Aliev Bayram Pashaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Bolalarda tug‘ma orqa miya churralarini diagnostikasi va xirurgik davolashni optimallashtirish", 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6114.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01
Rasmiy opponentlar: Sataev Valeriy Uralovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Gafurov Adxam Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kirov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi churra tarkibini vizualizatsiya qilish va morfologik tekshirishning zamonaviy usullarini qo‘llash orkali kompleks klinik-anatomik baholash asosida differensial jarrohlik taktikasini ishlab chiqqan holda bolalarda orqa miya churralarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda tug‘ma orqa miya churralari klinik kechishi, asoratlar chastotasi va kasallik natijalarining o‘zgaruvchanligini belgilovchi yaqqol klinik-anatomik polimorfizm (meningotsele, mielomeningotsele, meningoradikulotsele, meningomieloradikulotsele, mieloshizis) bilan tavsiflanishi aniqlangan;
churra tarkibining haqiqiy anatomik tuzilishini aks ettiruvchi va mavjud tasniflarni to‘ldiruvchi tug‘ma orqa miya churralarining operatsiya paytidagi (umurtqa yoylarining ajralish darajasi, umurtqa kanalining yoshga oid kengligi) xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor tug‘ma orqa miya churrasi mavjud bolalarda likvoreya xavfini va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish maksadida nuqson indeksini hisoblash va umurtqa pog‘onasining keng ko‘lamli nuqsonlarini ishonchli yopishni ta’minlash uchun jarrohlik davolash usuli mushak-aponevrotik chultokning P-simon plastikasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan davo va diagnostika chora-tadbirlarini qo‘llash sababli davolash natijalari sezilarli darajada yaxshilanishi (operatsiyadan keyingi o‘lim darajasini 12,3% dan 1,2% gacha, likvoreyani 13,9% dan 3,8% gacha va yiringlash kabi asoratlar chastotasini 9,8% dan 1,2% gacha kamaytirish) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda tug‘ma orqa miya churralarini diagnostikasi va xirurgik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 02 iyundagi 09/01 -sonli xulosasiga muvofiq joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda tug‘ma orqa miya churralari klinik kechishi, asoratlar chastotasi va kasallik natijalarining o‘zgaruvchanligini belgilovchi yaqqol klinik-anatomik polimorfizm (meningotsele, mielomeningotsele, meningoradikulotsele, meningomieloradikulotsele, mieloshizis) bilan tavsiflanishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 29 aprelda 9-son bilan tasdiqlangan "Bolalarda tug‘ma orqa miya churralarini klinik anatomik baholash va tashxislashni takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 83 -U-I - -sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2026 yil 02 iyundagi 09/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda tug‘ma orqa miya churralari xarakterli klinik belgilari, kechish xusisiyatlari va o‘zaro ta’sirini aniqlash imkonini bergan xamda churralarining klinik-anatomik taxlili uchun asos yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu holat diagnostika va davolash xarajatlarini pasaytirish, reanimatsiya va operatsiyadan keyingi tadbirlarga sarflanadigan mablag‘lar tejalgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: churra tarkibining haqiqiy anatomik tuzilishini aks ettiruvchi va mavjud tasniflarni to‘ldiruvchi tug‘ma orqa miya churralarining operatsiya paytidagi (umurtqa yoylarining ajralish darajasi, umurtqa kanalining yoshga oid kengligi) xususiyatlari aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 29 aprelda 9-son bilan tasdiqlangan "Bolalarda tug‘ma orqa miya churralarini klinik anatomik baholash va tashxislashni takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 83 -U-I - -sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2026 yil 02 iyundagi 09/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: churra tarkibining haqiqiy anatomik tuzilishini aniklash va mavjud tasniflarni to‘ldiruvchi tug‘ma orqa miya churralarining operatsiya paytidagi kullash va boshka terapevtik- diagnostik muolajarlarni bir vaqtda keng kamrovli qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy samaradorligi: bu chora tadbirlarni qo‘llash orqali statsionar sharoitida yotoq kunlarini qisqarishiga va o‘lim ko‘rsatkichini pasayishiga olib kelgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor tug‘ma orqa miya churrasi mavjud bolalarda likvoreya xavfini va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish maksadida nuqson indeksini hisoblash va umurtqa pog‘onasining keng ko‘lamli nuqsonlarini ishonchli yopishni ta’minlash uchun jarrohlik davolash usuli mushak-aponevrotik chultokning P-simon plastikasini qo‘llash orqali takomillashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 29 aprelda 9-son bilan tasdiqlangan " Bolalarda orqa miya churralarini jarrohlik yo‘li bilan davolash " nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 83 -U-I - -sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2026 yil 02 iyundagi 09/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi tug‘ma orqa miya churrasi mavjud bolalarda likvoreya xavfini va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish orkali davolash taktikasi optimallashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tug‘ma orqa miya churralarda takomillashtirilgan davolash-diagnostik aralashuvlar majmuasini qo‘llash reanimatsiya bo‘limida yotish davomiyligini ishonchli tarzda qisqartirishga, yuqori xarajatli operatsiyalar sonini kamaytirishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: takomillashtirilgan davo va diagnostika chora-tadbirlarini qo‘llash sababli davolash natijalari sezilarli darajada yaxshilanishi (operatsiyadan keyingi o‘lim darajasini 12,3% dan 1,2% gacha, likvoreyani 13,9% dan 3,8% gacha va yiringlash kabi asoratlar chastotasini 9,8% dan 1,2% gacha kamaytirish) isbotlangan va ushbu ilmiy yangilik bo‘yicha taklif Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2026 yil 29 aprelda 9-son bilan tasdiqlangan " Bolalarda orqa miya churralarini jarrohlik yo‘li bilan davolash " nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 83 -U-I - -sonli buyrug‘i va Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2026-yil 01-maydagi 40-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2026 yil 02 iyundagi 09/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan davolash-diagnostik aralashuvlar kompleksini qo‘llashning ishlab chiqilgan algoritmi ko‘p tarmoqli bolalar kasalxonalari sharoitida foydalanishga moslashtirilgan, bemorlarni olib borish taktikasini standartlashtirish va optimallashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tug‘ma orqa miya churralarini zamonaviy davolash usulini joriy etish davolash muddatini qisqartirish, asoratlar chastotasini va kushimcha operatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini bergan.