Xaydarov Farrux Nuritdinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Qorin bo‘shlig‘ining chandiq kasalligi va chandiqli ichak tutilishining diagnostikasi, profilaktikasi va jarrohlik davosini maqbullashtirish” ixtisoslik shifri: 14.00.27 – Xirurgiya; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Tib1450.
Ilmiy maslahatchi: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03 raqamli ilmiy kengan asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safoev Bakodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muslimov Gurbanxan Fatali ugli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Nabieva Umida Pulatjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin bo‘shlig‘i chandiq kasalligi va chandiqli ichak tutilishi rivojlanishi hamda avj olishining immunopatogenetik mexanizmlariga asoslangan davolash-tashxislash va profilaktika kompleksini ishlab chiqish orqali ushbu bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘i chandiqlarining shakllanish jarayonida ikki xil barqaror morfologik tip — nozik va zich chandiqlar mavjudligi kuzatilib, nozik chandiqlar kollagen III ning ustunligi (56,7±5,9%), α-SMA ekspressiyasining cheklanganligi (28,3±4,2%) hamda past vaskulyarizatsiya (CD31⁺ 21,4±3,5% dan oshmasligi) bilan tavsiflanishi, zich chandiqlar esa kollagen I ning ustunligi (62,5±5,4%), α-SMA ning yuqori ekspressiyasi (61,2±6,7%) va rivojlangan tomirlar tarmog‘i (CD31⁺ 48,3±6,2% gacha) bilan xarakterlanishi aniqlangan;
chandiq jarayonining zich morfologik turi doimiy sitokin nomutanosibligi bilan kechishi isbotlanib, bunda IL-6 darajasining 40 pg/ml dan oshishi, TGF-β1 ning 200 pg/ml dan yuqorilashi, VEGF ning 100 pg/ml ga yaqinlashishi hamda IL-10 miqdorining 15–16 pg/ml gacha pasayishi kuzatilishi, bo‘shashgan chandiqlar esa IL-6 va TGF-β1 ning mo‘’tadil oshishi, IL-10 darajasining 20 pg/ml dan yuqori saqlanishi hamda Col3a1 genining ustun ekspressiyasi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
ilk bor zich morfologik chandiq to‘qimasi turi fibrinogen darajasining 5 g/l dan yuqori bo‘lishi, D-dimerning 350 ng/ml dan ortiq barqaror oshishi, PAI-1 miqdorining 1,5–2 barobar ko‘payishi hamda tPA faolligining 7 pg/ml dan past darajada saqlanishi bilan tavsiflanishi, mazkur o‘zgarishlar fibrin karkasining uzoq muddat saqlanib qolishi va uning zich fibroz chandiq matrisasiga transformatsiyalanishi uchun patogenetik sharoit yaratishi isbotlangan;
ilk bor zich konglomeratlarning shakllanishi tPA ekspressiyasi susayishi fonida Col1a1, Tgfb1, Timp1 va Serpine1 genlarining faollashuvi bilan bog‘liqligi asosida, 11 ta klinik, immunologik, biokimyoviy va molekulyar-genetik prediktorlarni integratsiyalovchi PAS (Peritoneal Adhesion Score) bashoratlash shkalasi ishlab chiqilib ushbu modelning yuqori diagnostik samaradorligi (AUC=0,861), sezgirligi 86,8% va o‘ziga xosligi 84,5% ni tashkil etishi isbotlangan.
ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish og‘ir operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini 2 martadan ortiq kamaytirishi, letallik ko‘rsatkichini 40% ga pasaytirishi, statsionar davolanish muddatini 3–4 kunga qisqartirishi, residivlar va takroriy operatsiyalar sonini deyarli ikki barobar kamaytirishi hamda bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2026-yil 20–apreldagi №06/01 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘i chandiqlari shakllanishida ikkita barqaror morfologik tur (yumshoq va zich) aniqlanishi belgilandi. Yumshoq chandiqlar III tur kollagen ustunligi (56,7±5,9%), α-SMA ekspressiyasining cheklanganligi (28,3±4,2%) va kuchsiz vaskulyarizatsiya (CD31⁺ 21,4±3,5% dan ko‘p bo‘lmagan) bilan tavsiflanadi. Zich chandiqlar esa I tur kollagenning dominantligi (62,5±5,4%), α-SMA ekspressiyasining yaqqolligi (61,2±6,7%) va rivojlangan tomirlar tarmog‘i (CD31⁺ 48,3±6,2% gacha) bilan ajralib turdi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Fibrozli qayta modellashtirishning turli bosqichlari va mexanizmlarini aks ettiruvchi chandiq jarayonining morfologik geterogenligi ko‘rsatib berildi, bu esa prognoz qilish va davolashga differensiallashgan yondashuvni asoslab beradi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (30.12.2025-y., №165 sonli Buyruq), RShTYoIM Namangan filialida (29.12.2025-y. №305/7-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Sirdaryo filialida (29.12.2025 № 191-son) amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: chandiq turlarini differensiatsiya qilish (o‘zaro farqlash) asoratlar va residivlar chastotasini kamaytirish, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Gospitalizatsiya davomiyligini o‘rtacha 2–3 kunga qisqartirish bir nafar bemor hisobiga taxminan 500000–700000 so‘m iqtisod qilinishini ta’minlaydi. Xulosa: chandiqlarning ikkita morfologik turini ajratish bemorlarni olib borishda personallashtirilgan yondashuv zarurligini asoslaydi va maqsadli antifibrotik terapiya uchun imkoniyatlar ochadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chandiq jarayonining zich morfologik turi yaqqol sitokin disbalansi bilan kechishi isbotlandi: bunda IL-10 ning 15–16 pg/ml gacha kamayishi fonida IL-6 ning 40 pg/ml dan yuqori ortishi, TGF-β1 ning 200 pg/ml dan yuqori ko‘tarilishi va VEGF ning 100 pg/ml gacha etishi kuzatiladi. Yumshoq tur uchun IL-6 va TGF-β1 ning mo‘’tadil ortishi, IL-10 darajasini 20 pg/ml dan yuqori saqlanishi va Col3a1 ning ustuvor ekspressiyasi xos bo‘lib, bu fibrotik faollikning kamroq yaqqolligini aks ettiradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: chandiqlarning turli morfologik turlari shakllanishida sitokinlar profilining asosiy roli aniqlandi, bu esa mazkur ko‘rsatkichlarni fibroz avj olishining prognostik markerlari sifatida qarash imkonini beradi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (30.12.2025-y., №165 sonli Buyruq), RShTYoIM Namangan filialida (29.12.2025-y. №305/7-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Sirdaryo filialida (29.12.2025 № 191-son) amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: noxush sitokin profilini erta identifikatsiya qilish zich chandiqlar shakllanishi xavfini kamaytirishga, asoratlar chastotasini pasaytirishga va davolash natijalarini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sitokin statusini prognostik baholash takroriy aralashuvlar chastotasini kamaytirish va davolanish davomiyligini qisqartirish imkonini beradi, bu esa bir nafar bemor hisobiga qariyb 600000–800000 so‘m atrofida iqtisod qilinishini ta’minlaydi. Xulosa: chandiqlarning turli turlarida aniqlangan sitokin disbalansi fibroz jarayonini erta prognoz qilish va patogenetik yo‘naltirilgan korreksiyalash (muvofiqlashtirish) imkoniyatini asoslab beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor zich morfologik chandiq to‘qimasi turi fibrinogen darajasining 5 g/l dan yuqori bo‘lishi, D-dimerning 350 ng/ml dan ortiq barqaror oshishi, PAI-1 miqdorining 1,5–2 barobar ko‘payishi hamda tPA faolligining 7 pg/ml dan past darajada saqlanishi bilan tavsiflanishi, mazkur o‘zgarishlar fibrin karkasining uzoq muddat saqlanib qolishi va uning zich fibroz chandiq matrisasiga transformatsiyalanishi uchun patogenetik sharoit yaratishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: zich chandiqlar shakllanishida fibrinoliz disbalansining patogenetik roli aniqlandi, bu esa gemostaz ko‘rsatkichlarini fibroz jarayoni avj olishi xavfining markerlari sifatida qarash imkonini beradi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (30.12.2025-y., №165 sonli Buyruq), RShTYoIM Namangan filialida (29.12.2025-y. №305/7-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Sirdaryo filialida (29.12.2025 № 191-son) amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: fibrinoliz buzilishlarini erta tashxislash zich chandiqlar shakllanishi chastotasini kamaytirish, asoratlar xavfini pasaytirish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gemostaz ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va buzilishlarni o‘z vaqtida korreksiyalash takroriy operatsiyalar chastotasini hamda gospitalizatsiya davomiyligini qisqartirish imkonini beradi, bu esa bir nafar bemor hisobiga taxminan 700000–900000 so‘m atrofida iqtisod qilinishini ta’minlaydi. Xulosa: gemostaz tizimida aniqlangan buzilishlar zich chandiqlar shakllanishida fibrinoliz disbalansining yetakchi rolini asoslaydi va fibrozli qayta modellashtirish (remodelizatsiya)ning patogenetik yo‘naltirilgan profilaktikasi uchun imkoniyatlar ochadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor zich konglomeratlarning shakllanishi tPA ekspressiyasi susayishi fonida Col1a1, Tgfb1, Timp1 va Serpine1 genlarining faollashuvi bilan bog‘liqligi asosida, 11 ta klinik, immunologik, biokimyoviy va molekulyar-genetik prediktorlarni integratsiyalovchi PAS (Peritoneal Adhesion Score) bashoratlash shkalasi ishlab chiqilib ushbu modelning yuqori diagnostik samaradorligi (AUC=0,861), sezgirligi 86,8% va o‘ziga xosligi 84,5% ni tashkil etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: fibrogenezning koordinisiyalashgan (o‘zaro muvofiqlashgan) faollashuvini va fibrinolitik tizimning susayishini aks ettiruvchi zich chandiqlar shakllanishining molekulyar-genetik mexanizmlari aniqlandi, bu esa mazkur genlarni patogenetik terapiya uchun potensial nishonlar sifatida qarash imkonini beradi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (30.12.2025-y., №165 sonli Buyruq), RShTYoIM Namangan filialida (29.12.2025-y. №305/7-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Sirdaryo filialida (29.12.2025 № 191-son) amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: zich chandiqlar shakllanishining molekulyar mexanizmlarini tushunish chandiq jarayonining og‘ir shakllari uchrashi chastotasini kamaytirishga va klinik natijalarni yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: chandiq jarayonini prognoz qilish va profilaktika qilishda molekulyar-yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash asoratlar va takroriy aralashuvlar sonini kamaytirish hisobiga davolash xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi, bu esa bir nafar bemor hisobiga qariyb 800000–1000000 so‘m atrofida iqtisod qilinishini ta’minlaydi. Xulosa: zich chandiqlar shakllanishining aniqlangan molekulyar-genetik mexanizmlari target (maqsadli) antifibrotik terapiyani va bemorlarni olib borishning personallashtirilgan strategiyalarini ishlab chiqish istiqbollarini asoslab beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish og‘ir operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini 2 martadan ortiq kamaytirishi, letallik ko‘rsatkichini 40% ga pasaytirishi, statsionar davolanish muddatini 3–4 kunga qisqartirishi, residivlar va takroriy operatsiyalar sonini deyarli ikki barobar kamaytirishi hamda bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yaxshilashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: personallashtirilgan stratifikatsiya va patogenetik asoslangan terapiyaga tayangan integrativ yondashuvning yuqori klinik samaradorligi tasdiqlandi, bu esa davolash natijadorligini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi: tadqiqot natijalari RShTYoIM Navoiy filialida (30.12.2025-y., №165 sonli Buyruq), RShTYoIM Namangan filialida (29.12.2025-y. №305/7-sonli Buyruq) hamda RShTYoIM Sirdaryo filialida (29.12.2025 № 191-son) amaliyotga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar va residivlar chastotasining kamayishi nogironlikni kamaytirish, reabilitatsiyani tezlashtirish va bemorlarning hayot sifatini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gospitalizatsiya muddatini 3–4 kunga qisqartirish va takroriy operatsiyalar sonini kamaytirish bir nafar bemor hisobiga qariyb 1200000–1800000 so‘m atrofida iqtisod qilinishini ta’minlaydi. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritmning isbotlangan klinik-iqtisodiy samaradorligi uni chandiq kasalligi asoratlari va residivlari profilaktikasining samarali vositasi sifatida amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga keng joriy etishni asoslaydi.