosildor, tezpishar, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, tola uzunligi, tola chiqimi va tolasining sifat ko‘rsatkichlari kabi belgilari nisbatan yuqori xususiyatlari majmuasiga tolasi IV-tipga mansub bo‘lgan yangi S-7320 navi yaratilgan va №NAP540 raqamli patent olingan.
“S-7320” navini ishlab-chiqarish sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Boston-91 fermer xo‘jaligida 3,8 gektar maydonida ekilib, mazkur navning tezpisharligi 114-115 kunni, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,4-6,5 g., tola chiqimi 39,0-40,0%, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3-4,4, tolaning uzunligi 35,0-36,0 mm, tolaning uzilish kuchi 33,034,0 g.s/teksni tashkil etib, IV-tipga to‘liq javob beradi (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 17 iyundagi №05/01-05/02-05/04-03-271-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekilayotgan S-4727 g‘o‘za naviga nisbatan tola chiqimi 7-8% ga, hosildorligining 5-7 s/ga ga, tola mikraneyri 0,2-0,3 birlikga mayinligi va tola uzunligi 1-2 mm ga uzunligi bilan ajralib turadigan navlar yaratilgan va qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqoriligi bo‘yicha yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
O‘rta tolali S-7320 g‘o‘za navi “Boston-91” fermer xo‘jaligida birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, navning yakka tanlov va namunalar tahlildan o‘tkazish asosida navga hos bo‘lgan 500 ta yakka tanlovlar va 50 ta oilaviy terimlar tanlab olinib, 0,3 ga. maydonda 1-yilgi urug‘lik ko‘chatzori va 0,7 ga. maydonda urug‘likka ko‘paytirish ko‘chatzori tashkil etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 17 iyundagi №05/01-05/02-05/04-03-273-son ma’lumotnomasi). Natijada, navning o‘ziga hos biotiplariga mansub bo‘lgan, birinchi yilgi oilalar sinash ko‘chatzoridan 50 dona oilaviy terimdan 40,2 kg urug‘, yakka tanlovlar bo‘yicha 500 ta namunadan 190 tasi brakka chiqarilib, 310 tasi ekish uchun tayyorlangan va yangi navning navdorlik 100% ga etkazilgan va keyingi yil hosili uchun sifatli urug‘lar jamg‘arilgan.