Ismailov Feruz Sabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Beton qorishmalari uchun polikarboksilat superplastifikatorini ishlab chiqarish va qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/T1029.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaev Farrux Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari doktori, professor; Siddiqov Ikrom Iminjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polikarboksilat superplastifikatorini sintez qilish, superplastifikatorini olish texnologiyasini ishlab chiqish va sement-qorishmalarida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optimal sharoitlari 60 0C, atmosfera bosimi hamda davomiyligi 5 soat bo‘lgan akril kislotasi, PEG-1500 va gidrolizlangan polakrilonitril asosida olingan yangi tarkibli superplastifikator qo‘shimchalar beton qorishmasiga sement massasiga nisbatan 1% qo‘shilganda qorishmaning haraktchanligi-konus cho‘kmasi 20 sm, bir soatdan keyin esa 13sm ekanligi hamda sementoshning mustahkamligini 80 % gacha oshirish imkoniyati aniqlangan;
akril kislotasi va TPEG-2400, HEA asosidagi superplastifikatorlarni 25% li eritmasidan sement massasiga nisbatan 1% suv-sement tizimlariga qo‘shilganda konus yoyilmasining o‘rtacha diametri 33.5 sm hamda sementtosh mustahkamligi 82 % gacha oshganligi aniqlangan;
akril kislotasi va HPEG-2400 asosida va vodorod peroksid inisiatori ishtirokida sovuqda polimerlanish jarayoni amalga oshirildi, hamda olingan plastifikatorni suv-sement tizimlarining reologik xossalari va sementtoshning mexanik xossalariga ta’sir aniqlangan;
akril kislotasi, allilglisidil efiri va HPEG-2400 asosida yangi olingan superplastifikatorining o‘rtacha molekulyar massasi 2800-6300 Da oralig‘ida bo‘lishi optimal ekanligi hamda suv sement tizimlarininng reologik xossalarini 5.5 baravargacha oshirilgani, mexanik xossalari esa 94% gacha oshgani aniqlangan;
akril kislota va poliefiramin asosida olingan yangi superplastifikator beton qorishmasiga qo‘shilganda konus cho‘kmasi 25 sm gacha etganligi hamda 28 kundan keyingi mustahkamligi 70% gacha oshganligi aniqlangan;
polikarboksilat asosida beton qorishmalari uchun superplastifikatorlar olishning prinsipial texnologik sxemasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Polikarboksilatlar asosida sintez qilingan superplastifikatorlarni beton mahsulotlariga qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
akril kislota va poliefiramin asosida olingan yangi superplastifikatori “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Surxonsementinvestning 2025 yil 23 dekabrdagi 82-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv-sement tizimlarining reologik xossalarini yaxshilab, suv sarfini 30 % ga kamaytirgan holda, konus cho‘kmasini 25 sm gacha etkazishga imkon bergan;
akril kislotasi va HPEG-2400 asosida olingan superplastifikatori qo‘shilgan beton qorishmalari, “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Surxonsementinvestning 2025-yil 23 dekabrdagi 82-son ma’lumotnomasi). Natijada, 28 kundan keyingi sementtoshning mexanik mustahkamligini 35 % gacha oshirishga imkon bergan;
sintez qilingan polikarboksilat superplastifikatorlarini beton qorishmalarining reologiyasini yaxshilash uchun superplastifikator qo‘shimchasi sifatida “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Surxonsementinvestning 2025-yil 23 dekabrdagi 82-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy plastifikatorlarni ishlab chiqarish va beton mahsulotlari uchun ishlatiladigan superplastifikatorlarni chetdan olib kelinishini kamaytirish imkonini bergan.