Saidnazarova Gulshan Bolta qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlaridan pedagogik jarayonda foydalanish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6180
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, 
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04 
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Izbullaeva Gulchehra Valerievna hamda Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc) Oripova Nodima Xalilovna
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlarini o‘rganish, ularning tarbiyaviy va pedagogik ahamiyatini ochib berish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Imom Ismoil al-Buxoriy yashagan davrning ijtimoiy-ma’naviy muhiti va ta’lim-tarbiya jarayonlari, u tomonidan yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik hamda ilmiy-pedagogik asarlar ilmiy tahlil qilinib, pedagogik tamoyillar asosida tizimlashtirililgan va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan; 
Imom Buxoriy asarlarida ifodalangan ta’lim usullari (eslab qolish, yodlash, savol-javob, muhokama, hadis rivoyat qilish, tafsir va ma’ruza) hamda ma’naviy-axloqiy qarashlar (insonparvarlik, bag‘rikenglik, iymon-e’tiqod, go‘zal odob-axloq, mustahkam iroda)ning mazmun-mohiyati ilmiy-pedagogik jihatdan takomillashtirilgan; 
Imom Buxoriy tomonidan ilgari surilgan ma’naviy hamda tarbiyaviy g‘oyalarni shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, refleksiv yondashuvlarning didaktik, tarbiyaviy mohiyatini integratsiyalash asosida, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashning shakl (interfaol mashg‘ulotlar, muloqotli seminarlar, axloqiy treninglar), metod (muammoli o‘qitish, bahs-munozara, “hadisdan hayotga” texnologiyasi) va vositalari (axloqiy mazmundagi elektron resurslar, hadis asosidagi ta’lim modullari, ma’naviy-refleksiv topshiriqlar) takomillashtirilgan; 
Imom Ismoil al-Buxoriyning ma’naviy-axloqiy qarashlaridan pedagogik jarayonda foydalanish samaradorligi uning asarlarida ifodalangan axloqiy g‘oyalar va tarbiyaviy tamoyillarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali metodik qo‘llanmalar, tarbiyaviy dars ishlanmalari hamda intensiv texnologiyalarni qo‘llashga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarida xalq qo‘shiqlari vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning tuzilmasi yuksak onglilik hamda qadriyatlarga nisbatan motivatsiyasini oshirish bosqichlarining musiqiy ong, his-tuyg‘u, e’tiqod, mahorat komponentlari mazmuni xalq qo‘shiqlarining sinkretik xususiyatlariga ustuvorlik berishga oid ilmiy xulosalar “Xor va xorshunoslik asoslari” nomli  o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-060-raqamli guvohnoma). Natijada, xalq qo‘shiqlari orqali vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga yo‘naltiruvchi o‘quv jarayoni mazmuni, metodlari va vositalarining milliy-madaniy kontekstdagi uyg‘unlashuvi ta’minlanib, ushbu yondashuv pedagogik amaliyotga integratsiyalash uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilgan; 
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarida vatanparvarlik ruhidagi musiqiy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish ehtiyojini rivojlantirish, xalq qo‘shiqlari orqali milliy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirish, talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otishning pedagogik-psixologik imkoniyatlariga oid ilmiy asoslangan ma’lumotlardan 2018-2022-yillarda bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari”  mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025 yil 26-iyundagi 01-11-05/4076-son ma’lumotnomasi). Natijada musiqa ta’limi jarayonida xalq qo‘shiqlaridan samarali foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasi, milliy g‘urur, ijtimoiy mas’uliyat va kasbiy ongning uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydigan psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarida xalq qo‘shiqlari vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli vatanparvarlik tarbiyasi jarayonining ilmiylik, uzlyuksizlik, tarixiy va madaniy an’analar uzviyligi kabi tamoyillarini aksialogik, shaxsiy-rivojlantiruvchi va gender kabi zamonaviy yondashuvlar asosida integratsiyalashgan tizim tarzida takomillashtirishga doir umumlashma va tavsiyalar “O‘zbek xalq musiqa ijodi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2024-yil 29-mayrdagi 194-son buyrug‘i, 194-140-raqamli guvohnoma). Natijada xalq qo‘shiqlari orqali vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonining konseptual, mazmuniy va metodik asoslarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalarni xalq qo‘shiqlari vositasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish samaradorligi kognitiv, motivatsion, emotsional-axloqiy va xulqiy-irodaviy mezonlar asosida aniqlanib, olingan metodik xulosa va tavsiyalar “Bolalar pedagogikasi”, “Kasbiy pedagogika va psixologiya”, “Kasbiy pedagogika”, “O‘zbek xalq musiqa ijodi” nomli elektron darsliklar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 5-mayldagi 02-01-01-158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalq qo‘shiqlari asosida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga doir o‘quv jarayoni mazmuni va metodik yondashuvlar takomillashib, tarbiyaviy ta’sirning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish