Aminova Nigina Aminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda pnevmoniyaning salbiy oqibatlarining morfogenetik xarakteristikasi va klinik-diagnostik prediktorlari” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari) va 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. PhD /Tib5797.
Ilmiy rahbarlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Lim Maksim Vyacheslavovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalaik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi); Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda zotiljamning salbiy oqibatlarining morfogenetik xarakteristikasi va klinik-diagnostik prediktorlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
pnevmoniyada bronxiolalar darajasidagi obstruktiv o‘zgarishlarning patogenetik ahamiyati terminal bronxiolalar umumiy maydonining 1,21 martaga kamayishi bilan isbotlangan;
bolalarda o‘tkir bronxopnevmoniyada I va II tipdagi alveolotsitlarning morfometrik o‘zgarishlari gaz almashinuvi samaradorligining pasayishi va o‘pka to‘qimasida kompensator-restitusion jarayonlarning faollashishi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
mikrotsirkulyasiyaning morfometrik aniqlangan buzilishlari, jumladan arteriolalar va venulalarning 1,5 baravar kengayishi, endoteliy shikastlanishi, stazlar va qon tomir o‘tkazuvchanligining oshishi pnevmoniya patogenezining kuchayishida asosiy rol o‘ynaganligi isbotlangan;
GSTT1 genining delesion polimorfizmi (GSTT1 NULL) bolalarda pnevmoniyaning salbiy oqibatlarining muhim genetik prediktori bo‘lib, kasallikning ushbu oqibatlarida sezilarli darajada ko‘proq aniqlanishi isbotlangan (p<0,001; OR=3,38);
rentgenologik o‘zgarishlar, yuqori yallig‘lanish faolligi markerlari (leykotsitlar>15×109/l, C-reaktiv oqsil>45 mg/l, prokal`sitonin>5 ng/ml, ferritin>250 ng/ml) va genetik omil GSTT1 (NULL) pnevmoniyaning salbiy oqibat xavfini baholashda yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Bolalarda shifoxonadan tashqari o‘tkir bronxopnevmoniya kechishi davomida o‘pka to‘qimalarida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarning morfologik, zamonaviy gistokimyoviy, laboratoriya tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish hamda bemorlar venoz qonida GSTT1 genining (null) mutatsiyasi natijasida olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pnevmoniyada bronxiolalar darajasidagi obstruktiv o‘zgarishlarning patogenetik ahamiyati terminal bronxiolalar umumiy maydonining 1,21 baravar kamayishi bilan tasdiqlangani haqidagi ma’lumotlar «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani kompleks morfologik, molekulyar-genetik va klinik-laborator tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30 avgustdagi 1-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 14.10.2025 yil №59-SH-sonli, Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi 13.12.2025 yil №05/442 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 1-sonli №01/10 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslub bolalarda pnevmoniyaning patogenetik ahamiyatini tasdiqlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislashda morfolog va pediatrlarga samarali tashxislash va davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi. Bolalarda pnevmoniyani tashxislashda gistokimyoviy usuldan foydalanish 1 ta tashxis uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 118000 so‘mni tejash, shuningdek, yaqin qarindoshlarining bemorlarni parvarish qilishda bir kuni qo‘shimcha ravishda byudjet mablag‘lari hisobidan 150000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda o‘tkir bronxopnevmoniyada I va II tipdagi alveolotsitlarning morfometrik o‘zgarishlari gaz almashinuvi samaradorligining pasayishi va o‘pka to‘qimasida kompensator-restitusion jarayonlarning faollashishi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani kompleks morfologik, molekulyar-genetik va klinik-laborator tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30 avgustdagi 1-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 14.10.2025 yil №59-SH-sonli, Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi 13.12.2025 yil №05/442 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 1-sonli №01/10 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi tavsiya etilgan uslublarning pediatriya va patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida o‘tkir bronxopnevmoniya kasalligidan vafot etgan bolalarning o‘pka to‘qimasi morfologik o‘zgarishlarining patologoanatomik tekshiruvlariga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi tahminlangani hamda pediatr shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi. Bolalarda pnevmoniyani tashxislashda gistokimyoviy usuldan foydalanish 1 ta tashxis uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 118000 so‘mni tejash, shuningdek, yaqin qarindoshlarining bemorlarni parvarish qilishda bir kuni qo‘shimcha ravishda byudjet mablag‘lari hisobidan 150000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: morfometrik jihatdan aniqlangan mikrotsirkulyasiya buzilishlari, shu jumladan arteriolalar va venulalarning 1,5 baravar kengayishi, endoteliyning shikastlanishi, stazlar va qon tomir o‘tkazuvchanligining oshishi pnevmoniya patogenezining og‘irlashishida asosiy rol o‘ynashini isbotlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani kompleks morfologik, molekulyar-genetik va klinik-laborator tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari deb nomlangan uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanomalar Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30 avgustdagi 1-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘limlarida 14.10.2025 yil №59-SH -sonli buyrug‘i bilan, Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi 13.12.2025 yil №05/442 buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 1-sonli №01/10 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan tashxislash taktikasi morfometrik jihatdan aniqlangan mikrotsirkulyasiya buzilishlari, shu jumladan arteriolalar va venulalarning 1,5 baravar kengayishi, endoteliyning shikastlanishi, stazlar va qon tomir o‘tkazuvchanligining oshishi pnevmoniya patogenezining og‘irlashishida asosiy rol o‘ynashini, aniqlangan o‘rni va ahamiyati orqali kasallikni tashxislash hamda pediatr shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi. morfometrik jihatdan aniqlangan mikrotsirkulyasiya buzilishlari, shu jumladan arteriolalar va venulalarning 1,5 baravar kengayishi, endoteliyning shikastlanishi, stazlar va qon tomir o‘tkazuvchanligining oshishi pnevmoniya patogenezining og‘irlashishida asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatib, 1380000 so‘m byudjetdan tashqari xarajatlarni tejash mumkin;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: GSTT1 (GSTT1 null) genining delesion polimorfizmi bolalarda pnevmoniyaning salbiy oqibatining muhim genetik prediktori bo‘lib, kasallikning ushbu oqibatlarida sezilarli darajada ko‘proq aniqlanishi isbotlanganligi (r<0,001; OR=3,38) to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning noxush oqibatlarini bashorat qilish usuli» va «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani kompleks morfologik, molekulyar-genetik va klinik -laborator tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30 avgustdagi 1-sonli va 2025 yil 26 noyabrdagi 4-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi 13.12.2025 yil №05/442 buyrug‘i bilan hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi patologik anatomiya bo‘limiga 09.12.2025 yil №448-U buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 1-sonli №01/10 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotda GSTT1 (GSTT1 null) genining delesion polimorfizmi bolalarda pnevmoniyaning salbiy oqibatining muhim genetik prediktori bo‘lib, kasallikning ushbu oqibatlarida sezilarli darajada ko‘proq aniqlanishi isbotlangan (r<0,001; OR=3,38) haqidagi ma’lumotlarni isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi. GSTT1 genining delesion polimorfizmi (GSTT1 null) bolalarda pnevmoniyaning salbiy oqibati uchun ishonchli genetik prediktor hisoblanib, ushbu prognostik mezondan amaliyotda foydalanish kasallikning og‘ir kechish ehtimolini oldindan baholash, maqsadli terapiyani erta boshlash va asoratlarning oldini olish imkoniyatini yaratdi. Bunda bir nafar bemorga to‘g‘ri keladigan tashxis va davolash xarajatlaridan o‘rtacha 400000 so‘m byudjet tejami ta’minlandi, bu esa ushbu texnologiyaning yuqori klinik va iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: rentgenologik o‘zgarishlar, yuqori yallig‘lanish faolligi markerlari (leykotsitlar >15×109/l, S-reaktiv oqsil >45 mg/l, prokalsitonin >5 ng/ml, ferritin >250 ng/ml) hamda genetik omil GSTT1 (NULL) ko‘rsatkichlariga asosan bemorlarni past, o‘rta va yuqori xavf guruhlariga ishonchli stratifikatsiyasini ta’minlashi aniqlandi. Ushbu shkalani qo‘llash salbiy oqibat ehtimolini erta aniqlash imkonini berishi va kasallik kechishini prognozlash aniqligini oshirishga yordam berishi isbotlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning noxush oqibatlarini bashorat qilish usuli» va «Bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyani kompleks morfologik, molekulyar-genetik va klinik-laborator tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomalari deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 30 avgustdagi 1-sonli va 2025 yil 26 noyabrdagi 4-sonli kengash qarori bilan tasdiqlangan. Bu taklif Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasi 13.12.2025 yil №05/442 buyrug‘i bilan hamda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi patologik anatomiya bo‘limiga 09.12.2025 yil №448-U buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvardagi 1-sonli № 01/10 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: rentgenologik o‘zgarishlar, yuqori yallig‘lanish faolligi markerlari (leykotsitlar >15×109/l, S-reaktiv oqsil >45 mg/l, prokal`sitonin >5 ng/ml, ferritin >250 ng/ml) hamda genetik omil GSTT1 (NULL) ko‘rsatgichlariga asosan bemorlarni past, o‘rta va yuqori xavf guruhlariga ishonchli stratifikatsiyasini ta’minlashi aniqlandi. Ushbu shkalani qo‘llash salbiy oqibat ehtimolini erta aniqlash imkonini berishi va kasallik kechishini prognozlash aniqligini oshirishga yordam berishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni isbotlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan diagnostika usuli yordamida pnevmoniyaning og‘ir kechishi bashorat qilinadi, davolash tadbirlari erta boshlanadi va reanimatsiyaga yotqizish ehtiyoji kamayadi. Shu bois shifoxonada davolanish muddatlari qisqartirilib, asoratlarning oldi olinadi. Bu esa davlat byudjetiga 2240000 so‘m iqtisod qilinishini ta’minlaydi;
N.A. Aminovaning "Bolalarda pnevmoniyaning salbiy oqibatlarining morfogenetik xarakteristikasi va klinik-diagnostik prediktorlari" mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 5 ta ilmiy yangilik va 2 ta amaliy tavsiya boshqa tibbiyot muassasalarida joriy etish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2026 yil 12-yanvardagi 01/10-son ma’lumotnomasi).