Sultonov Oybek Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polifenilensulfidlar asosida ugleplastlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6364.
Ilmiy rahbar: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Normuhammad,  kimyo fanlari doktori, professor; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polifenilensulfid bilan PAN tolasi asosida yuqori haroratga barqaror va fizik mexanik xossalari yuqori ugleplast olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
polifenilensulfid sintezi jarayonida ilk bor litiy atsetat katalizator sifatida qo‘llanilib avtoklavdagi ishchi bosim 16 atmdan 8 atm ga pasayishi hamda mahsulot chiqish unumining 97 % ga ortishi aniqlangan;
sintez qilingan polifenilensulfidning kristallik darajasi 65% ni tashkil qilishi, qurilmadagi baza ma’lumotlari bilan taqqoslanganda, bir xil ekanligi rentgen difraksiya usuli yordamida ilmiy isbotlangan;
ekstruziya usulida olingan ugleplastning 49 N yuklama qo‘llanilganda 698,38 HB (MPa) qiymatga ega bo‘lishi polifenilensulfid 75 % va yuqori dispers uglerod 25 % nisbatdagi tarkib bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
polifenilensulfid sintez qilish va ugleplast olish jarayonlarini samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda texnik iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Polifenilensulfidlar asosida ugleplastlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan polifenilensulfidlar asosida ion almashinuvchi membranalar olish “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining 2025 yil 08 avgustdagi 167-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaga chetdan import qilib kelinadigan galvanika membranasini mahalliylashtirish imkonini bergan;
sintez qilingan IMPS-1, IMPS-2 va IMPS-3 ion almashinuvchi membranalari “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasidagalvanika jarayonida amaliyotga joriy qilingan (“Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasining 2025 yil 08 avgustdagi167-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, galvanika jarayonida sarflanadigan elektr energiyasini 2 % ga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish