Ergashova Shaxnoza Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Flavonoidlar bilan temir (II) va kobalt (II) ionlarining supramolekulyar tizimlarini tadqiq etish», 02.00.04 – Fizik kimyo, 02.00.12 – Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1073.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich. kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.K.09.09 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Xaydar Ergashovich. kimyo fanlari doktori, professor; Sayitqulov Shuxrat Murodovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: flavonoidlarning Fe2+ va Co2+ metall ionlari bilan hosil qilgan supramolekulyar tizimlarining fizik-kimyoviy, struktur, elektron va biologik xossalarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fe²⁺ va Co²⁺ ionlari bilan hosil bo‘lgan kversetin supramolekulyar tizimlarining elektron, struktur va termodinamik parametrlarini DFT va molekulyar dinamika yordamida hisoblab, ularning barqarorlik, fotostabillik va redoks faoliyati baholangan;
energetik tahlillar natijasida Fe2+ supramolekulyar tizimi Co2+ tizimiga nisbatan yuqori bog‘lanish energiyasiga ega (-9,6 kkal/mol) bo‘lib, bu uning struktura jihatdan barqaror supramolekulyar sistema ekanligi aniqlangan;
supramolekulyar tizimlarning HOMO-LUMO energetik sathlari oralig‘i, vodorod bog‘lari soni, π-π ta’sirlashuv o‘zaro ta’siri va redoks mexanizmlari o‘rganilib, Fe2+ supramolekulyar tizimining antioksidant va fotokatalitik tizimlar uchun, Co2+ supramolekulyar tizimi esa biosensor va biokatalitik muhitlar uchun optimal ekanligi ilmiy asoslangan;
Fe2+ va Co2+ ionlarining flavonoidli supramolekulyar tizimlar orqali biologik muhitga etkazilish mexanizmi (absorbsiya-transport-membrana o‘tishi-ion ajralishi) birinchi marta fizik-kimyoviy tizim asosida modellashtirilgan;
Kversetin - Fe (II) supramolekulyar tizimining fotokatalitik faolligi ikki turdagi organik bo‘yoqlar - metiloranj va rodamin B solishtirma ravishda o‘rganilidi, metiloranjning 60÷80 daqiqa ichida 90÷95% gacha, rodamin B ning esa 80÷88% gacha parchalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Flavonoidlar bilan temir (II) va kobalt (II) ionlarining supramolekulyar tizimlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
Fe2+ ionlarining kversetin bilan supramolekulyar tizimlarini sintez qilish uslubi “O‘zbiokombinat” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbiokombinat” MChJ, TM “BIVECO” O‘zbekiston-Turkiya-Rossiya qo‘shma korxonasining 19.09.2025 yildagi 57-son ma’lumotnomasi). Natijada kversetin-Fe2+ supramolekulyar komplekslarini barqaror takrorlovchi va iqtisodiy jihatdan samarali usulda olish imkoni yaratilgan;
Co2+ ionlarining kversetin bilan supramolekulyar tizimlarini sintez qilish uslubi “O‘zbiokombinat” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbiokombinat” MChJ, TM “BIVECO” O‘zbekiston-Turkiya-Rossiya qo‘shma korxonasining 19.09.2025 yildagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada kversetin-Co²⁺ supramolekulyar komplekslarini barqaror takrorlovchi va iqtisodiy jihatdan samarali usulda olish imkoni yaratilgan.