Muminova Dilafro‘z Akbaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.3.PhD/Ped 555.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.76.02 .
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor,     Egamberdieva Nodira Meliboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari badiiy asarlarni o‘qish bo‘yicha dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani qaror toptirish jarayonlarini volontyorlik faoliyati bilan aloqadorligini empirik baholash tizimini qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;  
o‘quvchilarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy bosqichlari o‘quvchilarni badiiy adabiyotlarni mutolaa qilishga odatlantirish, kitobxonlik ko‘nikmasini izchil rivojlantirib borish jarayonlarining kommunikativ kompetensiya bilan o‘zaro qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish modelining amaliy komponenti badiiy asar mazmunini sahna ko‘rinishi orqali namoyish etish, bolalar yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, yangi bolalar asarlari taqdimotini o‘tkazish bo‘yicha darsdan tashqari faoliyatda kooperativ ta’lim texnologiyasini tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “qo‘g‘irchoqqa o‘qib ber”, “olti yoshgacha yuz kitob”, “kutubxonaga sayohat”, “kitob – qadriyat burchagi”, “katta va kichik bola bitta kitobni birga o‘qiydi” interfaol ta’lim usullarini boshlang‘ich ta’lim jarayonlariga moslashuvchanligini sintezlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga oid olingan  ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari badiiy asarlarni o‘qish bo‘yicha dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani qaror toptirish jarayonlarini volontyorlik faoliyati bilan aloqadorligini empirik baholash asosida aniqlashtirishga doir takliflardan 5111700 – boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil  25 sentyabrdagi 89-04-1837-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy bosqichlarining kommunikativ kompetensiya bilan o‘zaro qayta aloqasini ta’minlash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish modelining amaliy komponentini kooperativ ta’lim texnologiyasini tizimli qo‘llash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanini o‘qitish Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim Markazining 2019 yil 16 oktyabrdagi 01/11-01/01-2285-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tarbiya” fani bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari va darsliklaridagi o‘quv materiallarini tizimlashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “o‘yinchoqqa o‘qib ber”, “olti yoshgacha yuz kitob”,  “kutubxonaga sayohat”, “kitob – qadriyat burchagi”, “katta va kichik bola bitta kitobni birga o‘qiydi” interfaol ta’lim usullarini boshlang‘ich ta’lim jarayonlariga moslashuvchanligini sintezlashga doir taklif va tavsiyalardan A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1837 son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf  o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishda mul`timediali o‘yinlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish